Lim vazirligi guliston davlat universiteti


Geografik joylanishi va tabiiy boyliklari



Download 2,96 Mb.
bet116/160
Sana30.06.2022
Hajmi2,96 Mb.
#719431
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   160
Bog'liq
Lim vazirligi guliston davlat universiteti

Geografik joylanishi va tabiiy boyliklari. Viloyat Farg’ona vodiysining g’arbiy va janubiy qismida joylashgan. U g’arbda va janubi-g’arbda Tojikiston Respublikasining Sug’d viloyati, janubda Kirg’iziston Respublikasining O’sh va Botken viloyatlari bilan chegaradosh, Respublikamizda esa, shimolda Namangan va sharqda Andijon viloyatlari bilan qo’shnichilik qiladi. Viloyatning shimoli-g’arbidagi chegarasi Sirdaryo oqimi buylab o’tadi.
Farg’ona viloyatining o’ziga xos xususiyatlaridan biri shuki, uning hududi geografik jihatdan yaxlit emas. Farg’ona tumanining bir qismi (Shoximardon) va Sux tumani tamomila Kirg’iziston hududining ichida. Bunday geosiyosiy holat ayniqsa hozirgi davrda, ma’lum qiyinchiliklarga olib keladi.
Er usti tuzilishi uncha murakkab emas, u janubdan shimolga tomon pasayib boradi. Shimolda mutloq balandlik dengiz satxidan 360 — 380 m, janubda eng baland nuqtalar 2800 m ga etadi (Turkiston tizmasining shimoliy qismi, Sux tumani hududida). Relef shaklining bunday tuzilishi viloyat janubiy qismini tog’lardan oqib chiqadigan soylar suvi bilan sug’orish uchun tabiiy qulaylik yaratadi.
Farg’ona viloyati ham, qo’shni hududlar singari, qazilma resurslarga boy emas. Bu erda biroz neft va qurilish sanoati uchun xom ashyo mavjud, holos. Neft zaxiralarini qazib olish bundan 100 yil avval chet mamlakatlar sarmoyasi yordamida (Belgiya va boshqalar) qazib olina boshlagan. Respublikadagi. eng qadimiy neft koni ham shu viloyatda (Chimyon). Sho’rsuvda ilgari oltingugurt va ozokerit qazib olinardi, hozirda esa uning zaxiralari sanoat ahamiyatiga ega emas.
Iqlimi quruq, kontinental; yillik yog’in-sochin miqdori Namangan viloyatidan sal ko’proq, Andijondan esa biroz kamroq (300 — 400 mm atrofida). Viloyatning janubiy qismida Markaziy Farg’ona cho’llari — Qoraqalpoq va Yozyovon cho’llari mavjud bo’lib, ularning davomi qo’shni Namangan va Andijon viloyatlariga o’tib ketadi. Ushbu cho’llarni o’zlashtirish faqat suniy sug’orish yordamida bo’lishi mumkin. Chegaradagi Sirdaryoni hisoblamaganda bu erda katta suv manbalari yuq.
Farg’ona viloyati ham Namangan viloyatiga o’xshash soylar o’lkasidir. Biroq, bu erda soylar qadimdan klassik tipdagi vohalarni vujudga keltirganki, bunday madaniy landshaftlar Respublikamizda juda kam uchraydi. Chunonchi, Sux va Isfara soylari tog’ oraliqlaridan takislikka chiqish qismida panjasimon taralib ketadi, juda ko’p kanal va ariqlarni suv bilan ta’minlaydi. Binobarin, Farg’ona viloyatida ariqlar juda ko’p. Masalan, Sux soyi Rishton, Samaqand, Nursuk ariqlariga, Qutqonsoy, Yanginayman, To­mosha, Avronbor, Shoximardon kanallariga taqsimlanib ketadi, Isfara daryosining quyi qismidan esa Oltiariq, Yangiqishloq ariqlari, Beshkapa, Isfara, Janubiy Isfara, Juga kanallari boshlanadi.
Sux Qo’qon voxasini, Isfara Beshariq voxasini shakllantirgan. Kichik, Shursuv soyi esa qadimda Yaypanni sug’organ. Xuddi shunga o’xshash Shoximardonsoy Vodilni va Oltiariqsoy orqali Oltiariq voxasini vujudga keltirgan. Viloyat sharqida Isfayramsoy (Marrilonsoy) ikkinchi katta voxa — Marg’ilonni suv bilan ta’minlagan. Shuningdek, bu erda yangi shaxar—Yangi Marg’ilon (Skobelev, Farg’ona) ham qurilgan. Isfaralsoydan yuqorirokda Quvasoy, Nayman arig’i va boshqalar suv oladi. Shunday qilib, Farg’ona viloyati turli katta-kichiklikdagi soylar va ularning suv sig’imiga mos vohalardan iborat. Ammo, bu tabiiy suv manbalarining keyinchalik ishlab chiqarishni rivojlantirish va aholini joylashtirishga quvvati etmay qolgan. Mazkur muammoni hal qilish maqsadida vodiyda eng uzun U.Yusupov nomidagi Katta Farg’ona hamda Katta Andijon kanallari qurilgan. Ulardan birinchisi ancha janubrokdan, adir etaklaridan o’tib, qadimgi voxa va voxachalarni birlashtirgan, ikkinchisi esa asosan Markaziy Farg’ona cho’llarini sug’orish uchun mo’ljallangan.
Viloyatda Karkidon, Qo’rg’ontepa kabi suv omborlari ham mavjud. Ular tabiiy va sun’iy suv manbalari bilan birgalikda katta maydonlarni sug’oradi. Biroq, yuqorida ariq va kanallar bo’lsa, viloyatning shimolida, pastda ularning aksi-zovurlar (O’rta Qiziltepa, Pastki Kiziltepa, Rishton, Bog’dod, Shimoliy Bog’dod kollektorlari) qurilgan.
Farg’onada, butun vodiyda bo’lganidek, rekreatsiya resurslari ham bor. Vodil, Shoximardon, Chimyon, Sux va boshqa so’lim tabiatli maskanlar aholining dam olishi va salomatligini tiklash uchun xizmat qiladi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, Farg’ona viloyati iqtisodiyotining shakllanishida eng avvalo suv va serhosil erlari, kolaversa uning mehnatsevar aholisi katta rol uynaydi.

Download 2,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish