3-asosiy savol bayoni: Viloyat O’zbekiston Respublikasi tarkibida 6 mart 1941 yilda tashkil topgan. U hozirgi vaqtda 11 tuman, 8 shaxar va 11 shaxarchadan iborat.
Namangan viloyatiga kiruvchi tumanlar—Kosonsoy, Mingbo’loq Namangan, Norin, Pop, To’rako’rg’on, Uychi, Uchqo’rg’on, Chortoq Chust va Yangiqo’rkon bo’lib, ularning barchasining maydoni 7,4 ming km2, yoki Respublika hududining 1,7 foizini tashkil k,iladi. Aholisi, 2001 yil ma’lumotiga muvofiq, 1957 ming kishi (O’zR ga nisbatan 7,9 foiz). Ma’muriy markazi Namangan shahri.
Joylashgan o’rni va tabiiy boyliklari. Namangan viloyati asosan Sirdaryoning o’ng qirg’og’i, Farg’ona vodiysining shimoliy qismini egallaydi. U O’zbekiston Respublikasi hududining sharqiy qismida, Kirg’iziston Respublikasi Jalolobod viloyatining janubida joylashgan; g’arbda Toshkent viloyati, janubda Farg’ona, janubi-sharqda Andijon viloyatlari bilan chegaradosh.
Viloyat hududining yarmidan Kung’osh tog’ va tog’ oldi rayonlaridan tashkil topgan. Bu erda adir mintakasi qo’shni viloyatlarga qaraganda keng taqalgan va u bog’dorchilik, uzumchilik hamda chorvachilik uchun qulay. Shu nuqtai nazardan Namangan viloyatining er fondi ham kattaroq. Biroq uning eng chekka shimoli-g’arbiy qismi baland tog’liklardan iborat (balandligi 4000 metgacha etadi).
Er boyligidan tashqari viloyat hududida ayrim qazilma boyliklar ham mavjud. Ular Chodoq orkesar, Uyg’ursoy polimetall va qimmatbaxo metallar xamda Mingbuloq neft konlaridir. Ammo rudali konlarda qazilma boyliklarning zahirasi ko’p emas va binobarin, ular mintaqa iqtisodiyotiga kuchli ta’sir etmaydi.
Yog’in-sochin miqdori g’arbdan sharqda tomon ortib boradi (100—400 mm). Asosiy gidrografik elementi Sirdaryo bo’lib, u shu nomda aynan viloyat hudida, Norin va Qoradaryoning qo’shilishi natijasida shakllanadi. Biroq, Sirdaryoning erlarni sug’orishdagi ahamiyati katta emas, chunki u ancha pastlikda oqib o’tadi. Bu jihatdan uning irmoqlari-soylarning ahamiyati yuqoriroq: Rezaksoy, Rovasoy, Kosonsoy, Chortoqsoy, Namangansoy. Ushbu soylarning yuqori qismida kichik-kichik suv omborlari qurilgan (Chortoq Kuksaroy, Olmossoy, Rovasoy va boshqalar).
Norin daryosi Qirg’iziston hududi, baland tog’liklardan vodiyga chiqqandan so’ng keng yoyilib ketadi. Xuddi ana shu erdan vodiyning aksariyat kanallari boshlanadi, Jumladan, Katta Namangan, Shimoliy Farg’ona, Katta Farg’ona kanallari ham Uchko’rg’on shahri va Shamoldisoy shaharchasi yaqinidan boshlanib g’arbga tomon okadi. Katta Namangan kanali keyingi yillarda qurilgan bo’lib, u adir zonasining pastroq, qismlarini sug’orishga mo’ljallangan. Umuman olganda esa Namangan viloyati, ayniqsa uning g’arbiy qismi qo’shni viloyatlarga qaraganda suv bilan yaxshi ta’minlanmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |