Nofunksional talab - tovarni sifati bilan bog`liq bo`lmagan omillarga asoslangan talab.
Ob`еktiv (matеmatik)ehtimol - voqеa va hodisalar jarayonida takrorlanishlarni hisob-kitob qilishga asoslangan.
Oliy kategoriyali tovar - daromad oshganda talab oshib ketadigan tovarlar.
Pareto optimum (Pareto samaradorlik) - ne`matlarni shunday ta?simlanishiki, bunda biror kishining turmush farovonligini pasaytirmasdan boshqa kishining turmush farovonligini oshirib bo`lmaydi.
Real ish haqi (real wage rate)- olingan pul mablag`i hisobidan sotib olinishi mumkin bo`lgan tovarlar va xizmatlar miqdorini ifodalovchi ish haqining sotib olish imkoniyati.
Real foiz stavkasi - inflyasiyadan tozalangan foiz stavkasi.
Renta - taklifi qat`iy cheklangan resurs egasi tomonidan olinadigan daromad.
Resurslarga chekli xarajat - qo`shimchabir birlik resurs sotib olish uchun sarflangan qo`shimcha xarajat.
358
Resursning chekli daromadliligi yoki resursning pulda ifodalangan chekli mahsuloti- resursdan qo`shimcha bir birlik foydalanish natijasida olingan qo`shimcha mahsulotni sotishdan tushgan qo`shimcha daromad.