Ligi fаrg’оnа dаvlат univеrsiтетi o’zbekiston tarixi kafedrasi


II BOB. BUYUK IPAK YO’LINING SAVDO-SOTIQ VA MADANIYAT TARAQQIYOTIGA TA’SIRI



Download 107,85 Kb.
bet5/7
Sana11.06.2022
Hajmi107,85 Kb.
#655920
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Buyuk ipak yo\'li Bobojonov Oybek

II BOB. BUYUK IPAK YO’LINING SAVDO-SOTIQ VA MADANIYAT TARAQQIYOTIGA TA’SIRI
2.1. Savdo-karvon yo’llarining insoniyat taraqqiyotidagi o’rni
“Ipak yo’li” atama sifatida ishlatila boshlaganiga ko’p vaqt bo’lgani yo’q. U ilk bor 1877-yilda nemis geograf olimi Ferdinand Paul Vilgelm (Vilgelm Rixtgofen) (1833-1905) tomonidan nashr etilgan “Xitoy” nomli kitobda uchraydi. Nemis tilida ushbu atama “Seyden strassen” (Seiden strassen) deb atalgan. Ingliz tilida chiqqan kitoblarda mazkur atama “Ze Silk Roud” (The Silk Road), keyinchalik rus tilida chiqqan kitoblarda esa “Великийшёлкивыйпуть” deb nomlandi. Xitoy adabiyotida u “Sichou chjilu” deb yuritilgan. “Ipak yo’li” atamasi adabiyotga kirib kelishidan oldin har xil nomlarga ega bo’lgan. Qadimgi Xitoy manbalarida “dao” (yo’l), “Shiyuy dao” (“G’arbiy mamlakatlar yo’li”) deyilgan.
Vilgelm Rixtgofen “Ipak yo’li” atamasini ishlatar ekan, dastlab u Xitoy-Turkiston-Hindiston yo’nalishdagi yo’lni ko’zda tutgan. Keyinchalik uning ishlarini davom ettirgan olimlar qadimgi savdo yo’llarini atroflicha tadqiq qilib, atamaning mazmuniga o’zgartirish kiritganlar. Xususan, Xitoyning qadimgi poytaxti Changan shahridan boshlab Xesi yo’lagi (Xeshi koridori), Taklamakon cho’li atrofi va Turkiston shaharlari orqali Yaqin Sharq, Afrika va Yevropa mamlakatlarini bog’lab turuvchi karvon yo’lini nazarda tutganlar20.
So’nggi davrdagi asarlarda Sharq bilan G’arbni, ya’ni Osiyo, Yevropa va Afrika qit’alarini bog’lovchi yer yuzi va dengiz yo’llarini “Ipak yo’li” deb atash ham adabiyotga kirib keldi. Bunday misollarni rus va xitoy adabiyotida uchratish mumkin. Ammo Xitoy ilmiy adabiyotida mualliflar bir ovozdan qadimgi Changandan Taklamakon cho’li atrofi, Pomir dovonlari, O’zbekiston, Turkmaniston, Eron va Turkiya shaharlari orqali Rimga borgan karvon yo’lini eng qadimiy “Buyuk Ipak Yo’li” (“Da sidao”) deb e’tirof etmoqdalar. Masalan, “So’zlar dengizi” (“Tsixay”) ensiklopedik lug’atida ushbu yo’l quyidagicha ta’riflanadi: “Ipak yo’li” (“Sichou chjilu”) Osiyo qit’asining u chekkasidan bu chekkasigacha kesib o’tadigan qadimiy aloqalar yo’lidir. Uning asosiy qismi sharqda Veyxe daryosi bo’ylaridan boshlanib g’arbga qarab cho’zilgan. Xeshi yo’lagidan o’tgandan so’ng, ushbu yo’lning bir yo’nalishi Sharqiy Turkistondagi Torimdaryosining shimoliy qirg’oqlari, Suli (Qashqar shahri), Pomir, Farg’ona vodiysi (Dayyuan, Davan), Kangkiya davlatining janubiy qismi (Samarqand atrofi) orqali, ikkinchi yo’nalishi Torim daryosining janubidagi Yorkent (hozirgi Shache nohiyasi) va pomirdan o’tib hozirgi Amudaryoning yuqori va o’rta oqimi bo’ylaridagi shaharlar orqali g’arbga qarab ketgan. Shundan keyin bu yo’l Marv (Muley), Damxon (Damg’on), Aman (hozirgi Kamadon), Bag’dodoning sharqi-janubidagi viloyatlar va O’rta dengizning sharqiy sohillari orqali Rimga yetib borgan. Mill.avv. II asrdan keyibgi ming yil davomida Xitoydan ko’p miqdordagi ipak matolar mana shu yo’l orqali G’arbga olib ketilgan. Shu bois bu yo’l “ipak yo’li” deb nomlangan. Aynan shu yo’l qadimgi katta karvon yo’li bo’lganligini xitoy manbalari ham tasdiqlaydi.
Buyuk ipak yo’li haqida ma’lumotlar beradigan eng qadimgi yozma manbalar ichida xitoy manbalari muhim ahamiyat kasb etadi. Xitoy manbalarida ilk bor savdo yo’lini ta’riflaydigan ma’lumot ilk Xan sulolasi (G’arbiy Xan) tarixida (Chyan Xan shi) uchraydi. Odatda ushbu sulola tarixi Ban Gu (mill. 32-92 yillar) tomonidan yozilgan deb hisoblanadi, lekin ungacha asar ustida bir qator saroy tarixchilari ish olib borganlar. Ban Gu so’nggi muallif bo’lganligi uchun uning nomini asar muallifi qilib ko’rsatish odat tusiga kirib qolgan.
Garchi asar mill. avv. 104-91 yillari yozib bitirilgan bo’lsa, ham, unda keltirilgan ma’lumotlarning ko’pchilig undan avvalgi bir necha asr davomida yozilgan tarixiy xotiralardan olingan. Jumladan, Buyuk ipak yo’liga oid dastlabki ma’lumotlar mill.avv. II-I asrlar davomida to’plangan21.
Odatda, savdo yo’li xo’jalik rivojlangan joylardan va bozorlardan o’tgan. Bunday joylar esa shaharlarga aylangan madaniy markazlardan tashkil topganligi hammaga ma’lum. Shunga ko’ra, aniq aytish mumkinki, qadimiy savdo yo’llari shaharlardan o’tgan. So’nggi ikki asr davomida jahon olimlari ko’pgina yo’qolib ketgan shaharlarni ochishga muyassar bo’lishdi. Shu jarayonda ular tomonidan topilgan ashyoviy dalillar atroflicha o’rganib chiqilgan va tahlil etilgan.
Bunday shaharlar ko’proq Markaziy Osiyoda, ayniqsa O’zbekiston hududida, Taklamakon cho’li atrofida topilgan. O’zbekiston hududidan toplilib hozir Temuriylar tarixi davlat muzeyida saqlanayotgan bir necha ming yillik tarixga ega bo’lgan odam suyagi, Taklamakon cho’li atrofidan topilgan va ayni paytda Urumchi muzeyida saqlanayotgan 4-5 ming yillik odam jasadlari va buyumlar mazkur mintaqalar madaniyatining tarixi nihoyatda qadimiy ekanligini ko’rsatadi. Shundan ma’lumki, bundan kamida 2 ming yil muqaddam Buyuk ipak yo’lining Markaziy Osiyo qismi, ya’ni Hindiston va Eron bilan ko’hna Xitoy o’rtasidagi eng qadimiy katta savdo yo’li O’zbekiston, Pomir va Taklamakon cho’li atrofidagi ko’hna shaharlardan o’tgan. Ushbu haqiqatni Xitoy manbalaridagi aniq ma’lumotlar to’la tasdiqlaydi. Miloddning boshidan boshlab Tangritog’ (Tyanshan) etaklari, Ili vodiysi, Issiqko’l atrofidagi shaharlar orqali o’tgan yo’llardan foydalanish jonlangan. Qadimgi Xitoy yozma manbalarida “Shimoliy yo’l” (“Beydao”) va “Janubiy yo’l” (“Nandao”) deb atalgan yo’llar Taklamakon cho’lining shimoliy va janubiy tomonlaridan o’tgan yo’llardir. Ular Pomirdan va O’zbekiston hududidan o’tgach, Hindistonga Eron orqali Yaqin Sharq va Yevropa shaharlariga ketgan.
Qadimgi Xitoy manbalaridagi “Janubiy yo’l”ga oid ma’lumotlarga ko’ra, u sharq tomonda hozirgi Dunxuan shahrining g’arbi-janubiy tomonida joylashgan “Yanguan” nomli chegara qopqasidan o’tib, cho’lning janubidagi Yorkent (Shache)orqali o’tadigan yo’l hisoblanadi. Yorkentgacha ushbu yo’lning uzunligi 1575 km. bo’lib, u Dunxuandan o’tgandan keyin Krurona (Loulan), Pshamshan yoki Charqliq (qadimda Shanshan, hozir Rouchyan), Cherchen (Chemo), Xo’tan (Yuytyan) orqali Yorkentga borgan. Ushbu yo’l Yorkentdan g’arb tomonga qarab ketar ekan, bir yo’nalishi Pomir tog’larining janubiy tomonidagi dovonlardan o’tib, Kashmir, Hindiston, Amudaryoning pastki sohillari va Eron bilan ulanib ketgan. Ikkinchi yo’nalishi Yorkentdan Qashqarga borib “Shimoliy yo’l” bilan qo’shilgan.
Mill. avv. II asrgacha bo’lgan bir necha yuz yil davomida Xeshi yo’lagi va uning g’arbiy tomonidagi joylar hunlar qo’lida bo’lganligi sababli, Xitoy bilan Markaziy Osiyo mamlakatlari va atrofdagi boshqa davlatlar o’rtasida bo’lgan savdo aloqalari, asosan, “Janubiy yo’l” orqali amalga oshirilgan. Manbada ko’rsatilishicha, savdogarlar aynan shu yo’ldan yurishni ma’qul topishgan22.
“Shimoliy yo’l” hozirgi Dunxuam shahrining g’arbiy totmonidagi “Yuymen” chegara darvozasidan o’tib, Taklamakon cho’lining shimoliy chekkasi bo’ylab Qashqarga borgan. Ushbu yo’l Yuymendan Qashqargacha 1875 km. bo’lib, u Turfon, Kumush, Qorashar, Kuchar (Kusan, Kucha), Oqsuv kabi shaharlardan o’tgan. Qashqardan tahminan 250-260 km. yurgach yo’l Pomir tog’laridagi dovonlarga yetib borgan. So’ngra u dovon orqali O’sh, Andijon, Farg’ona, Samarqand va Buxoro shaharlari bilan bog’lanib ketgan. Ushbu shahrlar orqali asosiy yo’l Eron va g’arb mamlakatlariga hamda Hindistonga keygan. U eng qulay va to’g’ri yo’l hisoblangan. Pomir dovonlari ichida Erkeshtom dovoni nisbatan qulayroq bo’lgan. Bundan boshqa Pomir tog’laridan o’tadigan Mingto’qay, To’rg’ot, Vaxon bo’g’izi kabi bir necha dovon bo’lgan. To’rg’ot dovoni orqali o’tgan yo’l Issiqko’l bo’yiga borish uchun qulayroq hisoblangan. Toshqo’rg’on orqali o’tadigan yo’l Mingto’qay dovonidan o’tib, Hindistonga borish uchun yaqinroq bo’lgan. Ammo ushbu dovondan o’tgandan keyin Amudaryo bo’ylariga ham chiqilgan. Mazkur dovonlardan o’tish Erkeshtomga nisbatan qiyinroq kechgan.
Erkeshtom dovoni orqali o’tadigan yo’l qachon ochilganligi haqida xitoy manbalarida aniq ma’lumot yo’q, lekin g’arbiy Xam davlati davrida, ya’ni mill.avv. II-I asrlarda ushbu yo’l Qadimgi Xitoy bilan G’arb mamlakatlari o’rtasidagi asosiy yo’l hisoblangan. Ushbu yo’lning Dunxuandan Turfongacha va Turfonning g’arbiy tomonidagi ozgina cho’l masofani hisobga olmaganda, yo’lfa karvonlar uchun suv va o’t-cho’p yetarli edi. Bu katta karvonning yurishi uchun muhim ahamiyat kasb etgan. So’zimizning isboti sifatida xitoy xoqoni U-dining Turkistonga ikki marta kelib ketgan elchisi Chjan Tsyanning ma’lumoti asosida bitilgan “Ilk Xan tarixi” da keltirilgan quyidagi ma’lumotga murojaat qilishimiz mumkin: “Janubiy yo’l Krurona (Loulan, Shanshan) orqali Qoraqurum (Kunlun) tog’larining shimoliy etagi bo’ylab g’arbga qarab ketadi, so’ng u Yorkentdan o’tib yan g’arbga qarab davom etadi, Pomir tog’larini (Tsunlin) kesib o’tib, Ulug’ Ruzei (Dayuje) davlatiga boradi. Mazkur davlatdan o’tgandan so’ng yo’l Parfiya (Ansi) davlatiga boradi. Shimoliy yo’l Shimoliy tog’ning shimolida joylashgan Turfon (Chyan-Cheshi) davlati markazidan o’tib, Torim daryosi bo’ylab davom qilib, Qashqarga boradi. Shimoliy yo’l Pomir tog’laridan o’tib yana g’arbga qarab davom etib, Farg’ona, Kangkiya davlatlariga, so’ngra Alan davlatiga boradi.” Shunga o’xshagan ma’lumot Sima Byao (tug’ilgan vaqti noma’lum - 306) tomonidan yozilgan “Songgi Xan sulolasi tarixi” (“Xou Xan shu”) da ham bayon etiladi23.
“Pshamshandan Pomir tog’lari orqali g’arbdagi mamlakatlarga boradigan ikki yo’l bor, - deb yoziladi ushbu asarda – Kunlun tog’larining shimoliy etaklari va bu yerdagi daryo bo’ylab g’arbga qarab yurilsa, Yorkentga borish mumkin. Bu “Janubiy yo’l” deb ataladi. Ushbu yo’l bilan yana g’arbga qarab yurib Pomir tog’laridan oshib o’tilsa, Dayuejilar va Arsah mamlakatlariga yetib borish mumkin. Turfondan Shimoliy tog’ (Tangri tog’) ning janubiy etagi bo’ylab g’arbga yurilsa yo’l Suli (Qashqar)ga olib boradi. Bu “Shimoliy yo’l” deb ataladi. Ushbu yo’l orqali Pomir tog’larini oshib o’tilsa, Farg’ona, Kangkiya va Oursu (Ovrus, Yantsay) davlatlariga boriladi. “Vey sulolasi tarixida ham aynan shunday fikr aytilganligini uchratish mumkin. Chunonchi, ushbu manbaning “G’arbiy mamlakatlar” bobida quyidagilar yozilgan: “Ilgari g’arbiy mamlakatlarga boriladigan ikki yo’l bor edi. Keyin yo’llar to’rtta bo’ldi. Ilgarigi yo’llarning biri Yuymendan o’tgandan keyin ko’chma qum orqali g’arb tomonga 2000 li (1000 km. ga yaqin) yurib Pshamshanga yetib boradigan yo’l edi. Ikkinchisi Yuymendan o’tib ko’chma qum orqali g’arbga qarab 2200 li yurib Cheshiga (Turfon) boradigan yo’l edi. Birinchi yo’l bilan Shachedan (Yorkent) g’arbga qarab 100 li yurilsa-Pomirga, u yerdan yan 1300 li yurilsa-Kabeyga (G’arbiy Pomirdagi biron bir joy bo’lsa kerak) yetib boridh mumkin edi. Ikkinchi yo’l bilan Shachedan g’arbiy-janubiy yo’nalishda 500 li yurilsa-Pomirga undan keyin yana 1300 li yurilsa-Poluga (Janubiy Pomirdagi joy nomi) yetib borish mumkin edi”.
Ushbu ma’lumotlar qadimgi buyuk ipak yo’li Taklamakon cho’li atrofidagi shaharlar, Pomir tog’lari va O’zbekiston shaharlari orqali o’tganligini aniq ko’rsatadigan eng qadimiy yozma ma’lumotdir. Ularga qarshi chiqishi mumkin bo’lgan bironta yozma ma’lumot topilgani ham yo’q. shuning uchun ushbu ma’lumotlar hech qanday shubha uyg’otmaydi24.
Taklamakon cho’lining janubiy va shimoliy tomonidagi shaharlardan o’tib, Pomir tog’lari orqali O’zbekistonga keladigan, so’ng g’arb tomonidagi mamlakatlarga ketadigan yo’l eng qadimiy ekanligi bir qator xitoy olimlarining asarlarida ham ko’rsatiladi. Masalan, Xitoy tarixchisi Li Mingvey bizning imkoniyatlarimiz doirasida bo’lmagam boshqa manbalarga ham ishora qilgan holda “Buyuk ipak yo’lining Markaziy Osiyo qismi Xan davrida (xitoylar uchun) ochilgan, shunda ikki yo’l bo’lgan, Tangritog’ (Tyanshan)ning shimoliy etaklari orqali o’tgan yo’l ushbu ikki yo’ldan keyin ochilgan bo’lib, u yangi yo’l hisoblanadi”, deb ta’kidlaydi. Li Mingveyning asarida bayon etilishicha, Suy sulolasi davrida (589-619) yozilgan “G’arbiy mamlakatlar geografiyasining bayoni” (“Shiyuy tuji”) nomli noyob manbada ham qadimgi Buyuk ipak yo’li haqida batafsil to’xtalgan. Ushbu manbada yozilishicha, Pomir orqali O’zbekiston va atrofdagi qo’shni davlatlarga boradigan savdo yo’li “Dunxuandan boshlanib G’arbiy dengizga (Qora dengiz ko’zda tutilgan) borguncha uch yo’lga bo’lingan”, deb ko’rsatilgan. Xuddi shunga o’xshagan ma’lumotlar boshqa xitoy manbalarida ham uchraydi25.
Qadim zamonlarda Dunxuan-Qashqar-Farg’ona yo’lida savdo ishlari bilan shug’ullangan turkistonliklarning Taklamakon cho’lining sharqiy tomonidagi Krurona, Charqliq, Dunxuan kabi shaharlarda faol harakatda bo’lganligi ham mazkur yo’lning eng qadimiy ekanligini ko’rsatadi. Keltirilgan ma’lumotlar eng qadimgi Buyuk ipak yo’li O’zbekiston hududidan o’tganligini ko’rsatish bilan birga, ushbu yo’l barcha mintaqalar doirasida shakllangan savdo yo’llari tizimini bir-biriga bog’lab turgan magistral yo’l bo’lganligidan hamdarak beradi.
Aynan shu yo’l G’arb bilan Sharq o’rtasidagi asosiy savdo yo’li bo’lganligining sababi O’rta dengiz atrofi, Mesopotamiya, Eron yassi tog’ligi, Afg’oniston, Shimoliy Hindiston, hozirgi Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoy Xalq Respeblikasi hududlarida tashkil topgan eng qadimiy madaniy markazlar va davlatlar ushbu yo’l orqali o’zaro bog’langan. Bular orasidagi xalqaro savdo, diplomatik va madaniy aloqalarni rivojlantirish uchun yetarli talab va taklif mavjud bo’lgan. Aks holda mazkur yo’l magistral savdo yo’liga aylanishi qiyin edi.
Kushon davlati davrida, ya’ni milodning dastlabki 3 asri davomida Qashqar orqali Pokistonga o’tiladigan yo’l ham serqatnov bo’lganligi kuzatilgan. Buning sababi, birinchidan, shu zamonda Budda dinining Xitoyd keng tarqalishiga kushonliklar katta hissa qo’shgan, ikkinchidan, shu davrda mazkur dinning markazi bo’lgan Gandxara (Gandhar, sanskritda Gandhavat, xitoy manbalarida Gantolo, Jyantolo-Pokistondagi Peshovar viloyatiga to’g’ri keladi) shahrini xitoy rohiblari tomonidan ziyorat qilish ishlari faollashgan. Hozir bu yo’l Qoraqurum yo’li, deb nomlanadi. XX asrning 60-yillari uzoq uzilishdan so’ng ushbu yo’lning qaytadan ochilishi munosabati bilan unda ta’mirlash ishlari olib borildi. Shu jarayonda Kushon podsholigi davrida yo’l serqatnov bo’lganligini ko’rsatuvchi ko’p tarixiy yodgorliklar va ashyoviy dalillar topilgan.
Yaylovlararo o’tgan shimoliy savdo yo’llari. So’nggi yillarda rus tilida chop etilgan Buyuk ipak yo’li haqidagi bir qator asarlarda ushbu yo’lning tarixiga oid qiziqarli arxeologik va boshqa turdagi ma’lumotlar keltiriladi. Shu bilan birga G’arb bilan Sharqni bog’lab turgan eng qadimgi ipak yo’li ko’chmanchi xalqlar yashagan yaylov va dalalardan o’tgan, degan fikr ham olg’a suriladi va uni asoslovchi ma’lumotlar ham keltiriladi. Ammo keng doiradagi ma’lumotlarni chuqurroq talqin qilib ko’rilsa, bunga qo’shilish qiyinligi ma’lum bo’ladi.
Geografik jihatdan Xitoy, O’zbekiston, Eron, Turkiya, Italiya kabi mamlakatlarning shimolida bepoyon dalalar va yaylovlar ko’p. iqlim jihatdan ular qishda sovuq bo’lsa ham, yozda salqin, seryomg’ir, sersuv, chorvachilikka nihoyatda qulay. Bu yerda yashagan qadimgi xalqlar ko’proq chorva bilan shug’ullanganligi bejiz emas. Arxeologik ma’lumotlar, qoya toshlarga solingan suratlar va yozma manbalar ham ushbu dalalarda bundan bir necha ming yillar muqaddam chorvachilik bilan shug’ullangan xalqlar yashaganligini to’la tasdiqlaydi.
Tabiiy vaziyat va hayot taqozosi bilan shimoliy dalalarda yashagan qadimgi xalqlar asosan ot va aravalarda harakat qilishgan. Ushbu harakat vositalari uzoq masofaga yuk tashish uchun ham qulay bo’lgan. Mongoliy, Oltoy, Shimoliy Qozog’iston kabi joylarda ochilgan qabrlar ichidan topilgan ipak mato bo’laklari, mis va jezdan yasalgan oyna, temir asboblar ushbu mintaqalarning Xitoy va G’arb mamlakatlari bilan aloqada bo’lganligidan dalolat beradi.
Shuning uhun yuqorida ko’rsatilgan mamlakatlar shimolidagi yaylovlar va dalalr orqali Xitoy bilan Yevropani o’rab turgan qadimgi savdo yo’li bo’lgan deyish asoslidir. Xitoy adabiyotida ushbu qit’alararo yo’l “yaylovlar yo’li” (“Tsavyun sichou chjilu”) deb ham ataydilar. Ushbu yo’l ham bir necha ming yillik tarixga ega. Olimlarning tahminiga ko’ra, miloddan oldingi bir necha asr davomida Yevropa mamlakatlarida paydo bo’lib qolgan Xitoyning ipak matolari ma’lum miqdorda “yaylovlararo ipak yo’li” orqali borib qolgan. Ushbu fikrga to’la qo’shilish mumkin. Zero. Bundan 3-4 ming yil muqaddam Mongoliya hududi, Xeshi koridori, Oltoy va Tangritog’ etroflaridan boshlab, Qora dengiz bo’ylariga qadar bo’lgan joylarda bir qator ko’chmanchi xalqlar yashaganligi ma’lum. Ular savdo bilan shug’ullanmagan deb bo’lmaydi. Qolaversa, eng qadimiy xitoy manbalarida ham chorvador xalqlar o’zlarining mahsulotini ipak matolariga ayirboshlaganlari haqida ko’p ma’lumotlar uchraydi. Chorvador xalqlar Xitoyga qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar ham olib borib, ular evaziga ipak matolari sotib olganligiga oid ma’lumotlar ham yo’q emas. Bunday ma’lumotlar ham yaylovlararo o’tgan savdo yo’llari orqali iqtisodiy va madaniy aloqalar bo’lganligini ko’rsatadi. Shu bois ushbu yo’lni ham ipar yo’li deb atasa ham xato bo’lmaydi. Ammo yaylovlararo o’tgan yo’lni Buyuk ipak yo’lining asosiy magistral yo’nalishi deb aytish mumkin emas. Binobarin, ushbu fikrni ko’pgina xitoy tarixchilari, jumladan “yaylovlararo savdo yo’li” bo’yicha maxsus tadqiqot olib borgan Lyu Yingsheng va boshqalar qo’llab-quvvatlaydi.
Masalan, Lyu Yingsheng o’zining ipak yo’liga bag’ishlangan kitobida “Ipak yo’li deganda sharqda bizning davlatimizdan boshlab, g’arbda Shimoliy Afrika va Yevropagacha boradigan qadimgi savdo yo’li ko’zda tutiladi”, deb yozadi. Boshqa bir muallifalr-Yang Jyanshin va Lu Vey: “Ipak yo’lining boshlanish nuqtasi Xitoydagi Changan shahri bo’lib, u Lungsi balandligi, Xeshi koridori, Shiyuy (hozirgi Shinjon-Uyg’ur muxtor o’lkasi) orqali o’tib, O’rta Osiyo, G’arbiy Osiyo va Yevropani bir-biriga ulab turadigan yer yuzidagi magistral yo’l hisoblanadi”, deb ta’kidlaydilar. Ushbu fikrning to’gri ekanligini mazkur hududlarda topilgan ashyoviy dalillar va eng qadimiy yozma manbalar to’la tasdiqlaydi26.

Download 107,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish