Lim vazirligi guliston davlat universiteti



Download 2,96 Mb.
bet144/160
Sana30.06.2022
Hajmi2,96 Mb.
#719431
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   160
Bog'liq
Lim vazirligi guliston davlat universiteti

Nazorat savollari:
1.Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni geografik o’rni, aholisi va mehnat resurslarini mazmunan izohlab bering?
2. Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni xo’jaligini o’ziga xos jihatlarini tushuntirib bering?
3. Qoraqalpog’iston Respublikasi geografik o’rni, aholisi va mehnat resurslarini mazmunan izohlab bering?
4. Qoraqalpog’iston Respublikasi xo’jaligini o’ziga xos jihatlarini tushuntirib bering?
5. Xorazm viloyati iqtisodiy geografik o’rni, aholisi va mehnat resurslarini mazmunan izohlab bering?
6. Xorazm viloyati xo’jaligini o’ziga xos jihatlarini tushuntirib bering?
7. Nima sababdan Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyati barcha iqtisodiy rayon tarkibiga kiritiladi?
8. Har ikkala hududning tabiiy sharoiti va boyliklari, demografik vaziyatiga iqtisodiy jihatdan baho bering?
9. Qoraqalpogiston Respublikasi mamlakatimizda qanday sohalarga ixtisoslashgan va uning istiqboldagi rivojlanish omillari qaysilar?
10. Qoraqalpogiston iqtisodiyotining hududiy tarkibi qanday?
22-mavzu: Janubiy iqtisodiy rayoni


Ko’rib chiqiladigan asosiy savollar:
1. Janubiy iqtisodiy rayoni iqtisodiy geografik o’rni.
2. Surxondaryo viloyati to’g’risida tushuncha.
3. Qashqadaryo viloyati to’g’risida tushuncha.


Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Iqtisodiy-geografik o’rin, aholi, mehnat resurslari, xo’jalik, ixtisoslashuv, tashqi aloqalar, ma’muriy birliklar.


1-asosiy savol bayoni: Iqtisodiy rayon (mintaqa) tarkibiga Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari kiradi. Uning umumiy maydoni 48,7 ming km2 bo’lib, bu O’zbekiston Respublikasi hududining 10,9 foizini tashkil qiladi.
Janubiy mintaqada 4058 ming yoki mamlakatning 16,2 foiz aholisi yashaydi. Yuqoridagi hudud va demografik saloxiyatning nisbiy ko’rsatkichlaridan kelib chiqib aytish mumkinki, bu erda aholi zichligi respublikaning o’rtacha darajasidan 1,8 barobar katta.
Iqtisodiy rayon hozirgi tarkibda 60—70-yillarda ham ajratilgan edi. Hatto qisqa muddat davomida bu ikki qo’shni hudud ma’muriy jihatdan bitta—Surxondaryo viloyati nomi bilan ham yuritilgan. Keyingi yillarga kelib, xususan qarshi dashtini o’zlashtirish, bu erda hududiy agrosanoat va yoqilg’i-energetika majmuasini shakllantirish munosabati bilan Qashqadaryo ba’zan alohida, ba’zan esa Samaqand Qarshi iqtisodiy rayoni deb atalgan.
Darxaqiqat, Sobiq Ittifoq davrida Surxondaryo viloyati iqtisodiy geografik jihatdan O’zbekistonning qolgan qismidan biroz ajralib turuvchi hudud edi. Uning Respublikaning boshqa viloyatlari bilan iqtisodiy aloqalari (temir yo’l orqali) qisman Turkmaniston hududi orqali amalga oshirilib kelinmoqda. Respublikamiz mustaqillikka erishgach mamlakatning yagona transport tizimini shakllantirishga ham katta e’tibor berilmoqda. Ana shu maqsadda hozirgi kunda G’uzor—Boysun— Qo’mqo’rkon temir yo’li qurilyapti. Bu yo’l nafaqat Surxondaryoning iqtisodiy aloqalarini yaxshilaydi, balki, shu bilan birga u mazkur viloyatni qo’shni Qashqadaryo viloyati bilan iqtisodiy geografik jihatdan yaqinlashtiradi. Hisor tizmasi va uning davomi bo’lmish uncha baland hisoblanmaydigan Boysun va boshqa tog’lar avvallari bu ikki hududni tabiiy geografik nuqtai nazardan ajratib turgan bo’lsa, endi ularni iqtisodiy geografik holatini yaxlitlaydi. Natijada, Surxondaryo viloyatini alohida iqtisodiy rayon sifatida ajratishga asos qolmaydi va uni Qashqadaryo bilan birgalikda ancha salmoqli hududiy, iqtisodiy va demografik salohiyatga ega bo’lgan makon—Janubiy iqtisodiy rayon darajasida qarash imkonini beradi.
Hozirgi kunda mazkur rayon Respublikamizda neft-gaz, engil sanoat, asosan, paxta tozalash sanoati, paxta, pilla etishtirish, bog’dorchilik kabi iqtisodiyot tarmoqlari bilan ajralib turadi. U mamlakatning 11,5 foiz yalpi ichki maxsuloti, shu jumladan, 10,6 foiz sanoat va 15,7 foiz qishloq xo’jaligi mahsulotlarini etqazib beradi. Ana shu raqamlardan kelib chiqqan holda ushbu rayon iqtisodiyotini ko’proq agrar-industrial yo’nalishli deb ta’riflash mumkin.
Ammo, ta’kidlash joizki, Janubiy rayon katta tabiiy boylikka (agroiqlimiy resurslar, er maydoni, yoqilki-energetika, tog’-kon kimyosi, rangdor metallar va b.) ga bo’lsada, uning iqtisodiyoti hozircha yuqori darajada rivojlanmagan. Extimol, bunga qisman uning iqtisodiy va siyosiy geografik o’rni sabab bo’lishi mumkin. Uning ustiga, 36-jadvalda keltirilgan ko’pgina makroiqtisodiy ko’rsatkichlar rayonning aholi salohiyatidan ancha past. Ayniqsa, bu erda halq iste’mol mollarini ishlab chiqarish, savdo va tashqi iqtisodiy aloqalarni yo’lga qo’yish, ikki viloyat orasidagi iqtisodiy integratsiya jarayonini rivojlantirish muhim mintaqaviy muammolar sirasiga kiradi. Agar rayonning aholini tabiiy ko’payishi bo’yicha boshqa viloyatlardan sezilarli darajada ajralib turishini e’tiborga olsak, bu holda uning ijtimoiy rivojlanish vaziyatini yanada yaxshilash o’z-o’zidan ayon bo’lib qoladi.

Download 2,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish