Sanoati. Andijon viloyatida 150 asosiy sanoat korxonasi bor. Ular Respublikaning 1G’10 ga yaqin, iqtisodiy rayonning 1G’3 sanoat mahsulotini ishlab chiqarishadi. Jumladan, viloyat O’zbekistonning 100 foiz engil avtomobillarini, 10,5 foiz engil sanoat mahsulotini beradi. Bu erda elektrotexnika mashinasozligi, ip-gazlama ishlab chiqarish xam mamlakat ahamiyatiga ega.
Mazkur viloyat O’zbekiston Respublikasining 100 foiz elektr dvigatellarini, 10 foizga yaqin paypoq mahsulotlari va ip gazlamasini, deyarli 1G’3 trikotaj, 17 foiz poyafzal, 15 foiz tikuv mahsulotlari, 10 foizdan ortiqrok, o’simlik yog’iani ishlab chiqdradi (2000 i.).
Viloyat sanoati majmuasida mahsulot qiymati bo’yicha mashinasozlik va metalni qayta ishlash (53,3 foiz), engil sanoat (17,8 foiz) hamda un-krupa, omuxta em ishlab chiqarish etakchilik qiladi. Bu xaqda 28-jadval aniq, ma’lumotlarni beradi.
Viloyatda so’nggi yillarda 500 — 700 mln. kVtG’s elektr energiya, 110—120 ming t. neft, 17 — 24 ming t. tozalangan o’simlik yog’i, 85—100 ming t. paxta tolasi ishlab chiqariladi. 1999 yilda Asaka zavodi konveyridan hammasi bo’lib 58,3 ming engil avtomashina, shu jumladan 28,3 ming «Neksiya», 16,4 ming «Tiko» va 13,6 ming dona «Damas» chiqarilgan.
Asakadagi zavod qurilishi 1994 yilda boshlanib, undan 1996 yilda birinchi O’zbek engil mashinasi chiqarilgan. Umumiy loyixa quvvati bir yilda 200 ming dona mashinalar ishlab chiqarishga teng. Respublika mustaqilligining 10 yilligi arafasida engil mashinalarning yangi markalari (rusumlari) «Matiz» ham zavod konveyeridan chiqariladi. Viloyatda ip-gazlama, trikotaj buyumlari, elektr dvigatellari, emal idishlar, elektr kabellari, gidrotsilindr hamda irrigatsiya mashinalari ham ishlab chiqariladi. Asosiy sanoat markazlari Andijon, Asaka, Shaxrixon, Marhamat, Xonobod va boshqalar. Tuman markazlarida paxta tozalash zavodlari bor, Xo’jaobodda esa yirik er osti gaz ombori qurilgan.
Qishloq xo’jaligi. Viloyat 10,5% Respublika va 35,3% iqtisodiy rayon qishloq xo’jalik mahsulotini beradi. Makroiqtisodiyotning bu soxasida dexqonchilik ancha ustunlik qiladi va u jami qishloq xo’jaligi mahsulotining 2G’3 qismini ta’minlaydi. Andijon viloyati zimmasiga O’zbekistonda etishtirilgan g’allaning 14 foizi, kartoshkaning 9 foizi to’g’ri keladi.
2000 yilda viloyatda barcha ekin maydonlari 231 ming gektarni tashkil etgan. Shundan 86 ming gektarga g’alla ekilgan va 580 ming tonna hosil olingan (asosan bug’doy). Paxta maydonlari 106 ming gektarga teng bo’lib, 337 ming tonnadan ortiq paxta olingan, xosildorlik 31,8 tsG’ga. E’tiborga olish joizki, ushbu ko’rsatkichlarga viloyat mamlakatimizda qishloq xo’jaligi rivojlanishi og’ir kechgan yilda erishgan.
Ushbu viloyat Respublika qishloq xo’jaligi rivojlanishiga betakror, o’ziga xos yangiliklar kiritdi. 1995 yilda Xitoy mutaxassislari bilan hamkorlikda Qo’rg’ontepa tumanining «Savay» xo’jaligida ilk bor plyonka ostiga chigit qadaldi. Taxminan 20 gektar erga ekilgan ertapishar paxta navidan 40,2 tsentnerdan hosil olindi. 1996 yilda bunday ekin maydonlari 9300 gektarni tashkil etdi. 2000 — 2001 yillarda ham ana shu yangi usul tufayli Andijon viloyati O’zbekistonda birinchi bo’lib paxta planini ortig’i bilan bajardi.
Qishloq xo’jaligida foydalanadigan er maydonining anchagina qismi bog’dorchilik (19 ming ga), uzumchilik (37 ming ga) va sabzavotchilik (12 ming ga) bilan band. Ayni vaqtda kartoshka etishtirish va em-xashak maydonlari kamroq
Andijon viloyati yiliga 2600 — 2700 tonna pilla etishtiradi. Yirik shoxli mollar soni 440 ming boshdan ziyod, qo’y va echkilar 500 ming atrofida. Tabiiyki, bunday aholi zich joylashgan, dexqonchilik intensiv rivojlangan hududda chorvachilik uchun imkoniyatlar katta bo’lmaydi.
2000 yilda viloyat qishloq xo’jaligida 15 mingga yaqin ortiqcha ish kuchi bo’lmagan, 20,9 ming kishilik yangi ish o’rinlari tashkil etilgan.
Iqtisodiyot bilan bir qatorda ijtimoiy sohalar ham rivojlanib bormoqda. Viloyat aholisining markazlashtirilgan toza ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi 87,7 foiz. Biroq, tabiiy gaz bilan ta’minlanish uncha yuqori emas —64,6 foiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |