Lim vazirligi guliston davlat universiteti


Viloyat iqtisodiyotining umumiy ta’rifi



Download 2,96 Mb.
bet150/160
Sana30.06.2022
Hajmi2,96 Mb.
#719431
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   160
Bog'liq
Lim vazirligi guliston davlat universiteti

Viloyat iqtisodiyotining umumiy ta’rifi. Qashqadaryo viloyatining iqtisodiyoti rivojlanib borayotgan agrar-industrial yo’nalishga ega. Yaqin kelajakda uning industrial—agrar xususiyatini olishiga tegishli imkoniyatlar mavjud.
Boshqa, hududlarda bo’lganidek, bu erda xam bozor isloxotlariga katta e’tibor berilmoqda. Ammo viloyat sanoatini xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish o’ziga xos xususiyatga ega. Sababi sanoatning asosan yoqilg’i-energetikaga ixtisoslashganligi sababli nodavlat sektori bu soxada 30 foizga yaqin, holos.
Viloyatda kichik va o’rta korxonalar, mikrofirmalar soni ko’payib bormoqda. Qo’shma korxonalarning umumiy soni 34, amaldagisi—25, sanoatdagisi esa 14. 2000 yilda barcha yo’nalishdagi qo’shma korxonalar ishlab chiqarilgan mahsulot 1,5 marta o’sgan. Qo’shma korxonalarning ko’pchiligi Qarshi, Muborak va Shaxrisabzda joylashgan. Shu yilda chakana savdo 109,8, aholiga pullik xizmat ko’rsatish 136,9 va halq iste’mol mollarini ishlab chiqarish 113,7 foizga o’sgan.
Ayniqsa keyingi yillarda kapital mablag’ sarflash, investitsiya xajmi ko’payib bormoqda. Bu esa kelajakda iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun mustaxkam zamin yasaydi. Shu o’rinda, eng avvalo, xorijiy mamlakatlar bilan birgalikda bunyod etilayotgan, sarflanadigan mablag’ miqdori juda katta bo’lgan Sho’rtan majmuasini ko’rsatish lozimdir. Ushbu majmuaning ishga tushirilishi bilan viloyat va mintaqa iqtisodiyotida muhim burilish bo’ladi.
Sanoati. Qashqadaryo viloyati O’zbekiston Respublika sanoati mahsulotining 8,3 foizini beradi. Bu erda xususan yoqilg’i-energetika va engil sanoat yaxshiroq rivojlangan. Masalan, viloyat mamlakatning 1G’3 qismidan ortiqroq yoqilg’i sanoati hamda 12 foiz paxta tozalash sanoati maxsulotini ta’minlaydi.
Viloyat sanoatining ichki tuzilishida ham aynan ana shu tarmoqlar etakchilik qiladi: yoqilg’i sanoatining ulushi (mahsulot qiymati bo’yicha) 56,4 foiz, engil sanoat—18,1, oziq-ovqat 9,2, un-krupa, omuxita em sanoati —7,1 foiz. Ayni vaqtda sanoatning boshqa tarmoqlari, masalan, mashinasozlik sust rivojlangan. Yaqin kelajakda kimyo va elektr energetika sanoati mavqeining ancha ko’tarilishi kutilmoqda. Hozirgi davrda viloyatning elektr energegikasi Muborak markazlashgan issiqlik elektr stantsiyasiga hamda qurilayotgan, mamlakatda eng yirik Tollimarjon IESiga asoslanadi (2004 yilda ishga tushirilishi mo’ljalangan). 2000 yilda sanoat mahsuloti 3,4 foiz ga ko’paydi. Ana shu yilda viloyatda 93 ta asosiy sanoat korxonalari mavjud bo’lib, ularning barchasida band bo’lgan ishchi xodimlar 27,4 ming kishini tashkil qilgan. Bir yilda taxminan 0.5 mln. kVtG’s elektr energiyasi, 3,8—4,3 mln.t. neft, 3,5 mln. t. atrofida gaz kondensati (suyultirilgan gaz), 300 ming tonnaga yaqin oltingugurt, 5,2 mln. m2 ip-gazlama, 110 ming tonna paxta tolasi, 20 ming tonnadan ziyodroq o’simlik yog’i, 75 mln. shartli banka konserva va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi. Nisbiy ko’rsatkichlarda hisoblaganda Qashqadaryoga O’zbekistonda qazib olinadigan neftning (gaz kondensati bilan birga) 95 foizi, tabiiy gazning 92 va oltingugurtning deyarli 100 foizi to’g’ri keladi.
Sanoatning hududiy tashkil etilishida Qarshi, Shaxrisabz tugunlari katta ahamiyatga ega. Shu bilan birga Muborak (IEM, gaz-kimyo majmuasi), Kosoy (yog’-ekstrakt, paxta tozalash, g’isht zavodi), Sho’rtan (gaz-kimyo), Tollimarjon (IES), Ko’kdumaloq (neft sanoati), Chiroqchi (konserva za­vodi) va boshqa sanoat punktlarining axamiyati ham oshib bormoqda. Qarshi va Qamashida to’qimachilik korxonalari, Shaxrisabzda konserva, ipakchilik, aksariyat tuman markazlarida paxta tozalash zavodlari mavjud.
Jami sanoat mahsulotining 27 foizi viloyat markazi-qarshi shaxriga to’g’ri keladi. Muborak tumanida sanoat mujassamlashuv ko’rsatkichi bundan ham yuqori—52 foiz. Demak, ushbu tuman viloyat sanoat mahsulotining yarmidan ko’prog’ini beradi. Shaxrisabz, Kosoy tumanlari o’rtacha mavqega ega, biroq Dexqonobod va Baxoriston tumanlarida sanoat nixoyatda sust rivojlangan. Ushbu muammo jumladan, G’uzor, Kitob, Chiroqchi Nishon va Kamashi tumanlariga ham taalluklidir.

Download 2,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish