Ligi fаrg’оnа dаvlат univеrsiтетi o’zbekiston tarixi kafedrasi


XVI asrdan boshlab Buyuk ipak yo'li ahamiyatining pasayishi va uning



Download 107,85 Kb.
bet4/7
Sana11.06.2022
Hajmi107,85 Kb.
#655920
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Buyuk ipak yo\'li Bobojonov Oybek

1.2. XVI asrdan boshlab Buyuk ipak yo'li ahamiyatining pasayishi va uning sabablari
Amir Temur vafotidan so’ng saltanatda boshlangan siyosiy boshbodoqlik va uni bir qancha mustaqil davlatlarga bo’linib ketishi, «Buyuk ipak yo’li»ga e’tiborning pasayishi oqibatida G’arbiy Yevropa davlatlari bilan Temurning o’rnatgan bevosita savdo va elchilik aloqalari asta-sekin susayib, keyinchalik esa barham topdi. Bu shubhasiz, Markaziy Osiyoning G’arbiy Yevropa va undan shakillaniyotgan jahon bozoridan ajralib Markaziy Osiyoliklarning dunyo xalqlarining iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotidan chetda qolishining boshlanishi edi.
Amir Temur vafoti bilan vorislar o’rtasida toju-taxt talashuv boshlandi. Oqibatda Xurosonda Shohrux Mirzo; Balx, G’azni. Qandahorda Pirmuhammad; G’arbiy Eron va Ozarbayjonda Mironshohning o’g’illari Umar Mirzo bilan Abubakr Mirzolar hokimi bulib mutlaq bo’lib oladilar. «Buyuk ipak yo’li»ning shimoliy yo’nalishida joylashgan viloyatlar Turkiston, Sabron, O’tror, Sayram Amir Berdibekning tasarrufida qoladi. O’ra-Tepa bilan Farg’onani Amir Xudoydod egallab oladi, Xorazmni esa Oltin O’rdaning nufuzi amirlaridan Idiku O’zbek bosib oladi. Shunday qilib, muhim savdo yo’lida joylashgan deyarli barcha hududlarda hukmdorlar o’z tartiblarini o’rnatishga kirishdilar13.
Amir Temur avlodari o’rtasidagi hokimiyat uchun qattiq kurash naqd besh yilga cho’ziladi va, shubhasiz, mamlakat aholisining iqtisodiy ahvoliga keskin ta’sir etib, xalqning jiddiy noroziligiga sabab bo’lgan edi. Temuriyzodalar oliy hokimiyat uchun, noiblar o’z viloyatlarida mustaqil bo’lib olish uchun kurashdilar. Shoxruh boshlagan harakat mamlakat fuqarosining ko’pgina tabaqalari tomonidan quvvatlanadi. Shu boisdan, Shoxruh Temur hukmronligi o’rnatilgan viloyatlarni o’z qo’l ostiga olishga hamda mamlakatda tinchlik va osoyishtalik o’rnatishga muttasil harakat qiladi.
Shoxruhning o’limi temuriylar o’rtasida o’zaro urushlarni yana avj oldirib yuboradi. Uning o’g’li Ulug’bek hukmronlik qilgan davrni ham siesiy beqarorlik, taxt uchun kurashlar bilan ta’riflash mumkin. Temuriyzodalar o’zaro kurash bilan band bo’lib, «Ipak yo’li»ga e’tibor bermay qo’ydilar. Masalan, Abdulatif ham «Buyuk ipak yo’li»dan boj olishni to’xtatdi, garchi Ulug’bek bunga katta e’tibor bergan edi. Natijada «Buyuk ipak yo’li»da karvonlar yurishi kamaydi, chunki ularning havfsizligini ta’minlaydigan kuchlar barham topdi.
XV asrning oxiri – XVI asrning boshlarida Movarounnahr hududi bir
necha mustaqil mulklarga bo’linib ketdi. Ular iqtisodiy jihatdan bir-birlari bilan mustahkam bog’liq edilar, lekin ayrim viloyatlarning hokimlari o’rtasidagi uzluksiz to’qnashuvlar aholining o’zaro xo’jalik aloqalariga halaqit berar edi.
Ayrim hukmdorlar o’z qo’shnilarining erlarini bosib olish hisobiga o’z erlarini kengaytirish payida bo’lib, yurishlar muvaffaqiyatsiz chiqqanda, talab olingan mol-mulklar bilan cheklanishar edi. XV asrning oxirlarida feodallarning bir- birlariga qarshi chiqishlari ancha keskinlashdi. Samarqand va Buxoro jo’shqin ichki savdo va boshqa davlatlar bilan savdo markazlar hamda savdo karvonlarining yo’llari tutashgan shaharlardan edilar. Cho’l aholisi va yirik shaharlardan yiroqdagi tumanlar bilan ayirboshlash savdosi mavjud edi. Qozoq sultonlariga asirga tushgan mashhur odamlar evaziga tovon to’lash uchun o’zbek xoni Shayboniy farmoyishiga binoan bir necha tuyaga yuk bo’ladigan narbas gazlamasi tayerlab qo’yilgan edi14.
Karvon yo’llari Markaziy Osiyo shaharlarini hozirgi Afg’oniston, Hindiston, Eron markazlari bilan Sirdare eqasidagi shaharlar Qozog’iston cho’lidan ko’chmanchilar va Sibir bilan bog’lar edi.
Shu yillarda Xitoy bilan savdo aloqalari ancha susaydi. Xitoy bilan Markaziy Osiyo o’rtasidagi karvon yo’llarida joylashgan viloyatlarda siyosiy beqarorlik buning asosiy sababi bo’ldi.
Mamlakatdagi va qo’shni viloyatlardagi feodal mojarolarning kuchayishi chet elliklarning bosqinlar karvon yo’llari havfsizligini ta’minlash imkoniyatidan mahrum qildi. Natijada qo’shni davlatlar bilan savdodiplomatik munosabatlar ham buzildi. Savdo yo’llarining janubga ko’chishi va dengiz savdosining kuchayishi Markaziy Osiyo shaharlarining tashqi savdo aloqalariga jiddiy zarba bo’ldi. Buyuk geografik kashfiyotlar tufayli Hindistondan va hatto ancha shimoldagi viloyatlardan mollarning ko’pgina turlari dengiz yo’lidan yuborila boshladi.
Xalqlarning madaniyatlari va urf-odatlari bir-biriga yaqinlashib, o’zaro munosabatlarning har taraflama yaxshilanishida «Buyuk ipak yo’li»ning ahamiyati benihoyat katta bo’ldi.
1. «Ipak yo’li» Markaziy Osiyo xalqlari iqtisodi, madaniy va siesiy hayotida juda katta rol o’ynadi. U tufayli Markaziy Osiyo xalqlari G’arb va Sharq dunyosi va ularning xo’jalik ixtirolaridan bahramand bo’ldi.
2. «Ipak yo’li»da Markaziy Osiyo Sharq va G’arb o’rtasida vositachilik rolini o’ynadi. Natijada, Markaziy Osiyoda migrasiya jarayoni kuchayib, turkiy etnik unsurlarning katta-katta guruhlari paydo bo’ldi.
3. Milodiy era boshlariga kelib, ipakchilik Shu viloyatiga ham yoyildi. III asrdan boshlab, ipakchilik markazi shimoliy g’arbga Sharqiy Turkistonga ko’chdi. Undan Farg’ona vodiysi, Sug’d, Eron va Vizantiyaga yoyildi.
4. IX-X asrlarda Somoniylar, XI-XII asrlarda Qoraxoniylar va Saljuqiylar, XIII asrdan mug’ul imperiyasi va, nihoyat, XIV asrning 70-chi yillarida Temur davlati nazoratida bo’ldi.
5. Ko’p tarmoqli «Ipak yo’li» savdosida Sug’d savdogarlarining o’rni katta bo’ldi. Miloddiy eradan boshlab, IX asrgacha esa sug’d tili ipak yo’llari doirasida jahon savdo tili darajasigacha ko’tarildi.
6. «Ipak yo’li» savdosida sug’dlardan tashqari parfiyaliklar, Eron sosoniylari, turklar, kushonlar, xotanlar, uyg’urlar, tibetliklar, baqtriyaliklar ham katta rol o’ynaganlar. Ularning barchasi bu tarixiy jarayonning ijodkorlari sifatida iz qoldirganlar.
Chjan Syan (Chjan Syan, tug’ilgan yili noma’lum-mill. avv. tahminan 103 y.) xitoylik mashhur diplomat va sayyoh. Xitoy uchun uzoq davrlar davomida yopiq bo’lgan O’rta Osiyoga birinchi marta borib, ushbu mintaqadagi yo’llar, mamlakatlar va xalqlar haqida ma’lumot to’plab kelgan birinchi rasmiy davlat elchisidir. Elchilik vazifasini amalga oshirish natijasida Chjan Syan mashhur bo’lib tarixga kirib qolgan. Undan oldin u jamiyatda uncha katta mavqega ega bo’lmagan kichik bir amaldor edi, xolos. Safar jarayonida Chjan Syan xotira yozgan yoki yozmaganligi haqida aniq ma’lumot yo’q. Ammo u qaytib kelganidan so’ng o’z hukmdoriga yozma hisobot berib ko’rgan bilganlarini batafsil bayon etgan. Shu asosda uning safari, borgan joylari va ko’rganlari haqidagi ma’lumotlar saroy tarixchilari tomonidan rasmiy tarixga kiritilgan. Katta ilmiy ahamiyatga bo’lgan ushbu ma’lumotlar “Tarixiy xotiralar” (“Shi ji”) nomli yirik asarning “Chjan Syanning tarjimai holi” va “Farg’ona tazkirasi” nomli boblarida ilk bor uchraydi15.
“Tarixiy xotiralar” da bayon etilishicha, mill. avv. III asrda Qadimgi Xitoyni birinchi marta birlikka keltirgan Tsin (Chin) imperiyasi (mil.av. 221-207) Qadimgi Xitoy hududini ancha kengaytirishga erishgan bo’lsa ham Buyuk ipak yo’lining sharqiy bo’lagini nazorat qilish huquqini hunlar qo’lidan tortib ololmagan. U faqat o’ziga tobe hududni hunlarning otliq qo’shinlari hujumidan himoya qilish maqsadida shimoliy chegara bo’ylab Buyuk xitoy devorini barpo etishga ulgurdi, xolos. Bu ishni uzoq urush va jangu-jadallar oqibatida Tsin imperiyasi o’rniga hokimiyat tepasiga kelgan G’arbiy Xan sulolasi tezda kuchayib, ushbu huquqni hunlar qo’lidan tortib olishga harakat qildi. Ammo mazkur sulola tashkil etilgandan so’ng, uning birinchi hukmdori Gaotszu (mil.av. 206-195) mil.av. 200 yilda hunlar bilan urushda mag’lub bo’lib, ma’lum darajada ularga tobe bo’lib qolgan edi. Avvaliga Xitoy hoqoni hunlar bilan tuzilgan bitimga rioya qilib va ular bilan quyuq munosabatda bo’lib “o’z bozorlarini ularga ochib berib, saxiylik bilan muomala qiladi”. Xitoyning xalqaro savdodan kelgan daromadining katta bir qismi hunlar qo’liga o’tib turishi ularning Xitoy bilan savdo munosabatlarini rivojlantirishga jiddiy kirishishiga yana ham katta turtki bo’lgan.
Mill. avv. 140-yilda Xan sulolasi taxtiga Lyu Che (mil.av. 156-87) o’tiradi. Shu munosabat bilan xitoylar an’anasiga ko’ra unga U-di (Jangovar xoqon) deb nom beradi. Taxtga kelishi bilan u metall eritish, pul chiqarish, savdo va yuk tashish kabi sohalarni davlat tasrrufiga olgan, o’lkalar va viloyatlar hokimlarining huquqlarini cheklab, ular ustidan qattiq nazorat o’rnatgan. Shu bois xalqaro savdo ishlari ham G’arbiy Xan sulolasi qo’liga o’tgan, amaldorlar ham tijorat bilan shug’ullana boshlagan. U-di qobiliyatli jangchi va siyosatchi bo’lishi bilan birga manmanlikda, takabburlikda va qattiqqo’llikda urug’-aymoqlari ichida tengi yo’q shaxs hisoblangan. Xunlarga nisbatan amalga oshirilgan siyosatda ham u avvalgi xoqonlarga ko’ra boshqacha ish tutdi. Natijada U-di davrida G’arbiy Xan sulolasining xun davlatiga nisbatan siyosati o’zgardi16.
U-di hunlarning ta’siridan qutulish maqsadida 3 marta (mill. avv. 127, 121, 119-yillari) ularga qarshi harbiy yurish qilib, katta zafarlarga erishdi. Ammo hunlarning qudratini batamom sindira olmadi. Ular Xioty uchun kuchli raqib sifatida saqlanib qoldi. Xan imperiyasi urush uchun katta harajat qilishga majbur bo’lganligi sababli iqtisodiy qiyinchilikka duch keldi. Shundan so’ng U-di qaytadan hunlar tazyiqiga tushib qolmaslik uchun “yovni yov qo’li bilan yo’q qilish” (xitoycha “youyi jiyi”) siyosatini amalga oshirishga kirishdi. Bu borada u o’tmishda hunlar bilan bo’lgan jangda mag’lubiyatga uchrab o’z joylarini tashlab Amudryo bo’yiga ko’chib ketishga majbur bo’lgan ulug’ g’uzlar (dayruzielar, dayueji) bilan aloqa bog’lamoqchi va ular qo’li bilan hunlrga zarba bermoqchi bo’ldi. Mill. avv. 138- yilda mazkur maqsadni amalga oshirish uchun U-di Chjang Chyanni kelib chiqishi hunlardan bo’lgan serg’ayrat tarjimon Tangyi Ganfu hamrohligida ulug’ g’uzlar yurtiga elchi qilib jo’natdi. Xitoy elchisi Gansu (Kengsuv) o’lkasining Lungshi degan joyidan yo’lga chiqqanligiga qaraganda, Buyuk ipak yo’lining janubiy yo’nalishi orqali manzilga yetib bormoqchi bo’lgan. Ammo ular ko’p yurmasdan Krurona mamlakatida hunlar qo’liga tushib qolgan.
Manbalarning ko’rsatishiga qaraganda, hunlar bola-chaqalik bo’lsa o’z maqsadidan qaytib qoladi, degan fikr bilan Chjang Chyanni mahalliy ayollardan biriga uylantirib qo’yishadi. Lekin elchi uylanib ham o’z vazifasini yodidan chiqarmaydi. O’n yildan ko’p vaqt o’tgandan so’ng hunlar nazoratining susayganligidan foydalanib, xitoy elchisi tutqinlikdan qochib, ulug’ g’uzlar yurtiga yo’l oladi va o’n kun yo’l yurganidan keyin Farg’onaga yetib boradi. Shunga qaraganda, tutqinlikning so’nggi davrlarida u Issiqko’lga yaqin joyda bo’lgan. Farg’ona xoni Chjan Syanga xizmat ko’rsatib, yaxshi kutib olish bilan birga, uni Kangkiya (Qang’, Qongqa, Qang’ar) davlatiga, Kangkiya davlati esa elchini ulug’ g’uzlar davlatiga borib olishiga ko’maklashadi. Aks holda u o’z manziliga yetolmas edi, zero Farg’onaning g’arbiy va janubiy tomonidagi Amudaryogacha bo’lgan yerlar Kangkiya davlati nazorati ostida bo’lgan17.
“Xan sulolasi tarixi” (“Xan shu”) ning “Chjang Chyan tazkirasi” da aytilshicha, mazkur elchi shaxsan o’zi Farg’ona, Dayueji, Baqtriya, Kangkiya kabi davlatlarga borgan. Ularning atrofidagi 5-6 davlat haqida boshqalar orqali surishtitirb bilbi, ularning hududi, boyligi va iqtisodiy ahvoli to’g’risida o’z hukmdori U-diga axborot bergan. Chjan Syanning ma’lumotiga asosan bitilgan manbalarda quyidagilar qayd etiladi.
“U-di Farg’ona, Kan, Arshak (Anshi, Parfiya) larning katta mamlakat ekanligi, ularda g’aroyib narsalarning ko’pligi, xalqi o’troqlashgan bo’lib, urf-odatlari xitoyliklar bilan o’xshashligi, lekin harbiy jihatdan ojizligi, Xan sulolasining mollarini qadrlashi, ularning shimolida Dayuejilar bilan Kankiya davlatlari borligi va ularning harbiy qudrati nisbatan kuchliroq ekanligi, mol-dunyo va boylik berilsa ular foydani ko’zlab, ziyoratga kelishlari mumkinligini eshitadi. Shundan so’ng U-di ularni qonun qoidamizga bo’ysundirish imkoniyatiga ega bo’lsak, zaminimizni [Xitoy hududini] cheksiz kengaytirishga muyasar bo’lamiz. Shu bilan birga qonun-qoidalarimizni o’z tilimizdan ular tiliga tarjima qilish yo’li bilan ularni uzoq yurtlarga tarqatib, ushbu yurtlarni qo’lga kiritishimiz, Xan sulolasining vajohati va mehr-shafqatini butun olamga tarqatishimiz mumkin, deb o’yladi. U bu haqda o’ylagan sari quvonib, uzoq yurtlarga elchilar jo’natish uchun farmon berdi”.
Janubiy Sun (1127-1129) xonligi tarixchisi Yuan Shu (1131-1205) ning yozishicha, Xan xoqoni U-di Chjang Chyan ziyoratqilgan davlatlarning harbiy jihatdan kuchli emasligiga alohida e’tibor berib, ularni egallab olish qiyin bo’lmaydi, agar “elchi tilga olgan bepoyon zaminni qo’lga kiritsak, bizning shon-shuhratimiz va quvvatimiz oshadi, to’rt dengiz oralig’ida (dunyoda) buyuk bo’lib ketamiz, deb o’ylab qoldi”. Xoqonning ushbu fikri uning Farg’onaga qo’shin yuborib urush ichishiga va ayni zamonda Xitoy uchun zarur va noyob bo’lgan otlar yetishtiradigan joylarni egallab olishga qaratilgan harakatlariga asos bo’lgan.
Xitoy xoni “Ipak yo’li” da hunlarga o’xshash ko’chmanchilik bilan hayot kechiradigan usunlar ham, ulug’ ruziylar (dayruzeylar) kabi Sharqiy Turkistonning sharqiy viloyatlaridan g’arbga ko’chib borib joylashganligi va xunlarning nazoratidan chiqib mustaqil siyosat olib borish niyati bor xonlik ekanligi haiqda Chjan Syandan ma’lumot oladi.
Chjan Syan ilk bor Buyuk ipak yo’li orqali g’arbga safar qilganidan so’ng Xitoy xoni tomonidan taqdirlanib, lashkarboshi lavozomiga ko’tarildi. Ammo mill. avv. 121-yilda hunlarga qarshi urushda belgilangan joyga vaqtida yetib kelolmaganligi sababli o’lim jazosiga mahkum etilgan. U pul evaziga o’limdan qutulib qolib, o’z mavqeini tiklash niyatida yurganida U-di xoqonning g’arb mamlakatlariga qiziqishi ortib borayotganligidan xabar topadi. Fursatdan foydalanib u xoqonga Usun davlati haiqda o’z mulohazalarini va ushbu davlat bilan aloqa bog’lab undan hunlarga qarshi kurashda foydalanish mumkinligini bildiradi. Bu paytda Xitoy xoqoni Ulug’ g’uz (Dayruzie) va uning atrofida joylashgan davlatlar bilan aloqa bog’lab, ulardan o’z maqsadida foydalanish niyatidan voz kechmagan edi. Chjan Syan U-diga “Usunlar Xitoy bilan birlashgandan so’ng, ularning g’arbidagi Baqtriya kabi xonliklarni qo’lga kiritish va ularni Xan sulolasining chet ellardagi mustamlakasiga aylantirish imkoni bo’ladi” degan fikrni bildirgan. Mazkur fikr Xitoy xoqoni tomonidan ma’qul topilgandan so’ng Chjan Syan yana uning e’tiboriga sazovor bo’lgan.
Chjan Syan Baqtruyaga boradigan uch yo’l borligini ko’rsatgan. Birinchi yo’l kyanglar (chyang) yurtidan o’tadigan xatarlik yo’l ekanligini, kyanglar xitoy elchilarini o’z elchilarini o’z elidan o’tkazmasligini aytgan.
Bu ogohda Chjan Syan Tibet orqali Hindistonga va undan Baqtriyaga boradigan yo’lni nazarda tutgan. Ikkinchi yo’l hunlar nazorati ostidagi Buyuk ipak yo’lining janubiy tarmog’i bo’lganligini va bu yo’ldan hunlar o’tkazmasligini ta’kidlaydi. Uchinchi yo’l Xitoyning janubi-g’arbidagi Shu (Sichuan) viloyatidan Hindistonga boradigan yo’l bo’lganligini va u xatarsiz ekanligini, Baqtriyaga shu yo’ldan Chyungshan tog’ining bambuk asosi va Shu elining matolari borib qolganligini aytgan.
Chjan Syanning ma’lumotini eshitgach, Xitoy xoqoni Baqtriyaga yaqin yo’l izlab, katta mablag’ va yorliq bilan yangi tashkil topgan Shu va Chyanvey viloyatlari orqali uzoq safarga otlanish haqida farmon beradi. Mazkur farmonga ko’ra, mill. avv. 122-yilda g’arb mamlakatlarini o’rganib kelish uchun Hindistonga ikkinchi marta xitoy elchilari jo’natilgan18.
Ushbu mamlakatga elchilar bir vaqtning o’zida to’rt joydan yo’lga chiqadi. Bularning hammasi Hindiston orqali Baqtriyaga borishi lozim edi. Rejaga binoan “birinchi yo’nalishdagi elchilar Mong degan joydan, ikkinchi yo’nalishdagi Ran, uchinchi yo’nalsihdagi Shi degan joydan, to’rtinchi yo’nalishdagilar Chyung va Bu deb nomlangan viloyatlardan yo’lga chiqqan. Ushbu elchilar guruhining har biri 1 000 – 2 000 li (1 li 576 m. ga teng) yo’l yuradi. Shimoliy yo’l bilan yurgan elchilar tiuk (hozirgi talaffuzda di, ya’ni turklar) yurtida va Zu zaminida, janubiy yo’l bilan yurganlar Shi va Kunming degan joyda ushlanib qoladilar. Manbaga ko’ra, “Kunming atrofidagi yerlarning bosh hokimi yo’qligidan mahalliy xalq o’g’irlik va talonchilik bilan shug’ullanar edi. Xitoy elchilarini ko’rsa, sog’ qo’yishmas edi, hech bo’lmaganda yo’lini to’sar edi. Shu bois mazkur yo’llardan o’tish mumkin bo’lmagan. “Demak, Xan sulolasi tomonidan Hindistonga va undan Baqtriyaga yuborilgan elchilar shimolda turkiy xalqlar (tiuklar)ning, janubda kunminliklarning to’sqinliklari tufayli manzilga yetib bora olmagan. Shu bilan U-dining rajasi barbod bo’ladi. Ammo Xitoy xoqoni Baqtriyaga joylashib olgan dayruzielar bilanaloqa bog’lash va ularni hunlarga qarshi kurashga jalb etish niyatidan qaytmagach, yana bir marta Chjan Syanni g’arbga yuboradi. Bu gal Usun eli orqali borish mo’ljallanadi.
Mill. avv. 119-yilda Chjan Syan elchilik dastagini tutib, lashkar mansabi bilan 300 kishidan tarkib topgan katta karvon bilan yo’lga chiqadi. Karvonga sovg’a-salom uchun katta miqdorda oltin, kumush, qimmatbaho ipak matolar yuklaydi. Safar qatnashchilarining oziq-ovqatlari uchun o’n mingdan ko’p sigir, qo’y va boshqa narsalar, minish uchun har bir kishiga ikkitan ot berilgan19.
Manbalarda ko’rsatilishicha, Chjan Syan “Buyuk ipak yo’li” orqali yurgan ikkinchi safari davomida na hunlar, na boshqa xonliklar tomonidan jiddiy qarshilikka uchramaydi. Zero, ipak yo’lidagi barcha davlatlar xalqaro savdo munosabatlaridan manfaatdor edi.

Download 107,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish