2-asosiy savol bayoni: Surxondaryo viloyati O’zbekistonning sharqda Tojikiston Turkmaniston viloyati bilan, janubda esa Amudaryo orqali Afg’oniston bilan chegaradosh.
Viloyat 1941 yil martda tashkil topgan. Uning maydoni 20,8 ming km2. Surxondaryo viloyati ma’muriy jihatidan o’n to’rtta tumanga bo’linadi. Ular quyidagilardir: Angor, Bandixon, Boysun, Denov, Jarqo’rg’on, Muzrobot, Oltinsoy, Sariosiyo, Termiz, Uzun, Sherobod, Shurchi, Qizirik va Qumqo’rg’on.
Viloyat markazi Termiz shaxri bo’lib, unda 120 mingdan ko’proq aholi istiqomat qiladi. Termizdan poytaxtimiz Toshkent shaxrigacha bo’lgan masofa 708 km ga teng. Viloyat aholisi 1800 ming kishini tashkil etadi. U Respublika xududining 4,6 % ini tashkil etgani holda aholisi 7,2 foizga teng. Viloyatga buysunuvchi shaxarlar soni 2 ta, (bular Termiz va Denov). Tumanga buysunuvchi shaxarlar esa 6 ta.
Aholi zichligi 1 km2 ga 85,1 kishi. Viloyat hududining kattaligi bo’yicha mamlakatda beshinchi o’rinda Qopakalpog’iston Respublikasi, Navoiy, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlaridan keyin turadi.
Tabiiy sharoiti va boyliklari. Surxondaryo viloyati O’zbekistonning eng janubida, Surxon—Sherobod vodiysida joylashgan.
Mintaqaning hududi uncha katta bo’lmasa ham uning tabiiy sharoiti respublikamiz boshqa mintaqalaridan o’ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Uning hududi shimoldan janubga Amudaryo soxillari tomon pasayib boradi. Iqlimi quruq subtropik bo’lib, nafarqat O’zbekistonda, balki MDHning eng issiq hududlaridan biridir. Shu sababli, bu mintaqa O’zbekistonning asosiy ingichka tolali paxta bazasi hamda subtropik ekinlar rayoni hisoblanadi.
Surxondaryo iqtisodiy rayoni shimol va g’arb tomondan tog’lar bilan o’ralganligi uchun shimoldan keladigan sovuq xavo va g’arbdan keladigan ilik xavo massalari mintaqaga kirib kela olmaydi. Shu sababli yog’in miqdori kam. Yiliga 130 — 180 mm atrofida yog’in tushadi. Eng ko’p yog’in tog’ etaklariga tushadi —600 mm atrofida. Yog’in kamligidan sun’iy sug’orishga extiyoj katta bo’lib, Surxondaryo, Sherobodaryo, Amudaryo suvlaridan unumli foydalanishga majbur bo’ladi. Mintaqaning tuproq o’simlik va xayvonot dunyosi tekislikdan tog’larga tomon o’zgarib boradi.
Tekisliklarda sug’orib dexdonchilik qilinsa, tog’ yonbag’irlarida lalmikor dexqonchilik rivojlangan.
Viloyatda mineral resurslar xilma xil, ayniqsa, yoqilg’i turlaridan neft, gaz, toshko’mir, kimyoviy xom ashyolardan mineral tuzlar, oltingugurt hamda shifobaxsh mineral suvlar topilgan. Asosiy neft va gaz konlari Xavotor, Uchqizil, Ko’kaydi va Lalmikordir. Toshko’mir Boysun va Sharrunda, yirik tuz koni Xo’jakonda joylashgan. Shu bilan birga qurilish materiallari zaxirasi ham kattadir.
Surxondaryo mineral resurslarga boyligi sababli tog’-kon, rangli metallurgiya, energetika, kimyo, qurilish materiallari sanoati rivojlanish imkoniyatiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |