Shaxs talabi (individual demand) - bitta iste`molchining tovarga talabi.
Shtakelberg muvozanati - bu duopolik sharoitda lider firma bilan ergashuvchi firma faoliyat ko`rsatganda lider tovar narxini va ishlab chiqarish hajmini musta?il belgilaydi, ergashuvchi firma lider firmaga moslashgan holda narx va mahsulot hajmini belgilaydi.
Vaqt bo`yicha ustun ko`rish- joriy iste`molga sarflash bilan kelajakda iste`mol qilish uchun sarflashdan qaysi birini befarqlik chizig`i asosida tanlash.
Vaqt bo`yicha ustun ko`rishni cheklash normasi - umumiy turmush darajasi o`zgarmaganda joriy iste`moldan bir birlik kechishni to`liq qoplapydigan kelajakdagi qo`shimcha iste`mol qiymati.
Vaqtlararo byudjet chegarasi- shaxsning daromadi va ssuda foizi stavkasi bilan aniqlanadigan vaqtlaro ustun ko`rish kartasidagi chiziqning holati.
Vaqtlararo muvozanatlik - joriy va kelajakda iste`mol qilish o`rtasida tanlayotgan shaxs uchun maksimal naflik keltiruvchi holat.