7-jadval. O’zbekistonda davlat va nodavlat sektorlarining nisbati
(2012 yil, foiz hisobida).
|
Davlat sektori
|
Nodavlat
sektor
|
|
Yalpi ichki mahsulot
|
16,4
|
83,6
|
|
Sanoat mahsuloti ishlab chiqarish
|
8,6
|
91,4
|
|
Yalpi qishloq xo’jalik mahsuloti
|
0,1
|
99,9
|
|
Chakana tovar ayirboshlash
|
0,2
|
99,8
|
|
Aholiga pullik xizmat ko’rsatish
|
17,7
|
82,3
|
|
Iqtisodiyotda band bo’lganlar soni
|
19,3
|
80,7
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Hududlar
|
Maydoni
|
Aholi soni
|
Yalpi ichki mahsulot
|
Qoraqalpog’iston Respublikasi
|
37,1
|
5,7
|
2,3
|
Andijon
|
1,0
|
9,2
|
6,3
|
Buxoro
|
9,0
|
5,8
|
5,6
|
Jizzax
|
4,7
|
4,0
|
2,2
|
Qashqadaryo
|
6,4
|
9,4
|
7,8
|
Navoiy
|
24,7
|
3,0
|
5,3
|
Namangan
|
1,7
|
8,2
|
3,9
|
Samarqand
|
3,7
|
11,3
|
6,2
|
Surxondaryo
|
4,5
|
7,5
|
3,8
|
Sirdaryo
|
0,9
|
2,5
|
1,6
|
Toshkent
|
3,4
|
9,0
|
9,6
|
Farg’ona
|
1,5
|
11,1
|
6,8
|
Xorazm
|
1,3
|
5,5
|
3,0
|
Toshkent shahri
|
0,1
|
7,8
|
14,7
|
Respublika bo’yicha
|
100
|
100
|
100
|
8-jadval. O’zbekiston Respublikasi maydoni, aholi soni va yalpi ichki
mahsulotning hududlar bo’yicha ulushi (2012 yil, foizda)
Mamlakatimizda YaIMning o’sishi deyarli barcha ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalari hisobiga yuz berdi (9-jadval).
9-jadval . Yalpi ichki mahsulot tarkibi 2012 yil. (mlrd. so’m.)
|
2012 y
|
Iqtisodiyot bo’yicha, jami
|
41686,2
|
shu jumladan: Sanoat
|
24119,4
|
jumladan iste’mol tovarlari
|
|
Qishloq xo’jaligi
|
9821,6
|
Qurilish ishlari
|
5353,4
|
Yuk aylanmasi mlrd.t.km.
|
39,8
|
Yo’lovchi aylanmasi mlrd. yo’lovchi.km.
|
41,2
|
Chakana tovar aylanmasi
|
16467,8
|
Pullik xizmatlar
|
6199,8
|
Tashqi savdo aylanmasi mln.aqsh.dol.
|
13088,1
|
eksport
|
7164,9
|
import
|
5923,2
|
Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar
|
9979,6
|
O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni amalga oshirilishi ustivor masalalarni hal etish ishlab chiqarishda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, makroiqtisodiy barqarorlikka erishish hamda aholi faravonligini ko’tarish borasida zarur sharoitlar yaratish imkonini bermoqda.
Nazorat savollari:
1. Sobiq Ittifoq davrigacha O’zbekiston hududining (Markaziy Osiyo xonliklarining) xo’jaligini rivojlanish asoslarini izohlab bering?
2. Sobiq Ittifoq davrigacha O’zbekiston hududining (Markaziy Osiyo xonliklarining) xo’jaligini misollar asosida tushuntirib bering?
3. Sho’rolar tuzumi davrida O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini izohlab bering?
4. Sho’rolar tuzumi davrida O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga misollar asosida ta’rif bering?
5. Mustaqillik yillarida milliy iqtisodiyotning shakllanishi va rivojlanishini izohlab bering?
6. Mustaqillik yillarida milliy iqtisodiyotning shakllanishi va rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni ta’rifini bering?
7. O’rta Osiyo xonliklarining xo’jaligi haqida gapirib bering.
6-mavzu: O’zbekiston respublikasi sanoati va uning tarmoqlari. Yoqilg’i-energetika sanoati
Ko’rib chiqiladigan asosiy savollar:
1. O’zbekiston sanoatining rivojlanishi.
2. Yoqilg’i-energetika majmui.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Sanoat, Yoqilg’i- energetika majmui, yoqilg’i sanoati, gaz-kondensatli konlar, gidroelektr stansiya (IES)lar, issiqlik elektr stansiya (IES) lari, issiqlik elektr markaz (IEM)lari, IESlar kaskadi, briketlash.
1-asosiy savol bayoni: O’zbekiston iqtisodiyotida sanoat ishlab chiqarishi etakchilik qiladi. U mamlakat iqtisodiy taraqqiyotida muhim o’rin to’tib, iqtisodiy rayonlar va viloyatlarning, ijtimoiy ishlab chiqarish, texnikaviy darajasini belgilab beradi. Yalpi ichki mahsulotning 24,2 foizi sanoatga to’g’ri keladi. Hozirda o’ziga xos sanoat tarmoqlari shakllangan:elektrenergetika, yoqilg’i, qora metallurgiya, rangli metallurgiya, mashinasozlik va metallni qayta ishlash, avtomobilsozlik, kimy, neft-kimyo va gaz-kimyo, o’rmon, yog’ochni qayta ishlash va tsellyuloza-qog’oz, qurilish materiallari, engil, oziq-ovqat va boshqa tarmoqlar.
Mustaqillik yillarida respublikada sanoatni ustivor rivojlantirishga katta ahamiyat berildi. Ichki va xorijiy investitsiyalardan samarali foydalanish, yangi korxonalar qurish, eskilarini qayta jihozlash, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, korxonalarda mulkchilik shakllarini o’zgartirish, resurslardan oqilona foydalanish va h.k. Sanoatning barqaror rivojlanishini ta’minlamoqda, bu jarayonda modernizatsiyalash, tarkibiy o’zgartirish, mahalliylashtirish, divertsifikatsiyalash amalga oshirilmoqda. Respublikamizda 2012 yilda 2011 yilga nisbatan sanoat yalpi mahsuloti hajmi 107,0 foizni tashkil etdi. 2013 yil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi-8,8% ga o’sdi, Ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotining 78 % ortig’i qayta ishlash tarmoqlariga to’g’ri keladi. Mashinasozlik va metalni qayta ishlash 121 %ga, qurilish materiallari sanoat 113,6%ga, engil sanoat 113 % ga, oziq-ovqat sanoati 109%ga o’sgan (2012 yilga nisbatan). 2013 yil YaIM sanoat hissasi 24,2%. Iste’mol tovarlari ishlab chiqarish hajmi 14,4% tashkil etgan, yalpi sanoat hajmida 35,5% ga etdi. Hozirda YaIM da kichik biznes hissasi 55,8%. Jumladan, ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotining 23%, ko’rsatilayotgan bozor xizmatining deyarli barchasi, mahsulot eksportining 18%, iqtisodiyot tarmoqlarida ish bilan band bo’lgan aholining 75 kichik biznesda. Eksport hajmining 72% dan ortig’i tayyor tovarlarga to’g’ri keladi.
O’zbekistonda ayniqsa, gaz, neft, kimyo, mashnasozlik, rangli metallurgiya, yoqilg’i sanoati tarmoqlari jadal sur’aatlar bilan o’sdi. Sanoat taraqqiyotini jadallashtirish valyuta-moliyaviy, xalq xo’jaligining tashqi bozorga qaramligini zaiflashtiradi. Sanoatning iste’mol buyumlari bilan o’zini-o’zi taminlashi esa xalq turmushi darajasini ko’tarishni kafolatlaydi.
10-jadval. Respublika sanoat tarmoqlarida asosiy mahsulot ishlab chiqarish nisbatining o’zgarishi (foizda)
Tarmoqlar
|
1994
|
1995
|
2001
|
2011
|
2012
|
Butun sanoat
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
Yoqilg’i-energetika majmui
|
18,3
|
18,3
|
21,3
|
25,7
|
27,4
|
Metallurgiya
|
14,1
|
13,9
|
12,3
|
14,1
|
13,4
|
Kimyo va neft sanoati
|
4,6
|
5,2
|
6,0
|
5,5
|
5,3
|
Mashinasozlik va metalni qayta ishlash
|
7,3
|
,8
|
11,2
|
15,6
|
15,5
|
Yog’ochsozlik
|
0,9
|
1,0
|
1,3
|
1,1
|
1,0
|
Qurilish materiallari sanoati
|
5,0
|
4,5
|
5,2
|
4,9
|
5,2
|
Engil sanoat
|
19,0
|
18,6
|
20,0
|
14,2
|
13,4
|
Oziq-ovqat sanoati
|
9,7
|
9,8
|
12,6
|
13,7
|
13,6
|
Boshqa sanoat tarmoqlari
|
11,2
|
10,9
|
10,1
|
5,2
|
5,1
|
Mustaqillik yillarida sanoatning yangi, yuqori texnologiyaga ega bo’lgan tarmoqlari (avtomobilsozlik, radiotexnika, malakali kadrtalab, mashinasozlik va h.k.) vujudga keldi. Hozirgi vaqtda respublika sanoat tarkibida 100 dan ortiq tarmoq va tarmoqchalar mavjud bo’lib, ular bir necha majmualarni tashkil etadi. Umuman, respublika sanoat tarmoqlarining hozirgi tarkibida eng katta ulushni yoqilg’i-energetika majmui (27,4 %) egallaydi (10-jadval). Undan keyin engil sanoat 13,4, metallurgiya - 13,4, mashinasozlik va metalni qayta ishlash sanoati 15,5 foizga teng.
O’zbekiston Markaziy Osiyoda samolyotlar, avtomobillar, paxta terish, ip yigiruv, to’quv mashinalari, traktorlar, ekskovatorlar, yuk ko’taruvchi kranlar, liftlar, qorametall, prokat kabi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yagona mamlakatdir.
2-asosiy savol bayoni: Yoqilg’i-energetika majmui. Mamlakat yoqilg’i-energetika majmuiga-gaz, neft, ko’mir va energetika sanoatlari kiradi. Bu sanoat majmuining mamlakat sanoat ishlab chiqarishdagi hissasi 27,4 foizga teng. O’zbekistonning g’arbiy va janubiy hududlarida topilgan neft, gaz va ko’mir konlarining katta zahiralariga tayanib yildan-yilga mazkur sanoat tarmoqlari tez rivojlantirilmoqda. Qidirib topilgan gaz zahiralari 2 trillion kubometrga yaqin, ko’mir zahiralari esa 2 milliard tonnadan ortiq. Respublikamiz neft zahiralariga ham boy.
Neft, gaz va elektr energiya o’z ehtiyojlarimizni to’la ta’minlabgina qolmay, ko’p miqdorda eksport ham qilinadi. Hozir bu majmua kapital mablag’ sarflash hamda chet el investitsiyalarini jalb etishning eng foydali sohalaridan biri bo’lib qoldi. Mazkur sanoat majmui ikki guruhga: yoqilg’i va elektr energetika sanoatiga bo’linadi. Yoqilg’i-energetika majmuasi (yoqilg’i sanoati tarmoqlari: gaz, neft, ko’mir, torf, slanets va elektroenergetika: gidroelektrostantsiyalar, issiqlik elektrostantsiyalar, atom elektrostantsiyalar).
Yoqilg’i-energetika balansi deyilganda-turli xil yoqilg’ilarni qazib chiqarish va ishlab chiqarilgan energiya (kirim) hamda ulardan iqtisodiyotda foydalanish (sarf qilish) nisbati. Yoqilg’i sanoati - O’zbekiston og’ir sanoatining muhim tarmoqlaridan biri bo’lib, u tabiiy gaz, neft, ko’mir qazib chiqarishni va ularni qayta ishlashni hamda tayyor mahsulotni iste’molchilarga etkazib berishni o’z ichiga oladi. 1950-yillarda O’zbekistonda jami 9 mln kub metr tabiiy gaz qazib chiqarilgan bo’lsa, endilikda yiliga qazib olinayotgan gaz 60 mlrd kub metrdan ortdi. Respublikada 160 dan ortiq neft va gaz konlari ochilgan. Ulardan 115 tasi Buxoro-Xiva havzasida, 27 tasi Farg’ona vodiysi, 10 tasi Surxondaryo, 7 tasi Ustyurtda joylashgan. Mazkur konlarning gaz, gaz-kondensatli, gaz-neft, neft, gaz-neft kondensatli va neft-gaz kondensatli turlari mavjud.
O’zbekiston yoqilg’i-energetika sanoatining yirik-yirik konlari va ularning zahiralari chet ellik mutaxassislar bilan hamkorlikda o’rganilib, iqtisodiy jihatdan baholanmoqda hamda qazib olinib, qayta ishlanmoqda. Mutaxassislar baholashicha, O’zbekistonning er ostida juda katta neft va gaz qatlamlari bor. Respublika hududining qariyb 60 foizida ularni istiqbolda qazib olish mumkin. Neft va gaz mavjud bo’lgan beshta asosiy mintaqani ajratib ko’rsatish mumkin. Bular: Ustyurt, Buxoro-Xiva, Janubi-G’arbiy Hisor, Surxondaryo, Farg’ona mintaqalaridir. Neft va gaz resurslarining zahiralari bir trillion AQSh dollaridan ziyod baholanmoqda. Rivojlanishning hozirgi bosqichida mamlakat huhudidan topilgan 70 dan ortiq neft, gaz va gazkondensatli konlardan hamda mavjud uchta ko’mir konidan foydalanilmoqda. 50 dan ortiq neft, gaz va gazkondensat konlar esa foydalanishga tayyorlab qo’yilgan.
11-jadval. O’zbekiston Respublikasi yoqilg’i-energetika sanoat tarmoqlarida mahsulot ishlab chiqarish dinamikasi
Do'stlaringiz bilan baham: |