Lim vazirligi guliston davlat universiteti


Mustaqillik yillarida Qashqadaryo viloyatining janubi-g’arbiy qismida Sho’rtan gaz-kimyo majmuasi qurib bitkazildi



Download 2,96 Mb.
bet37/249
Sana13.02.2022
Hajmi2,96 Mb.
#445962
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   249
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTMOIY GEOGRAFIYA (O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi) fanidan o’quv-uslubiy majmua

Mustaqillik yillarida Qashqadaryo viloyatining janubi-g’arbiy qismida Sho’rtan gaz-kimyo majmuasi qurib bitkazildi.

Mazkur kombinatdan oltingugurti kamroq bo’lgan tabiiy gazni energetika ehtiyojlari uchun mintaqalarga uzatish maqsadida Sho’rtan-Sirdaryo-Toshkent gaz quvuri ishga tushirilgan. Sho’rtan gaz majmuida jahonda birinchi bo’lib molekulyar elak (g’alvir) lar qo’llanilmoqda.

Mamlakatning ko’pgina gaz konlari (98 %) oltingugurtli gazdir. Shuning uchun ham gaz kondensatini qayta ishlash bo’yicha ishlab turgan va loyihalashtirilayotgan ob’ektlarning hammasida oltingugurtli birikmalardan foydalanish nazarda tutilgan. Endilikda mamlakat yoqilg’i-energetika sanoatining gigantlariga aylangan Farg’ona neftni qayta ishlash, Muborak gazni qayta ishlash zavodlari hamda Sho’rtan gaz-kimyo majmuida yiliga 100 ming tonnaga yaqin suyultirilgan gaz ishlab chiqarilmoqda.

Shaharlar va qishloqlarni gazlashtirish ishlari jadal olib borilmoqda. Respublikamizdagi jami xonadonlarning 70 foizdan ortig’i gazlashtirilgan. Gaz sanoatini rivojlantirishda chet el investitsiyalari jalb etilmoqda. Birgina Xo’jaobod er osti gaz omborini qurishga 70 mln. AQSh dollari sarflandi.

Shunday qilib, mamlakatning neft va gaz mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojini o’z resurslari hisobiga qondirish dolzarb masalaga aylangan va u yangi-yangi konlarni topish va ishga tushirish natijasida o’zining ijobiy yechimini topmoqda.

Respublika hududida yirik holda ish olib borgan ilmiy va ishlab chiqarish tarmoqlari birlashtirilib O’zbekiston neft gaz sanoati milliy korporatsiyasi ("O’zbekneftgaz") tuzilgan. Respublikamizning bir qator viloyatlarida gaz konlari bo’lishiga qaramasdan hozirgi vaqtda tabiiy gazni qazib chiqarishda asosiy o’rinni Qashqadaryo (88 %) viloyati egallaydi. Oz miqdorda tabiiy gaz Buxoro (2 %), Farg’ona, Andijon va Surxondaryo viloyatlarida ham qazib chiqariladi.

Ko’mir sanoati. Mamlakatimiz hududidan ko’mir uch joydan-Angren, Sharg’un va Boysun (To’da) dan qazib olinadi. Ularning dastlabkisidan qo’ng’ir ko’mir qazib olinsa, keyingi ikkitasidan toshko’mir qazib olinadi.

O’zbekiston hududidan dastlabki ko’mir qazib olish 1930 yillarning oxirida Angren konida boshlangan. Ushbu kon Toshkent viloyatidagi Ohangaron vodiysining o’rta oqimida joylashgan. Angren ko’mir koninig zahirasi respublikada topilgan barcha ko’mir zahirasining 96,5 foizini tashkil etadi.


Download 2,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish