Lim vazirligi guliston davlat universiteti



Download 2,96 Mb.
bet147/160
Sana30.06.2022
Hajmi2,96 Mb.
#719431
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   160
Bog'liq
Lim vazirligi guliston davlat universiteti

Xo’jaligi. Viloyat iqtisodiyotida qishloq xo’jaligi etakchi o’rinda turadi. U mamlakatimiz janubida joylashganligi sababli vegetatsiya davri ancha uzoq bo’lib, bu davrda xarorat yig’indisi 5500°-5900° ga etadi. Bu ingichka tolali paxta, shakarqamish kabi issiqsevar o’simliklar etishtirishga qulay sharoit yaratadi. Shuningdek, Surxon vodiysida anjir, anor, pista, uzum, xurmo kabi o’simliklar ko’plab ekiladi. Tog’ yonbag’irlarida lalmikor dexqonchilik (bug’doy), sug’oriladigan erlarda esa sholi ham etishtiriladi. Viloyat Respublika paxtasining 10 foizi, shu jumladan ingichka tolali paxtaning 75 foizini beradi.
Surxondaryoning cho’l va tog’ yaylovlarida chorvachilik yaxshi rivojlangan. Viloyatga O’zbekistonning 9 foiz yirik shoxli qoramollari hamda 10 foiz atrofida qo’ylari to’g’ri keladi. Bu erda qorako’l va xisori qo’ylari ko’plab boqiladi.
Sanoati. Surxondaryo viloyati yalpi ichki mahsulotining 18,6 foizini sanoat beradi. Sanoatning asosini yoqilg’i-energetika, qurilish materiallari, engil va oziq-ovqat, farmatsevtika tarmoqlari tashkil etadi.
Mashinasozlik sanoati mintaqada juda sust rivojlangan bo’lib, asosan Termiz traktor-motor ryomonti, Denov qishloq xo’jalik mashinasozligi va boshqalardan iborat.
Yoqilg’i energetika sanoatining rivojlanishi 1950 yillarda viloyatda neft, gaz va ko’mir konlarining ishga tushishi natijasida shakllandi. Bu erda neft qazib olish xajmi asta-sekin ko’paymoqda. Masalan, viloyatda 1995 yilda 130 ming tonna atrofida neft qazib olingan bo’lsa, bu ko’rsatkich 2000 yilga kelib 143 ming tonnani tashkil etdi.
Ko’mir qazib chiqarish ham yildan-yilga ortib bormoqda: 1994 yilda 150-200 ming tonna atrofida ko’mir qazib olingan bo’lsa, 2000 yilga kelib bu 220-240 ming tonnaga etdi.
Viloyatda elektr energetika to’liq rivojlanmagan bo’lib, yiliga 5 mln. kVt soat atrofida elektr quvvati olinpali. Mahalliy extiyoj uchun kerakli bo’lgan elektr quvvati O’rta Osiyo yagona elektr tizimidan olinadi.
Surxondaryoda qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish uchun imkoniyatlar etarli. Bu erda tabiiy toshlar, oxaktosh, qum, shag’al, gips va boshqalar ko’plab topilgan. Shu sababli viloyat barcha tumanlarida sifatli g’isht ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan. Bundan tashqari Qumqo’rg’on, Oltinsoy tumanlarida oxaktosh ishlab chiqarish, Termiz, Surxon, Denov, Qumqo’rg’on tumanlarida temir beton tayyorlash kabi sanoat korxonalari ishlab turibdi.
Viloyatda kimyo sanoatini rivojlantirish uchun xom ashyolar etarlidir. Ayniqsa, yirik kaliy tuzi koni muhim xom ashyo hisoblanadi. Bu kon Ko’xitang tog’lari yonbag’rida joylashgan.
Hozirda viloyatning eng rivojlangan etakchi tarmog’i paxta hamda boshqa qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlaydigan engil va oziq-ovqat sanoatidir. Xususan, Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so’ng, viloyatda ip-gazlama, trikotaj va tikuvchilik, poyabzal, gilam to’qish va boshqalar rivojlana boshladi.
Shu bilan birga oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chikarish ham ortib bormoqda. Ayniqsa, un va un mahsulotlari, yog’, sut va sut mahsulotlari, sharbatlar, meva va uzum konservalari ishlab chiqarish tez o’sib bormoqda.
Sanoat mahsulotlari xajmining ortib borishida tashkil etilgan qo’shma korxonalar ham katta ahamiyatga egadir. Chunonchi, Termiz shaxridagi «Ajanta» O’zbek-xind farmatsevtika ishlab chiqarish birlashmasi mahsulotlari mamlakatimiz aholisining sog’ligini tiklashda muhim o’rin tutmoqda.
Viloyat tumanlari sanoat mahsulotlari xajmi bo’yicha bir-biridan keskin farq qiladi (quyidagi jadvalga karang). Jadval ma’lumotlari taqlili shuni ko’rsatadiki, Jarqo’rg’on, Sho’rchi, Denov, Sherobod, Sariosiyo tumanlari viloyatda sanoat maxsulotlari xajmi bo’yicha etakchi o’rinda turadi. Aksincha, Bandixon, Termiz, Boysun, Oltinsoy tumanlarida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish past.
Bu erda kelgusida yoqilg’i, kimyo, rangli metallurgiya, qurilish materiallari, engil va oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirish imkoniyatlari mavjud.

Download 2,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish