3-jadval. O’zbekiston Respublikasi aholi sonining o’zgarishi.
Yillar
|
Jami aholi
ming kishi
|
Shu jumladan
|
Urbanizatsiya darajasi, foizda
|
Shahar aholisi
|
Qishloq aholisi
|
1865
|
3320
|
466
|
2854
|
14,0
|
1897
|
3948
|
743
|
3205
|
18,8
|
1900
|
4016
|
816
|
3200
|
20,3
|
1917
|
4486
|
936
|
3550
|
20,9
|
1926
|
4621
|
1012
|
3609
|
21,9
|
1939
|
6347
|
1470
|
4877
|
23,2
|
1940
|
6551
|
1606
|
4945
|
24,5
|
1945
|
5197
|
1761
|
3436
|
33,8
|
1950
|
6194
|
1917
|
4277
|
30,9
|
1959
|
8119
|
2729
|
5390
|
33,6
|
1970
|
11799
|
4322
|
7477
|
36,6
|
1979
|
15391
|
6348
|
9043
|
41,2
|
1980
|
15757
|
6452
|
9305
|
40,9
|
1984
|
17496
|
7409
|
10087
|
42,3
|
1985
|
17972
|
7530
|
10442
|
41,9
|
1989
|
19905
|
8111
|
11794
|
40,7
|
1990
|
20322
|
8282
|
12040
|
40,8
|
1991
|
20708
|
8344
|
12364
|
40,3
|
1992
|
21207
|
8483
|
12724
|
40,0
|
1993
|
21703
|
8554
|
13144
|
39,4
|
1994
|
22193
|
8653
|
13540
|
39,0
|
1995
|
22562
|
8733
|
13830
|
38,7
|
1996
|
23001
|
8838
|
14163
|
38,4
|
1997
|
23443
|
8948
|
14495
|
38,2
|
1998
|
23867
|
9063
|
14804
|
38,0
|
1999
|
24230
|
9156
|
15074
|
37,8
|
2000
|
24582
|
9235
|
15347
|
37,6
|
2001
|
24813
|
9225
|
15588
|
37,2
|
2002
|
25115
|
9286
|
15829
|
36,9
|
2003
|
25427
|
9340
|
16087
|
36,7
|
2004
|
25707
|
9381
|
16326
|
36,5
|
2005
|
26021
|
9442
|
16579
|
36,3
|
2006
|
26312
|
9495
|
16817
|
36,1
|
2013.01.01.
|
29993,5
|
15370,1
|
14623,4
|
51,2
|
Respublika hududining tabiiy sharoiti, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish imkoniyatlarining turli-tumanligi aholi joylashuviga ham ta’sir qiladi. Mamlakat bo’yicha aholi joylashuvining o’rtacha zichligi 1 kv. km maydonga 67 kishidan iborat bo’lgan holda u Navoiy viloyatida 7,3 kishidan Andijon viloyatidagi 565,7 kishigacha farq qiladi (bu boradagi ichki tafovut 75 martadan ziyod).
Aholi salmog’iga ko’ra Samarqand viloyati (3380,9 ming k.) birinchi, Farg’ona (3329,7 ming k.) ikkinchi va Toshkent viloyati (2695,7 ming k.) uchinchi o’rinda turadi. Demografik salohiyatning eng past miqdori Navoiy (888,4 ming k.) va Sirdaryo viloyatlariga (750,6 ming k.) to’g’ri keladi (4-jadval).
4-jadval. O’zbekiston Respublikasi aholisining viloyatlar bo’yicha taqsimlanishi va zichligi (2013 yil 1 yanvar)
Mintaqalar
|
Jami aholi
|
Shundan
|
soni (ming kishi)
|
foiz his.
|
Shahar aholisi
|
Qishloq aholisi
|
Aholi zichligi 1 kv.km.
|
ming kishi
|
foiz his.
|
ming kishi
|
foiz his.
|
Qoraqalpog’iston Respublikasi
|
1711,8
|
5,7
|
850,5
|
49,7
|
861,3
|
50,3
|
10,3
|
Andijon
|
2756, 4
|
9,2
|
1453,9
|
52,7
|
1302,5
|
47,2
|
656,3
|
Buxoro
|
1729,7
|
5,8
|
667,1
|
38,6
|
1062,6
|
61,4
|
43,0
|
Jizzax
|
1205,0
|
4,0
|
574,1
|
47,6
|
630,9
|
52,3
|
56,8
|
Qashqadaryo
|
2831,3
|
9,4
|
1225,3
|
43,3
|
1606,0
|
56,7
|
99,0
|
Navoiy
|
888,4
|
3,0
|
445,2
|
50,1
|
443,2
|
49,9
|
8,0
|
Namangan
|
2458,7
|
8,2
|
1570,11
|
63,8
|
888,6
|
36,1
|
332,2
|
Samarqand
|
3380,9
|
11,3
|
1312,7
|
38,8
|
2068,2
|
61,2
|
201,2
|
Surxondaryo
|
2260,6
|
7,5
|
819,2
|
36,2
|
1441,4
|
63,8
|
112,5
|
Sirdaryo
|
750,6
|
2,5
|
325,1
|
43,3
|
425,5
|
56,7
|
174,5
|
Toshkent
|
2695,7
|
9,0
|
1328,6
|
49,3
|
1367,1
|
50,7
|
176,2
|
Farg’ona
|
3329,7
|
11,1
|
1908,7
|
57,3
|
1421,0
|
42,7
|
497,0
|
Xorazm
|
1653,8
|
5,5
|
548,7
|
33,2
|
1105,1
|
66,8
|
271,1
|
Toshkent shahri
|
2340,9
|
7,8
|
2340,9
|
100
|
–
|
100
|
–
|
Respublika bo’yicha
|
29993,5
|
100,0
|
15370,1
|
51,2
|
14623,4
|
48,8
|
66,8
|
2-asosiy savol bayoni: O’zbekiston Respublikasi aholisining 51,2 foizi shahar joylariga istiqomat qiladi. Mutloq raxamda u 15370,1 ming kishi (2013 y). Shahar aholisining o’sish sur’ati ayniqsa 1970-1980 yillarda yuqori bo’lgan. Bunga sabab 1972 yilda aholi manzilgohlarining shahar maqomiga o’tkazish uchun talab etiladigan eng kam aholi miqdorini 10 mingdan 7 minggacha tushirilishi va buning oqibatida shaharlar sonining nihoyatda tez ko’payishidir (agar 1970 yilda Respublikada 42 shahar mavjud bo’lgan bo’lsa, 1979 yilda ularning soni 90 taga etgan).
1989-2006 yillar davomida shaharliklar sonining o’sishi ancha susaygan. Natijada umumiy urbanizatsiya ko’rsatkichi 40,7 foizdan 36,1 foizga tushib qoldi. Viloyatlar darajasida mazkur jarayon ayniqsa Toshkent, Farg’ona, Buxoro, Xorazmda sezilarli bo’lgan va u faqat Qoraqalpog’iston Respublikasi, Jizzax va Namangan viloyatlarida birmuncha ko’tarilgan.
Hozirgi kunda shahar joylarda yashovchilarning nisbiy miqdori bo’yicha Qoraqalpog’iston hamda Toshkent va Navoiy viloyatlari oldinda turadi, uning eng past darajasi esa Surxondaryo viloyatida kuzatiladi.
Ayni paytda Respublikada 119 shahar va 1065 shaharcha mavjud bo’lib, ularning barchasida 15,3 mln. atrofida aholi yashaydi. Shaharlar soni bo’yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi (12), Qashqadaryo (12) va Toshkent (16) viloyatlari ajralib turadi. Ularning to’ri Jizzax, Xorazm va Sirdaryo viloyatlarida yaxshi rivojlanmagan.
O’rta Osiyo xususan, O’zbekiston urbanizatsiyasining o’ziga xos xususiyati shaharlar to’’rida kichik shaharlar (shaharchalar) sonining ko’pligidir. Kichik shaharlar toifasiga 1065 ta shahar manzilgohlari mansub bo’lib, ularning hissasiga O’zbekiston shaharlar tizimining 4G’5 qismidan ko’prog’i to’g’ri keladi. Ammo bularning demografik salohiyati past bo’lganligi bois, jami shaharliklarni taxminan 14,6 foizi aholisi 20 minggacha bo’lgan shaharlarda mujassamlangan.
Yarim O’rta" shaharlar (L.L.Trube iborasi) 2006 yilda 57 ta (aholisi 1613,7 ming k.) bo’lsa, aholisi 50-100 ming bo’lgan-O’rta shaharlar soni 17 ta bo’lgan. O’rta shaharlarda mamlakat shahar aholisining 11,1 foizi istiqomat qiladi. Ushbu toifa asosan viloyatlarning 2-markazlaridan, ta’bir joiz bo’lsa, okrug markazlaridan tashkil topgan. Masalan, Shahrisabz, Kattaqo’rg’on, Denov, Chust, Shahrixon, Zarafshon, To’rtko’l, Bekobod. Bular orasida faqat Guliston-viloyat markazidir. O’rta shaharlar orasidan eng yiriklari Shahrisabz (91,5 ming) va Bekobod (85,2 ming) shaharlaridir.
O’zbekistonda hammasi bo’lib 17 ta katta shaharlar (aholisi 100 mingdan ortiq) mavjud bo’lib, ularda jami shahar aholisining 57,3 foizi to’g’ri keladi. Aholi soniga ko’ra Toshkentdan (2309 ming k.) keyingi o’rinda Namangan (461 ming), Samarqand (363 ming), Andijon (394 ming), Buxoro, Nukus va Qarshi shaharlari turadi.
Shuningdek, Chirchiq, Olmaliq, Angren, Qo’qon, Marg’ilon shaharlarining ham har birida 100 mingdan ortiq aholi bor. Shu bilan birga yirik markazlar negizida shaharlar hududiy tizimining murakkab shakllari ham vujudga kelgan. Chunonchi, Toshkent, Samarqand, Farg’ona-Marg’ilon aglomeratsiyalari shular jumlasidandir.
Shaharlar aholi soniga qarab katta shaharlar (aholisi 100 mingdan ortiq), yirik shaharlar (aholisi 250 mingdan ortiq), juda yirik shaharlar (aholisi 500 mingdan ortiq) va “millioner shaharlar” ga ajratiladi. Aholi soni 100 ming kishidan ko’p bo’lgan shaharlar (ming kishi hisobida): Toshkent-2309, Samarqand-501, Namangan-461, Andijon-394, Nukus-286, Buxoro-271, Farg’ona-254, Qarshi-247, Qo’qon-228, Marg’ilon-209, Angren-171, Jizzax-160, Chirchiq-145, Urganch-137, Termiz-136, Navoi-134, Olmaliq-117.
Yuqorilarda mos ravishda qishloq joylarda mehnat resurslari ham ko’p va hatto ular keragidan ham ortiqcha. Ish o’rinlarining etishmasligi, ishsizlik, mehnat bozorining faol emasligi aholisi zich joylashgan voha va vodiylarda ijtimoiy muammolarning kelib chikishiga sabab bo’ladi. Aynan shuning uchun ham Respublikada qishloq xo’jaligidagi islohotlarni chuqurlashtirishga, qishloq sanoati va infrastrukturasini rivojlantirishga katta e’tibor berilmoqda. Ushbu dolzarb masala davlatning mintaqaviy siyosatida o’z yechimini topmog’i lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |