Lim vazirligi guliston davlat universiteti


Aholi va mehnat resurslari



Download 2,96 Mb.
bet113/160
Sana30.06.2022
Hajmi2,96 Mb.
#719431
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   160
Bog'liq
Lim vazirligi guliston davlat universiteti

Aholi va mehnat resurslari. Namangan viloyati aholisi 1989—2001 yillarda 133 foizga yoki o’rtacha har yili 2,50 foizga ko’payib borgan. Bu jihatdan u Respublikamizda aholisi nisbatan tez o’sib borayotgan Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm viloyatlari qatoriga kiradi (O’zbekistonda o’rtacha ko’payish 1,95 foizga teng).
Ammo bu viloyatda ham demografik o’sish biroz pasayib bormoqda. Masalan, 2000 yilda Namangan viloyatining aholisi 25 ming kishit yoki 1999 yilga nisbatan 1,70 foizga ko’paygan.
Namangan viloyatida aholining zichligi o’rtacha 1km2 ga 263 kishini tashkil qiladi. Bu raqam qo’shni Farg’ona va ayniqsa Andijon viloyatiga qaraganda biroz pastroq bo’lsada, u respublika ko’rsatkichidan 5 marta ko’pdir.
Viloyat hududida aholisi zichligi har xil. Masalan, u Namangan shaxriga bevosita yaqin, sug’orma dexqonchilik yaxshi rivojlangan tumanlarda (Uychi, To’raqo’rg’on, Namangan) 520—620 kishiga etadi. Vaholanki, maydoni bo’yicha eng katta Pop tumanida (uning hududi viloyatga nisbatan 39,1 foizni tashkil etadi) zichlik atigi 52 kishi, holos. Bu esa butun Farg’ona iqtisodiy rayonida eng kichik ko’rsatkichdir. Shuningdek, yangi o’zlashtirilgan Mingbuloq tumanida ham aholi joylashuvi uncha zich emas — 115 kishi va bu jihatdan u qo’shni Andijon viloyatining Ulutnor, Bo’z tumanlariga o’xshab ketadi.
Demak, viloyat tumanlarining demografik sig’imi bir-biridan ancha farq qiladi. Bunday holat asosan suv resurslarining hududiy shakllanishiga bog’liq bo’lib, u o’z navbatida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning mintaqaviy xususiyatlariga ham ta’sir ko’rsatadi.
Viloyat aholisining nisbatan yuqori sur’atlarda o’sishiga uning tabiiy xarakati sababchidir. Chunonchi, 2001 yilda tug’ilish 20,7 promille, o’lim 4,7 va tabiiy ko’payish 16,0 promillega teng bo’lgan (1999 yilda bu ko’rsatkichlar yuqoridagilarga mos ravishda 23,1, 4,9 va 18,2 promilleni tashkil etgan). Ayni vaqtda tabiiy xarakat darajasi tumanlar doirasida katta farq qilmaydi.
Migratsiya jarayonining aholi o’sishiga ta’siri aytarlicha emas; shaxar joylarida uning natijasi viloyat uchun o’rtacha minus 1500, 1900 kishiga barobar, qishloqlarda esa kelganlar bilan ketganlar soni deyarli tenglashib bormoqda.
Garchi sanoat rivojlanishi Namangan viloyatida uncha yuqori bo’lmasada, bu erda urbanizatsiya ko’rsatkichi Andijon va Farg’ona viloyatlariga qaraganda kattaroq bo’lib, u Res­publika darajasiga teng (37,5 foiz). Viloyat markazi — Namangan, aholisi keyingi 20 yilda juda tez sur’atlar bilan ko’paydi. Masalan, 1979 yilda bu erda 226,6 ming va 1989 yilda 304,2 ming kishi yashagan bo’lsa, 2001 yilda shaxarning aholisi 390 mingdan oshib ketdi. Ana shu yillar davomida Namangan, Andijon va, xatto Samaqanddan o’zib ketib, O’zbekistonning aholi soni bo’yicha ikkinchi shaxriga aylandi. Taqqoslash uchun ana shu yillarda Andijon aholisi 229,7; 290,5 va 336,7 ming, Samaqandniki - 338,6; 364,0 va 361,1 ming kshnini tashkil qilgan.
Ammo Namangan viloyatida uning ma’muriy markazi yakkayu-yagona katta shaxar; ikkinchi shaxar—Chustda 61 ming yoki Namangandan 6,5 marta kam aholi yashaydi. Bulardan tashqari, Chortoq (46 ming) va Kosonsoy (41 ming) ham ancha ko’zga tashlanadi; Pop, Turaqo’rg’on, Jakkulobod va Uchqo’rg’onning xar birida 20—30mingdan aholi bor; eng kichik shaxarcha Chorkesar va Navbaxor (Pop tumani) bo’lib, ularga 1,4 ming kishidan aholi to’g’ri keladi. Shaxar manzilgoxlarining bunday turlanishi viloyat iqtisodiyotning hududii tarkibi va ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishning xususiyatlariga mos keladi.
Viloyat O’zbekistonda ishlab chiqariladigan yumshoq qoplama (krovel) materiallarning 100 foizini, ipak gazlamaning 20 foizga yaqinini, poyafzalning va uzum vinosining 10 foizdan ko’prog’ini beradi.
28-jadval ma’lumotlariga ko’ra, 1999 yilda engil sanoat viloyat jami sanoat mahsulotini 45,8 foizni, oziq-ovqat sanoati 25,0 foizini bergan. Bulardan tashqari, qurilish materiallari sanoati ham birmuncha ajralib turadi.
2000 yilda esa oziq-ovqat sanoatining oldingi mavqei saqlanib qolgan holda engil sanoat ulushi yanada oshgan va 57,6 foizga etgan. Bu mazkur sanoat tarmog’ining boshqalarga qaraganda ildamroq rivojlanishi asosida yuz bergan.
Viloyatda shu yili 23 ming tonna neft, 25 mln. pogon metr ip gazlama va 1,4 mln. ipak gazlama, 1,6 mln. m2 jun gazlama, 15 ming tonna o’simlik yog’i, 70,6 ming tonna paxta tolasi va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarilgan. Shuningdek, bu erda qog’oz va gugurt sanoati ham shakllanmoqda.
Sanoatning asosiy markazi Namangan shaxri bo’lib, u viloyat sanoat mahsulotining 40 foizini ishlab chiqaradi. Bu, albatta mujassamlashuvning juda yuqori ko’rsatkichidir. Ayni vaqtda sanoat ishlab chiqarishini hududiy tashkil qilishning bunday holati uning bir tomonlamaligini va boshqa hududlarda ushbu makroiqtisodiyot tarmog’ini sust rivojlanganligidan guvohlik beradi.
So’nggi yillarda Kosonsoy tumanining sanoati ancha jadal rivojlanib bormoqda. U Pop tumani bilan birgalikda viloyat sanoat ishlab chiqarish xajmining 1G’4 qismini ta’minlaydi. Keyingi o’rinda Uchqo’rg’on, o’rtacha mavqelarni Turakurron, Uychi, Chust va Chortoq tumanlari egallaydi, Norin va Mingbuloq tumanlarining esa bu borada ahamiyati sezilarli darajada past. Uchqo’rg’onda paxta tozalash, yog’ za­vodi hamda to’qimachilik korxonasi mavjud, Turakurg’onda quruq meva tayyorlovchi hamda ekskavator ta’mirlovchi korxona, Kosonsoyda turli engil sanoat korxonalari ishlab
turibdi.

Download 2,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish