Lim vazirligi guliston davlat universiteti



Download 2,96 Mb.
bet30/249
Sana13.02.2022
Hajmi2,96 Mb.
#445962
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   249
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTMOIY GEOGRAFIYA (O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi) fanidan o’quv-uslubiy majmua

5-asosiy savol bayoni: Odatda, mehnat resursi mehnat qilish qobiliyatiga ega bo’lgan kishilardan iboratdir. Mehnat resursining shakllanishiga aholining yoshi va jinsiy tarkibi, tabiiy o’sish darajasi va boshqa ijtimoiy holatlar ta’sir ko’rsatib turadi. Tabiiy o’sish yuqori bo’lgan mamlakatimiz aholisi tarkibida yosh avlod salmog’ining ko’p bo’lishi mehnat resursi zahiralarining istiqbolli ekanligini bildiradi.
Mehnat resurslaridan oqilona foydalanish muammosi nihoyatda muhim masala ekanligini hisobga olib, O’zbekiston Oliy Kengashi 1992 yil 13 yanvarda "Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risida" qonun qabul qildi. Mazkur qonunda fuqarolarning mehnat qilish huquqini ta’minlashning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy shart-sharoitlari belgilab berilgan, bozor munosabatlariga o’tish davrida uni amalga oshirishning tegishli kafolatlari nazarda tutilgan.
2004 yilda mamlakat iqtisodiyotida band bo’lgan aholining yillik o’rtacha soni 1,4 foizga o’sdi va 9,9 mln. kishini tashkil etdi. Ma’lumki, O’zbekiston qishloq xo’jaligi rivojlangan mamlakat. Shu bois, qishloq xo’jaligida azaldan aholi bandligi yuqori bo’lib kelgan. Masalan, 1959 yilda mamlakat qishloq va o’rmon xo’jaligida 58,5 %, 1998 yilga 39,3 %, 2002 yilda esa 36,2 foiz aholi band bo’lgan. Shunga qaramasdan bu tarmoqda ishlovchilarning mutloq soni hanuz ancha yuqoriligicha qolmoqda. 2002 yilda iqtisodiyotda band bo’lgan aholining-12,7 foizi sanoatda, 7,8 foizi qurilishda, 4,4 foizi transport va aloqada band. Bu ko’rsatkich rivojlangan mamlakatlardagidan katta farq qiladi, ya’ni moddiy ishlab chiqarishda band bo’lgan mehnat resurslarining salmog’i ancha baland.
Respublikada bozor munosabatlariga o’tish davrida aholi bandligi sohasida ham chuqur o’zgarishlar yuz berdi, davlat sektori bilan bir qatorda nodavlat sektori ham vujudga keldi va u juda tez sur’atlar bilan o’smoqda. 2003 yilga kelib bandlik iqtisodiyotning davlat sektorida 23,4 %, nodavlat sektorida 74,2 foizni tashkil etdi. Nodavlat sektorni ulushi Andijon viloyatida 76,6 %, Farg’ona viloyatida 79,5 foizgacha etdi. Respublikada bandlik xizmatini tashkil qilishga, ishsizlikning va mehnatga bo’lgan bozor talabi o’zgarib turishining oldini olishga katta e’tibor berilmoqda. 1991 yildan boshlab mamlakatimiz tuman va shaharlarida 210 dan ziyod mehnat birjalarining keng tarmoqli tizimi tashkil etildi. 2003 yilda mehnat birjalarida 4,5 ming kishi ishsiz sifatida ro’yxatga olingan. Bu iqtisodiy faol aholining 0,5 foizini tashkil etadi.
Keyingi yillarda yangi ish o’rinlarini yaratishga katta e’tibor qaratilmoqda. Masalan, birgina 2001 yilda 465,3 ming kishilik ish o’rinlari tashkil etilgan. Ularning asosiy qismi qishloq joylariga to’g’ri keladi. Bu borada ayniqsa Farg’ona, Samarqand va Namangan viloyatlarida ibratli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Umuman olganda esa mehnat resurslaridan to’la va samarali foydalanish muhim muammo hisoblanadi. Bu muammo eng avvalo davlatning “Bandlik” dasturi doirasida hal etilib boriladi.
Shunday qilib, mehnat resurslaridan oqilona foydalanish mamlakat mintaqaviy siyosatining asosiy vazifalaridan biridir. Qolaversa, jahon mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi ham ko’proq aynan shu bandlik va ishsizlik mezonlari bilan o’lchanadi.
Band aholining iqtisodiyot tarmoqlari bo’yicha taqsimlanishi (2012 yil, foizda):
-sanoatda-13,0; -qishloq xo’jaligida-26,7; -qurilishda-9,3; -transport va aloqada-5,2; savdo va umumiy ovqatlanishda-10,9; -uy-kommunal xo’jaligida, aholiga maishiy xizmat ko’rsatishda-3,5; sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya va ijtimoiy ta’minotda-7,6; fan, ta’lim, madaniyat va san’atda-13,4; moliya, kredit, sug’urta-0,5; boshqa tarmoqlarda-9,9.

Download 2,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish