Lim vazirligi guliston davlat universiteti



Download 2,96 Mb.
bet33/249
Sana13.02.2022
Hajmi2,96 Mb.
#445962
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   249
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTMOIY GEOGRAFIYA (O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi) fanidan o’quv-uslubiy majmua

2-asosiy savol bayoni: O’zbekiston xalq xo’jaligini rivojlantirishning asosiy yo’nalishi sobiq Ittifoqning dastlabki yillarida paxtachilik va u bilan bog’liq bo’lgan majmuani vujudga keltirishdan iborat edi. Bu majmuani tashkil etish uchun paxtachilikni xilma-xil mashina va uskunalar, kimyoviy vositalar, avvalo mineral o’g’itlar, elektr quvvati va hokazolar bilan ta’minlaydigan hamda uning mahsulotlarini qayta ishlaydigan sanoat tarmoqlarini yaratish zarurati tug’ildi. Shu bois, paxtachilik va u bilan bog’liq bo’lgan tarmoqlarni rivojlantirishga katta e’tibor berildi. Yirik-yirik sanoat korxonalariga asos solinib, Respublikada sanoat tugunlari vujudga kela boshladi. Chunonchi, 1930-1940 yillar oralig’ida O’zbekistonda 831 ta yangi zavod va fabrikalar ishga tushirildi. Masalan, Toshkent qishloq xo’jalik mashinasozligi zavodi, Chirchiq elektr-kimyo, Toshkent to’qimachilik kombinati va boshqalar.
2-Jahon urushi yillarida Respublikamizga sobiq Ittifoqning G’arbiy rayonlaridan 90 ta og’ir sanoat korxonalari ko’chirib keltirildi va qisqa muddatlarda ishga tushirildi. Jumladan, hozirda O’zbekiston og’ir sanoatining etakchi korxonalaridan hisoblangan Toshkent samolyotsozlik ishlab chiqarish birlashmasi, O’zbekiston qishloq xo’jalik mashinasozligi zavodi, Chirchiq qishloq xo’jalik mashinasozligi zavodi, Transformator zavodi shu yo’l bilan vujudga kelgan. Shuningdek, urush davrida neft, mis, qo’rg’oshin, volfram, molibdenning yangi konlari o’zlashtirildi. Angren ko’mir koni, 6 ta yangi elektr stansiyasi, Bekobod metallurgiya zavodi ham ish boshladi. Umuman ko’rilayotgan davrda jami 280 ta yangi sanoat korxonalari o’z faoliyatini boshladi. Natijada O’zbekiston sanoatining tarkibi keskin o’zgardi, og’ir sanoatning salmog’i 1940-1943 yillar oralig’ida 14,3 foizdan 48,0 foizgacha o’sdi.
2-Jahon urushidan keyingi davrda O’zbekiston xalq xo’jaligini yangi davr talabi asosida qisqa muddat ichida sanoat tarmoqlarini qayta qurish, qishloq xo’jaligi ishlarini mexanizatsiyalash, kimyolashtirish, ekin maydonlarini kengaytirish keng ko’lamda olib borildi. Respublikada paxta yakkahoqimligi (monokulturasi) ga urushdan keyin yana e’tibor kuchaytirildi. 1948 yilda Toshkent qishloq xo’jalik mashinasozligi zavodida paxta terish mashinalarining dastlabki turkumi chiqarildi. “Toshavtomash” zavodida traktor va tirkagichlarni ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi (shu zavod bazasida 1969 yil Toshkent traktor zavodi barpo etildi). 1985 yilda qishloq xo’jaligida traktorlar 200 mingga, paxta terish mashinalari 40 mingga etqazildi. Mineral o’g’itlar ishlab chiqarish 1951 yilda 0,9 mln t. dan 1980 yilda 5,0 mln t. dan oshib ketdi. Mineral o’g’itlarni ishlatishda mahalliy sharoitlar hisobga olinmas, agrotexnika qoidalariga ko’pincha rioya qilinmasdi. Hamma e’tibor paxta xom ashyosini oshirishga qaratilgandi.
Natijada paxta xom ashyosini etishtirish 1946-1985 yillarda 5,5 barobar ko’paydi. O’zbekiston markazni paxta etishtirishni butun choralar bilan ko’paytirishdan iborat siyosatini bajarishni ta’minlash maqsadida, ko’p erlarda sug’oriladigan erlarni paxta maydonlariga bo’shatib berildi. Paxtani hosili 1960 yilda 2,8 mln tonnaga, 1970 yilda 4,5 mln tonnaga, 1980 yilda 6,2 mln tonnaga etdi, yoki 1980 yilda 1930 yilga nisbatan paxta hosili 12 barobar oshdi. Paxta ekiladigan maydonlar esa 1 mln. ga dan ortdi. 1946-1965 yillarda qariyb 600 ming ga, 1966-1985 yillarda 1800 ming ga yangi er o’zlashtirildi. Respublikada paxta monokulturasi tarkib topdi. Paxta maydonlarining salmog’i ilmiy asoslangan me’yorga ko’ra 60 foizgacha bo’lgani holda 1980 yilda respublikada o’rtacha 75 foizga etdi. Sabzavot va donli ekin maydonlari keskin qisqarib ketdi. Paxta yakkahoqimligining kuchayishi Respublikada oziq-ovqat, ekologiya va ijtimoiy muammolarni keskinlashtirdi. Amudaryo va Sirdaryo havzasidan ko’plab suvlarni olinishi “Orol muammosi”ni keltirib chiqardi.
Transportni rivojlantirishda ham turli muammolarga duch kelindi. Xo’jalikning bu tarmog’ida asosiy yo’nalish barcha sanoat markazlarini birlashtirishga qaratildi. Chorjo’y-Qo’ng’irot, Navoiy-Uchquduq, Sirdaryo-Jizzax, Samarqand-Qarshi temir yo’llari qurib bitqazildi. 1972 yilda qurilgan Qo’ng’irot-Beynov temir yo’li Markaziy Osiyo Respublikalarini Markaz, Volgabo’yi va Kavkaz bilan bog’ladi. Havo transporti ham yuksalish sari bordi. Transportning boshqa turlari xususan, avtomobil va quvur transportiga ham alohida ahamiyat berildi. Biroq, barcha transport turlarini rivojlantirish va joylashtirish negizida Markaz manfaatlari yotardi.
XX asr 80-yillarining o’rtalaridan O’zbekiston iqtisodiyotining yangi taraqqiyot davri boshlandi. Ammo, Respublika xo’jaligi birmuncha yutuqlarga erishgan bo’lsada, u sobiq Ittifoqning asosan xom ashyoga ixtisoslashgan, ko’plab arzon paxta, ipak, qorako’l teri va boshqa mahsulotlar etqazib beruvchi o’lkasi bo’lib qolaverdi. Chunki, Respublika iqtisodiyotini asosi hisoblangan paxta tolasini 92 foizi, pillaning 2G’3 qismi, oltin, mis, rux kabi rangli metallar hamda qorako’lning deyarli hammasi O’zbekistonda qayta ishlanmasdan tashqariga chiqarilar edi. 1989 yilda sobiq Ittifoqda og’ir sanoat mahsulotlari umumiy sanoatning 69,9 foizini, O’zbekistonda esa 45,4 foizni tashkil etgan. Mazkur davrda engil sanoat O’zbekistonda asosiy o’rinni egallagan. Lekin viloyatlar doirasida ularni joylashuvi bir xilda emasdi. Aynqisa, Surxondaryo, Xorazm, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida sanoat tarmoqlari yetarlicha rivojlanmagan edi.

Download 2,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish