Avtomobilsozlik-O’zbekiston mashinasozligining yangi tarmog’i bo’lib, u mustaqillikdan keyin shakllana boshladi. 1994 yilning martida "O’zavtomash" uyushmasi tashkil etildi. Uning tarkibida 20 ga yaqin sanoat korxonalari va tashkilotlar bor. Avtomobilsozlik sohasida ishlab turgan va yangi qurilayotgan zavodlar negizida avtomobil indo’striyasini barpo etish, engil va yuk avtomobillari, avtobuslar, trolleybuslar ishlab chiqarish hamda ularga ehtiyot qismlar tayyorlash vazifalari hal etilmoqda. Shuningdek, mamlakatda avtomobil sanoatiga servis xizmatini tashkil qilish, respublika xalq xo’jaligining avtotransport texnikasiga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish, avtomobil sanoatining raqobatbardosh mahsulotlari bilan jahon bozoriga chiqish vazifalari ham hal etilmoqda. O’zbekiston avtomobilsozlikni rivojlantirishda chet el ilg’or tajribasiga va texnologiyasiga tayanmoqda va qator konsern va korporatsiyalar bilan hamkorlik qilmoqda. Jumladan, 1992 yilda O’zbekiston Respulikasi Janubiy Koreyaning DEU korporatsiyasi bilan Asaka paxta tashiydigan tirkamalar zavodi negizida engil avtomobillar ishlab chiqaradigan "O’zDEUavto" qo’shma korxonasiga asos solindi. Bugungi kunda “UZ-Daewoo Avto”, «GM UZbekistan» deb yuritilmoqda.
Asaka avtomobil zavodi mamlakatimiz avtomobil sanoatining faxri. U Markaziy Osiyoda yagona. Janubiy Koreyaning DEU korporatsiyasi bilan hamkorlikda qurilgan ushbu zavodning birinchi navbati 1996 yil martida ishga tushirildi. Mikroavtobuslarni seriyali ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. 1996 yilning 19 iyulida esa zavodning rasmiy ochilishi va xalqaro taqdimoti o’tqazildi. Shunday qilib, O’zbekiston dunyo miqyosida avtomobillar chiqarayotgan davlatlarning 28-si bo’ldi. Asaka avtozavodida "Damas", "Tiko", "Neksiya" ruso’mli tejamli avtomobillari respublikamiz aholisining ehtiyojini qondirish uchun xizmat qilmoqda va o’nlab xorijiy mamlakatlarga eksport qilinmoqda. 2001 yildan boshlab Asaka zavodida "Matiz" ruso’mli ixcham qulay mashinalarni keyinroq esa "Neksiya-2" ruso’mli mashinalarni ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. 2004 yildan boshlab "Lasetti" ruso’mli avtomobillar ishlab chiqarish boshlandi. Ushbu zavodni qayta rekonstruktsiya qilish ishlari boshlanib, yaqin muddatda yangi model va markadagi avtomashinalar ishlab chiqarish rejasi amalga oshirilmoqda. Dastlabki yili avtomobil qismlarining 20 foizi O’zbekistonda tayyorlangan bo’lsa, 5 yil o’tgach bu ko’rsatkich 60 foizga yaqinlashdi. Endilikda bu ko’rsatkich 85 foizni tashkil etib, avtomobilsozlik korxonalarining mamlakat doirasidagi kooperatsiyasi yuksak darajaga ko’tarildi. 100 dan ortiq korxonalar o’z mahsulotlarini Asaka shahridagi avtozavod konveyeriga etkazib bermoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |