Lim vazirligi guliston davlat universiteti



Download 2,96 Mb.
bet13/160
Sana30.06.2022
Hajmi2,96 Mb.
#719431
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   160
Bog'liq
Lim vazirligi guliston davlat universiteti

Nazorat savollari:
1. O’zbekiston Respublikasi tabiiy sharoitini izohlab bering?
2. O’zbekiston Respublikasi agroiqlim resurslarini mazmunan yoritib bering?
3. Mamlakatimizning suv resurslarini izohlab bering?
4. Mamlakatimizning er fondini mazmunan yoritib bering?
5. Respublikaning o’simlik olamini izohlab bering?
6. Respublikaning hayvonog olamini mazmunan yoritib bering?
7. Respublikaning Mineral resurslarini mazmunan izohlab bering?
8. Respublikaning Mineral resurslari va ulardan Milliy iqtisodiyotda foydalanish aoslarini mazmunan yoritib bering?
9. O’zbekiston tabiiy sharoitining o’ziga xos xususiyatlarini ayting.
10. Nima uchun mamlakatimizni “serquyosh O’zbekiston” deb ataydilar?
4-mavzu: O’zbekiston respublikasi aholisi va mehnat resurslari


Ko’rib chiqiladigan asosiy savollar:
1. O’zbekiston aholisini soni va uni hududiy joylashuvi.
2. Urbanizatsiya darajasi.
3. Aholining tabiiy va mexanik harakati
4. Respublika aholisining tarkibi.
5. Mehnat resurslari va ulardan foydalanish.


Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Aholi, aholi ro’yxati, aholi zichligi, demografik koeffitsientlar (tug’ilish, o’lim, tabiiy ko’payish), aholining tabiiy va mexanik harakati, migratsiya, urbanizatsiya, urbanizatsiya darajasi, Millioner shahar, aholining milliy, jinsiy, yosh va ijtimoiy tarkibi, mehnat resurslari, aholi bandligi, iqtisodiy faol aholi.
1-asosiy savol bayoni: Aholi asosiy moddiy in’omlar ishlab chiqaruvchi va shu bilan birga ularni asosiy iste’mol qiluvchi hamdir. Darhaqiqat aholi bilan ishlab chiqarish "boshdan oyoq" chambarchas bog’liq.
Shuning uchun jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi bo’lgan aholini o’rganishga iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kurslarida doimo katta etibor beriladi. Chunki har bir mamlakat, uning ichki iqtisodiy-geografik rayonlari xalq
xo’jaligini hududiy tashkil qilish va rivojlantirishda aholining soni, zichligi, tabiiy o’sish, migratsiya va urbanizatsiya jarayoni, milliy va ijtimoiy tarkibi, jinsi, mehnat resurslari va aholining bandligi kabi ko’rsatkichlar katta ahamiyat kasb etadi.
O’zbekiston Respublikasi aholi soniga ko’ra dunyodagi o’rta darajadagi mamlakat hisoblanadi. Uning aholisi, 1 yanvar 2013 yil ma’lumoti bo’yicha taxminan 30,0 mln. kishini tashkil etadi. U aholi sonining ko’pligi jihatidan MDHda Rossiya va Ukrainadan keyin 3- o’rinda turadi. Respublikamizda Markaziy Osiyo davlatlari umumiy aholisining salkam 45 foizi yashaydi.
Aholining o’sishi tarixiy-an’anaviy va ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlarga ega. Uzoq va yaqin o’tmishda O’zbekiston murakkab tarixiy yo’lni bosib o’tdiki, bu narsa mamlakat aholisining dinamikasiga hamda demografik va migratsion holatlariga bevosita ta’sir ko’rsatdi. Mamlakat aholisi va uning tarkibi, ayniqsa, 19 asrning o’rtalaridan boshlab jiddiy o’zgarishlarni boshidan kechirdi. Chor Rossiyaning Turkiston hududini istilo qilishi natijasida aholi soni, uning milliy va jinsiy tarkibi, ko’payish darajasi, joylashuv xususiyatlari o’zgardi. Lekin aholi to’g’risida bu davrga oid aniq ma’lumotlar yo’q va bu borada tadqiqotchilar har xil fikr bildirishgan. Hozirgi O’zbekiston hududi aholisi to’g’risidagi dastlabki ma’lumotlar 1865 yilga tegishli bo’lib, o’sha davrda 3320 ming kishi yashagan (O.Otamirzaev, I.Mullajonov).

Turkiston hududida aholini ro’yxatga olish birinchi bor 1897 yilda o’tqazilgan 1-Umumrossiya aholi ro’yxati davrida olingan. Biroq, ushbu ro’yxat ham to’liq emas edi. Chunki bu ro’yxat Buxoro va Xiva xonliklari hududlarini chetlab o’tgandi. XX asrning 1-choragida ham aholi o’sishida sezilarli o’zgarishlar bo’lmadi. Uning mutloq soni atigi 242 ming kishiga, o’rtacha yillik osish sur’ati 0,2 foizga ko’paydi. 1924-1940 yillarda aholining mutloq soni 2,3 mln. kishidan oshdi, aholi osishining nisbiy ko’rsatkichi yiliga 3,0 foizga teng bo’ldi.

Ikkinchi jahon urushi ham mamlakatimiz aholisi soniga, uning milliy va jinsiy tarkibiga hamda geografik joylashuviga katta ta’sir ko’rsatdi. Urush yillarida mamlakatimiz o’zining bir milliondan ortiq mehnatga layoqatli aholisini yo’qotdi. Aholining umumiy soni 1940-1945 yillarda 6551 mimgdan 5197 minggacha kamaydi (3-jadval).

Urushdan keyin aholi asosan tabiiy o’sish hisobiga ko’paydi. Mamlakat aholisi 1945-1959 yillarda salkam uch million kishi ortdi. Aholining soni esa yiliga o’rtacha 3,7 foizga ko’paydi. Umuman, 60-yillardan keyingi davrga aholi dinamikasiga ildam sur’atlar xos.

Mazkur jarayon ayniqsa, 1970-1980 yillarda katta ko’rsatkichlarga ega bo’ldi. 1980-1995 yillarda respublika aholisining soni 15,8 mln.dan 22,3 mln.ga etdi, o’rtacha yillik o’sish miqdori mutloq hisobda 400-500 ming kishini, nisbiy hisobda 2,2 foizni tashkil qildi.

Undan keyingi davrda aholining yillik o’rtacha o’sish sur’atlari asta-sekin pasayib kelmoqda. Agar 2000 yil aholining yillik o’rtacha o’sishi 1,8 foizni tashkil etgan bo’lsa 2006 yilga kelib 1,1 foizga tushub qoldi.



Download 2,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish