Asosiy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu. Kirish. Fizika fani va uning tadqiqot uslublari. Mexanika qonunlari. Mexanik ish va quvvat. Mexanik energiya. Aylanma va tebranma harakat dinamikasi. Ularning qishloq ho`jaligidagi ahamiyati.
2-mavzu. Akustika. Akustika qonunlari. Tovush va uning harakteristikalari. Ultra tovushlarning o`simliklar va hayvonlarga ta’siri. Gidrodinamika. Gidrodinamika qonunlari. Uzluksizlik tenglamasi. Kapilyarlik hodisalari.
3-mavzu. Molekulyar kinetik nazariya asoslari. Diffuziya. Issiqlik o`tkazuvchanlik.
4-mavzu. Termodinamika qonunlari va ularning biologik obьyektlar uchun ahamiyati.
5-mavzu. Elektrostatika.
6-mavzu. O`zgarmas va o`zgaruvchan tok qonunlari va ularning qishloq ho`jaligi ishlab chiqarishida qo`llanilishi.
7-mavzu. Turli muhitlarda elektr toki.
8-mavzu. Optika. Yorug`likning tabiati. Infraqizil va ultrabinafsha nurlarning qishloq ho`jaligidagi ahamiyati.
9-mavzu. Yorug`likning to`lqin hossalari. Qutblanish hodisalari. Yorug`likning kvant hossalari. Absolyut qora jism. Kirxgof tenglamasi. Kvant generatorlari. Lazerlarning qishloq ho`jaligida qo`llanilishi.
10-mavzu. Atom fizikasi. Atom modellari. Bor postulatlari. Yadro fizikasi. Yadro modellari. Bog`lanish energiyasi. Radiaktivlik. Nishonli atomlar usulidan qishloq ho`jaligida qo`llanilishi.
III. Laboratoriya mashg`ulotlarini tashkil etish bo`yicha ko`rsatmalar
Laboratoriya ishlari talabalarni turli xil fizikaviy qonuniyatlarni turli xil asboblar yordamida o`rganishda amaliy ko`nikma va malaka hosil qiladi.
Laboratoriya ishlarini bajarishda tavsiya etiladigan talablar:
Laboratoriya ishlariga nazariy tayyorgarlik ko`rish, ishlarni bajarish tartibi bilan tanishish, laboratoriya ishlarini mustaqil bajarish, olingan natijalarni hisoblash va xulosalar chiqarish.
Laboratoriya mashg`ulotlarini o`tkazishda quyidagi didaktik tamoyillarga amal qilinadi:
-laboratoriya mashg`ulotlarini maqsadini aniq bilib olish;
-o`qituvchining innovatsion pedagogik faoliyati bo`yicha bilimlarni chuqurlashtirish imkoniyatlariga talabalarda qiziqish uyg`otish;
-talabalarda natijani mustaqil ravishda qo`lga kiritishini ta’minlash, har bir talaba o`lchashlarni mustaqil ravishda o`tkazishi kerak;
-talabalarni nazariy-metodik jihatdan o`lchash ishlarini bajarishga va hisob-kitob ishlari hamda hatoliklar ustida ishlashga tayyorlash;
-laboratoriya mashg`ulotlari nafaqat talabalarni aniq biror mavzu bo`yicha bilimlarini mustahkamlash, balki talabalarda mantiqiy fikrlashni hosil qilish, olingan natijalarga ilmiy yondashishni yuzaga chiqarish manbai hamdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |