Lim vazirligi guliston davlat universiteti



Download 2,96 Mb.
bet5/160
Sana30.06.2022
Hajmi2,96 Mb.
#719431
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   160
Bog'liq
Lim vazirligi guliston davlat universiteti

Kursning maqsadi-O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kursini maqsadi talabalarga respublikaning tabiiy boyliklari, aholisi, mehnat resurslari, iqtisodiy rayonlarning shakllanishi va ularning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini o’rgatishdan iborat .
O’quv kursining vazifasi - geografik qonuniyatlar va xususiyatlarni keng ko’lamda tadqiq qilib, bu sohadagi malakali mutaxassislarni tayyorlashga yordam berish, ishlab chiqarish jarayonini samarali tashkil qilish, tadbirkorlikni rivojlantirish, mulkchilikning turli shakllarini etiborga olib kichik va o’rta biznesni rivojlantirish, hududlarning ichki imkoniyatlarini hisobga olib ularga xo’jalik tarmoqlarini to’g’ri joylashtirish va rivojlanish yo’llarini tahlil qilish ham ushbu fanning vazifalaridan hisoblanadi.
2-asosiy savol bayoni: O’zbekiston Respublikasi iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi fani sanoat geografiyasi, aholi geografiyasi, shaharlar geografiyasi, transport geografiyasi, ijtimoiy geografiya, kartourafiya, tabiiy geografiya jumladan, O’zbekiston tabiiy geografiyasi fanlari bilan uzviy aloqador.
Ushbu fan birinchi galda tabiiy geografiya fani bilan yaqindan aloqadadir. Chunki iqtisodiy geografiya u yoki bu mintaqani iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan o’rganayotganda, o’sha joyning tabiiy sharoiti, tabiiy resurslarining hududiy xususiyatlarini har tomonlama bilmasdan turib, unga iqtisodiy jihatdan baho berish, ishlab chiqarish kuchlarini ilmiy jihatdan tashkil qilish va joylashtirish mumkin emas.
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi fani iqtisodiy geografiyaning tarmoqlari sanoat, qishloq xo’jaligi, transport va tashqi iqtisodiy aloqalar geografiyasi fanlari bilan ham yaqindan aloqadordir. Chunki, ularni hududiy tashkil etish shakllari o’ziga xos bo’lib, mamlakatimizning turli mintaqa va hududlarida turlicha joylanish va rivojlanish xususiyatlariga ega.
O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi fani kartografiya fani bilan ham yaqindan aloqadordir, chunki u yoki bu davlatlarni iqtisodiy geografik jihatdan o’rganayotganda kartografiyadan keng foydalaniladi. Bu fanni kartasxemalar, kartogramma va kartodiagrammalar, harakatdagi chizmalar, jadval va diagrammalarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi.
Bundan tashqari O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi fani "demografiya" fani bilan ham uzviy bog’liq. Sababi, aholi va mehnat resurslari jamiyatda eng asosiy kuch hisoblanadi. Ya’ni aholi bir vaqtning o’zida ham ishlab chiqaruvchi kuch, ham iste’molchi hisoblanadi.
Har qanday fanning predmeti, ta’rifi uning asosiy tamoyillarini o’zida aks ettirishi shart. Chunki, o’zining metodologiyasi va metodi, tadqiqot predmeti va tamoyillariga ega bo’lmagan fan mustaqil fan hisoblana olmaydi.
Shuningdek, qonun va kategoriya, asosiy ilmiy g’oya va tushunchalar har bir fan uchun zarurdir. Ularni aniqlash, o’rganish, qo’yilgan tub maqsadlarga erishish, eng avvalo, ma’lum vosita yoki yo’llarni, turli xil metodlarni talab etadi. Bu o’rinda agar tamoyillarga amal qilinsa, metodlar qo’llaniladi. Tamoyil va usul birgalikda ko’zlangan maqsadga erishishga ko’mak beradi, fanning ichki rivojlanish qonuniyatlarini, uning taktika va strategiyasini ta’minlaydi, ifodalaydi.
O’z navbatida, metodlar bevosita shu fanga xizmat qiluvchi yoki barcha fanlarga tegishli bo’ladi. Masalan, geografiya fanining maxsus metodlari sifatida kartografik, geografik taqqoslash, rayonlashtirish va boshqalarni ko’rsatish mumkin. Ayni paytda statistik, energiya ishlab chiqarish tsikllari, esktropolyatsiya, iqtisodiy geografik o’rin kabilar ko’proq iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaga jumladan, O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi faniga xizmat qiladi.
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fani jumladan, O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi fani ayniqsa bozor iqtisodiyotiga o’tishda respublikaning mustaqilligini mustahkamlashda hamda kelajakda O’zbekistonni rivojlangan davlatlar qatoriga chiqishi uchun respublikadagi mavjud iqtisodiy va tabiiy, mehnat resurslaridan oqilona tadbiq qilish va undan foydalanishga juda katta e’tibor berishni taqozo etadi. Bu jarayonlarni o’rganishda, tahlil qilishda va o’z maslahatlarini berishda O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi fanini roli benihoya kattadir.

Download 2,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish