AMALIY MASHG’ULOT №8 Mavzu: Innovatsion texnolgiyalar yaratishning OTM va ishlab chiqarish korxonalaridagi sharoitlari.
Ishdan maqsad:
1) Avtomatlashtirishni bosqichlarixaqida tushuncha.
Nazariy ma’lumotlar.
Xar qanday ishchi mashina uchta asosiy mexanizmlar (yuritish, uzatish, bajaruvchi) dan iborat. Ular ichida eng asosiysi ishlov aniqligi va unumdorligi, xamda mashina imkoniyatlarini aniqlovchi bajaruvchi mexanizmlarda.
Xar qanday mashinani ish jarayonini kuzatar ekanmiz ishlov berish, nazoron va yig’ishni bajaruvchi mexanizmni, asosiy ishchi yurish (xarakat) laridan tashqari, ishlovga bog’liq bo’lmagan xarakat (yurish) lar (keskichni ishlovga olib borish va qaytarish zagotovkani o’rnatish maxkamlash, bo’shatish va olish, mashinani yuritish va to’xtatish, revolpver kallakni burish va x-zolar).
Bitta zagotovkaga ishlov berish mashinani ishchi tsiklini aniqlovchi, ishchi va salt yurishlardan iborat
T=tu+tc
bunda, tu-ishchi yurishlar vaqti;
tc –calt yurishlar vaqti.
Aloxida ishchi va salt yurishlar bir biri bilan bir vaqtda bajarilishi mumkin. Xar qanday ishchi mashina ishchi yurishlarni o’zi bajaradi. Agarda mashina ishchi yurishlardan tashqari salt yurishlarni o’zi bajarsa, unday mashina avtomat mashina yoki «avtomat» deb yuritiladi.
Avtomat-texnologik jarayonni sozlash va moslashdan boshqa xamma ishchi va salt yurishlarni o’zi boshqaradigan mashinadir.
Avtomatlashtirishni bosqichlari.
Avtomatning avtomatik ishlashi uchun ishchi va salt yurishalarni boshqarish mexanizmlari bo’lishi va ular ma’lum dastur asosida ketma-ket ishlashini ta’minlanishi zarur.
1- rasm. 1-bosqich strukturasi.
Agarda salt yurishlarni amalga oshiruvchi biror bir asosiy mexanizm yetarli bo’lmasa avtomatik tsikl buziladi va tsiklni qaytarish uchun albatta ishchi aralashishi zarur bo’ladi. Ko’pincha bunday mexanizm, zagotovkalarni ishonchli yuklash mexanizmlari qurishni qiyinligi uchun yuklash mexanizmlari bo’lishi mumkin.
Demak yuklash avtomatlashmagan bo’lsa, mashina ishchi tsiklni tugatgandan so’ng to’xtaydi va ishchi ishlov berilgan detalni oladi va yangi zagotovkani maxkamlaydi. Bunday avtomat tsiklda ishlovchi lekin qaytarish uchun ishchini aralishi talab qilingan mashinalar rim avtomatlar deyiladi.
Avtomatashtirishni birinchi bosqichida aloxida ishlov berish operatsiyalari avtomatlashtirishga erishiladi.
Avtomatlashtirishni ikkinchi bosqichida mashinalar tizimi (sistemasi) avtomatlashtirilgan, bunda xar xil ishlov berish, nazorat qilish, yig’ish operatsiyalarini bajarishga mo’ljallangan avtomat liniyalar quriladi.
Avtomat liniya deb, texnologik ketma-ketlikda joylashgan va umumiy tashish bosqichlari, vositalari, bilan ta’minlangan avtomatlashtirilgan tarzda sozlashdan boshqa operatsiyalarni bajaradigan mashinalar tezligiga aytiladi.
Aloxida mashinalarni ishchi tsikllarini avtomatlashtirishda to’plangan tajribalardan so’ng, yangi yanada murakkab masalalarni xal qilishga kirishiladi. Bunday masalalardan biri ishlov berilayotgan detallarni dastgoxlar aro tashishni avtomat tizimini yaratish bo’lib qoldi. Bu masala detalni bir ishchi mashinadan ikkinchisiga avtomatlashtirilgan tarzda uzatish bilangina bog’liq bo’lib qolmasdan. Bunda hamma ishchi mashinani ish ritmi, ularni buzilishlarida xosil bo’lgan yo’qotishlarni xar xiligi masalani yanada murakkablashtirib yuboradi.
Bu bosqichda mashinalar tizimini boshqaruv tizimi shakllantiradi. Bunda kulachoklar, xulachokli vallar bilan boshqarish mumkin emas, shu sababli elektrik, elektron va gidravlik boshqaruv tizimlaridan foydalaniladi, xozirda kompyuterlar keng qo’llanilmoqda.
Avtomatlashtirishni ikkinchi bosqichida avtomatik nazorat tizimlari, jumladan dastgoxni ishini o’zgartiradigan aktiv (faol) nazorat qo’llanilishi boshlanadi (2.2- rasm).
Avtomatlashtirishning uchinchi bosqichi, sifatni boshqarish tizimlari, ishlab chiqarishni avtomatik boshqarish tizimlari va EXMlarni keng qo’langan xolda avtomat bo’limlar, tsexlar va zavodlar qurish bilan ishlab chiqarish jarayonini kompleks avtomatlashtirish bilan bog’liq. Kompleks avtomatlashtirishda yuqori texnika bilan ta’minlangan ishlab chiqarish jarayonini tsiklini iloji boricha qisqartirish va ishlab chiqarishni avtomatlashtirilgan boshqarishni qo’llash muxim axamiyat kasb etadi.
2- rasm. 2-boskich strukturasi.
Asosiy ishlab chiqarish jarayoni avtomat liniyalarda bajariladi, liniyalar va tsexlar orasidagi tashish, taxlash qirindilarni yig’ish va qayta ishlash, sifatni boshqarish, ishlab chiqarishni avtomat boshqarish tizimlari keng qo’llaniladi. 3 rasm.
3- rasm. 3-bosqich strukturasi.
Xozirda kompleks avtomatlashtirishda dastgoxlar bazasida tashkil qilinadigan moslanuvchan ishlab chiqarish modullarida keng qo’lanilmoqda. Bundagi EXM bilan boshqarish imkoniyati, nafaqat texnologik dastgoxlar balki butun ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish EXM ga yuklatilmoqda.
Xulosa.
Avtomatik liniyalarda dastgoxlar shunday joylashtiriladiki maxsulotlarga ishlov berish bir chiziqda joylashtiriladi. Va bunda odam faktori ishtirok etmaydi. Odamlar o’rniga manipulyatorlar va robotlar qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |