Lim vazirligi guliston davlat universiteti



Download 2,96 Mb.
bet133/160
Sana30.06.2022
Hajmi2,96 Mb.
#719431
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   160
Bog'liq
Lim vazirligi guliston davlat universiteti

2-asosiy savol bayoni: Qoraqalpog’iston Respublikasi (QR) O’zbekiston Respublikasi tarkibida suveren davlat sifatida 9 yanvar 1992 yilda e’lon qilingan. Poytaxti—Nukus shaxri.
Uning tarkibiga 15 ta qishloq tumanlari, 12 ta shaxar va 16 ta shaxarcha kiradi. Maydoni 166,6 ming km2, aholisi, 1.01.2002 i. ma’lumotiga ko’ra, 1541 ming kishi.
Qoraqalpog’iston mintaqa va O’zbekiston Respublikasi ichidagi mehnat taqsimotida asosan dexqonchilik, xususan sholi etishtirish, jun-go’sht chorvachiligi hamda qisman oziq-ovqat va engil sanoatning ba’zi tarmoqlari bilan ajralib turadi.
Geografik o’rni va tabiiy boyliklari. QR O’zbekistonning chekka shimoli-g’arbida, Orol dengizi bo’yida joylashgan. Uning O’zR markaziy rayonlaridan ancha olisda o’rnashganligi mintaqa iqtisodiy rivojlanish yo’nalishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Shu bilan birga uning geosiyosiy mavqei, ya’ni Qozog’iston Respublikasi va Turkmaniston davlati bilan qo’shnichiligi, O’zbekistonning Evropa mamlakatlariga chiqish joyida ekanligi uning rivojlanishiga qulay imkoniyatlar yaratib beradi.
Qoraqalpog’iston er usti tuzilishi murakkab emas. Eng baland nuqtasi Sultonuvays tizmasi bo’lib, u dengiz satxidan 473 m. balandlikda joylashgan. Sariqamish va Assaka cho’kmalari esa ancha past —30 m. atrofida. QR ning g’arbiy qismi Ustyurt platosi, qolgan hududi Turon pasttekisligi bilan band.
Mintaqa turli xil qazilma boyliklarga ega. Bu o’rinda eng avvalo Sultonuvays (Sultonuiztor) tizmasini ko’rsatish joiz. Maydoni uncha katta bo’lmagan mazkur hududda rangli va qora metallar, qurilish sanoati xom ashyosi ko’p. Ular jumlasiga marmar, oxaktosh, gips, mergel, fosforit, oltin, temir rudasi, mis, kimmatbaxo toshlar, barit, talk, abraziv materiallar va boshqalar kiradi. Biroq, bu boyliklarning zaxirasi va texnik iqtisodiy jihatlari sanoat ishlab chiqirishini tashkil qilish uchun hali mukammal o’rganilmagan. Ba’zilari esa, masalan, Tebinbo’lok temir rudasi koni aniqlangan zaxiralar kamligi va uning sifat ko’rsatkichlarining yuqori emasligi sababli (rudadagi temirning ulushi 20 foizga ham etmaydi) hozircha sanoat ahamiyatiga ega emas.
Tog’-kon kimyosi zaxiralariga ham boy. Chimboy yaqinidagi Qushkonottov va Qo’ng’irot atrofidagi Borsa-Kelmas hamda Qoraumbet kabi konlarda sulfat-magneziy, tosh va osh tuzlarining juda katta zahiralari mavjud.
Qoraqalpog’istonning Ustyurt qismini tabiiy gaz va ayniqsa neft konlariga boy ekanligi bashorat qilinmoqda. Hozirgi kunda Oksholok, Shoxpaxti, Quvonish konlaridan tabiiy gaz qazib olinadi. Kelajakda esa ushbu yoqilg’i turlarining yirik konlarini topilishi ko’zda tutilmoqda. Shu maqsadda bu hududga respublika geologik qidiruv ishlariga mo’ljallangan investitsiya xajmining asosiy qismi ajratilgan.
Iqlimi o’ta kontinental, yillik yog’in-sochin miqdori 90—200 mm atrofida. Albatta, mintaqada bu jihatdan qurg’oqchilik keskin sezilib turishi mumkin bo’lgan parlanish amaldagisidan 9—10 marta ziyod. Binobarin, Qoraqalpog’iston Respublikasida sug’orma dexqonchilikni rivojlantirish imkoniyatlari ancha cheklangan.
Shunday qilib, Qoraqalpog’iston Respublikasining tabiiy sharoiti, mineral xom ashyo hamda agroiqlimiy resurslari asosan tog’-kon kimyosi, qurilish va yoqilg’i sanoati, chorvachilik va polizchilik uchun qulayroq. Ayni vaqtda bu erda suv zaxiralarining etishmasligidan elektr stantsiyalarni qurish, daryo transporti, intensiv sug’orma dexqonchilik va baliqchilikni rivojlantirishga to’sqinlik qiladi.

Download 2,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish