7-mavzu: Metallurgiya va mashinasozlik majmui
Ko’rib chiqiladigan asosiy savollar:
1. Qora metallurgiya va rangdor metallurgiya.
2. Mashinasozlik majmui, tarmoqlar tarkibi, geografiyasi.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Po’lat, prokat, Marten pechi, nodir va qimmatbaho metallar, sanoat rayoni, polimetall rudalar, ruda boyitish fabrikasi, "ilg’or uchlik" tarmoqlari, to’la tsiklli metallurgiya kombinati, ixtisoslashuv.
1-asosiy savol bayoni: Mamlakat metallurgiya majmui og’ir sanoatining muhim tarkibiy qismi bo’lib, u butun sanoat ishlab chiqarishining taxminan 12,6-13,4 % mahsulotini beradi (shundan qora metallurgiya taxminan-2,5-2,6 foiz, rangli metallurgiya-10,0-10,9 foiz). Ushbu sanoat majmui respublikada tarkib topgan rangli metallurgiya va qora metallurgiya sanoat tarmoqlarini o’z ichiga oladi. Qora metallurgiya-temir rudasi qazib chiqarish, cho’yan, po’lat eritish prokat va ferroqotishmalar ishlab chiqarishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |