Lim vazirligi guliston davlat universiteti



Download 2,96 Mb.
bet141/160
Sana30.06.2022
Hajmi2,96 Mb.
#719431
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   160
Bog'liq
Lim vazirligi guliston davlat universiteti

Iqtisodiyoti. Xorazm viloyati iqtisodiyoti agrar-industrial yo’nalishga ega. Viloyat O’zbekiston yalpi ichki mahsulotining 4,5 foizini, sanoat mahsulotini 2,7 va qishloq xo’jaligini 6,3 foizni beradi (2000 y.). Respublika hududiy mehnat taqsimotida Xorazm viloyati engil va oziq-ovqat sanoatiga, qishloq xo’jaligida esa paxta va sholi etishtirib berishga ixtisoslashgan.
Viloyatda bozor isloxotlari keng ko’lamda amalga oshirilmoqda. Sanoatning 90,5 foiz va qishloq xo’jaligining deyarli yuz foiz mahsuloti nodavlat sektorida yaratiladi. Ayni vaqtda qishloq joylari ijtimoiy infrastrukturasi rivojlanib bormoqda.
Xo’jalikning turli tarmoqlarida 20 dan ortiq qo’shni korxonalar qurilgan. Barcha qo’shma korxonalarda 2000 yilda 1240 mln. so’mlik mahsulot ishlab chiqilgan, ularning viloyat eksportidagi ulushi 13,5 foizni tashkil etadi. Hammasi bo’lib qo’shma korxonalarda 1000 kishiga yaqin ishchi xizmat qiladi.
Sanoati. Xorazm viloyati Respublika qurilish sanoati mahsulotining 3,5, engil sanoatning 6,2, shu jumladan paxta tolasining 7,2, oziq-ovqat sanoati mahsulotining 6,8 foizini beradi.
Mustaqillik yillarida bu erda sanoat ishlab chiqarilishi deyarli 3 barobarga o’sdi. Bu borada u Andijon va Buxoro viloyatlari bilan bir qatorda O’zbekiston Respub­lika milliy iqtisodiyotida ajralib turadi. 2000 yilda bu erda sanoat mahsulotlarining xajmi 4,5 foizga o’sdi.
Sanoat tizimida 10 ga yaqin qo’shma korxonalar qurib bitirildi. Ular jumlasiga poyafzal ishlab chiqaruvchi «Dorital LTD», konserva ishlab chiqaruvchi «Meva», shuningdek «Koka—Kola», «O’zximvent», «AloqaDEU» va boshqalar kiradi. Shu bilan birga, xorijiy davlatlar firmalari ishtirokida boshqa sanoat korxonalari ham rivojlanib bormoqda. Masalan, Xitoy texnologiyasi yordamida Urganchda «Xorazm ipagi» to’qimachilik korxonasi, Buyuk Britaniya asbob-uskunalari bilan jixozlangan Borotdagi tibbiy paxta (momiq) ishlab chiqaruvchi fabrika, Rossiyaning Komishin fabrikasi bilan hamkorlikda Xonqada ip kalava va ip gazlama ishlab chiqaruvchi korxona, Turkiyaning «Yazek» firmasi bilan «Gurlantekstil», xuddi shunday korxona Urganchda ham qurilgan. Bulardan tashqari, Xiva gilam kombinatiga Germaniyadan asbob-uskunalar keltirilgan, Bog’otda shisha zavodi, Xazoraspda Respublikamizda birinchi qand zavodi «Xorazmshakar» ishga tushirildi. Bularning barchasi o’ziga xos «Xorazm tezligini» ta’minlaydi.
Xorazm viloyati sanoatining tarmoqlar tarkibida engil sanoat ustunlik qiladi (2000 yilda u jami sanoat maxsulotining 32,8 foizini bergan). Shuningdek, bu erda un-krupa, omuxta em (23,8 foiz), hamda oziq-ovqat sanoati yaxshi rivojlangan—22,6 foiz. Keyingi o’rinlarni mashinasozlik va metalni qayta ishlash, qurilish sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarish egallaydi.
2000 yil yakunlariga ko’ra, viloyatda 74 asosiy sanoat korxonalari mavjud bo’lib, ularning barchasida 34 ming kishi xizmat qiladi. Ana shu yili 110 mln. kVtG’s elektr — energiyasi, 73,2 ming tonna paxta tolasi, 900 ming m2 gilam va gilam mahsulotlari, 17,9 mln. tonna tozalangan o’simlik yog’i, NO ming tonna un, 1250 mln.m.kv. ip gazlama ishlab chiqarilgan.
Ko’rinib turibdiki, Xorazm viloyatida asosan engil va oziq-ovqat sanoati etakchilik qiladi. Ayni vaqtda og’ir sanoat, xususan metallurgiya, kimyo va neft kimyosi, elektr energetika rivojlanmagan. Bu erda uncha katta quvvatga ega bo’lmagan Tuyamuyin GESi bor, holos. Uning faoliyati ham Amudaryo suv rejimiga bog’liq.
Engil sanoat, jumladan to’qimachilik sanoati Urganch, Gurlan va Xonqada, gilam ishlab chiqarish Xivada tashkil etilgan (Xorazm Respublikada ishlab chiqariladigan gilam mahsulotlarining deyarli 60 foizini beradi). Viloyat barcha tumanlarining markazlarida paxta tozalash zavodlari mavjud. Ular jami sanoat mahsulotining 1G’5 qismini ta’minlaydi.
Oziq-ovqat sanoati Xonqada (un, don mahsulotlari va omuxta em), o’simlik yog’i («Urganchyog’» akqionerlik jamiyati) va konserva ishlab chiqarish Urganchda, shakar zavodi Xazoraspda joylashgan. Mashinasozlik korxonalari asosan eks­kavator va boshqa qishloq xo’jalik mashinalarini ta’mirlash (Urganchda), konserva sanoati uchun shisha idishlar ishlab chiqarish Bog’otda mavjud.

Download 2,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish