O’ZBЕКISТОN RЕSPUBLIКАSI ОLIY VА O’RТА МАХSUS ТА’LIМ VАZIRLIGI FАRG’ОNА DАVLАТ UNIVЕRSIТЕТI
O’ZBEKISTON TARIXI KAFEDRASI 5120300 – Tarix
(Jahon mamlakatlari bo‘yicha) yo‘nalishi
18.70-guruh talabasi Bobojonov Oybekning
O’ZBEKISTON DAVLATCHILIGI TARIXI FANIDAN «BUYUK IPAK YO’LI MAMLAKATLARARO SIYOSIY, DIPLOMATIK, MADANIY, DINIY ALOQALARNI TA’MINLOVCHI OMIL SIFATIDA» mavzusidagi
KURS ISHI Ilmiy rahbar: S. Yo’ldoshev
Fаrg‘оnа shahri – 2020– 2021 o`quv yili
MUNDARIJA: KIRISH………………………………………………………………………...1-5 I BOB. BUYUK IPAK YO’LI SHARQ VA G’ARBNI BOG’LOVCHI O’ZIGA XOS KO’PRIK ……………………………………………………..6-24 1.1. Eng qadimgi yo’llar. Buyuk ipak yo’lining paydo bo’lishi va rivojlanishi ……………………………………………………………………………….6-15
1.2. XVI asrdan boshlab Buyuk ipak yo'li ahamiyatining pasayish sabablari .......................................................................................................................16-24 II BOB. BUYUK IPAK YO’LINING SAVDO-SOTIQ VA MADANIYAT TARAQQIYOTIGA TA’SIRI……………………………………………….24-40 2.1. Savdo-karvon yo’llarining insoniyat taraqqiyotidagi o’rni....................24-32
2.2. Hozirgi davrda Buyuk ipak yo'li an'analarini tiklash va rivojlanlinsh borasidagi xalqaro hamkorlik harakatida O'zbekisionning ishtiroki ................………………………………………………………………………33-37
XULOSA ………………………………………………………………….….38-39
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI …………………………40 KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kunda jahon miqyosida Buyuk ipak yo’li mavzusiga qiziqish o’sib bormoqda. Bu, albatta, bevosita zamon talablari bilan bog’liq. Zero, dunyoda iqtisodning globallashuvi jarayoni avj olib ketayotgan ayni paytda barcha katta – kichik mamlakatlar jahon bozorlariga shu darajada bog’lanib qolganki, bularsiz iqtisodiy rivojlanishni tasavvur etish qiyin. Bu bog’lanishni mamlakatlararo o’tgan yo’lsiz amalgam oshirib bo’lmaydi. Bu jihatdan ko’pgina mamlakatlar Buyuk ipak yo’liga ozmi- ko’pmi aloqador. Ayniqsa, dengiz bilan bevosita bironta yo’l bilan bog’lanmagan O’zbekiston uchun Buyuk ipak yo’li nihoyatda ahamiyatli bo’lgan va bundan keyin ham shunday bo’lib qoladi.
Shu ma’noda Birinchi Prezidentimiz I A Karimov ta’biri bilan aytganda: “Mustaqillik yillarida bosib o’tgan yo’limiz va to’plagan tajribamizni holisona baholash, qo’lga kiritgan yuksak marralarimizni tahlil etish mamlakatimizni tadrijiy va bosqichma-bosqich rivojlantirish bo’yicha biz tanlagan yo’l naqadar to’gri ekanini va shu yo’ldan bundan buyon ham og’ishmay qat’iyat bilan borishimiz zarurligini yaqqol ko’rsatmoqda1.
Shuning uchun buyuk ipak yo’li tarixini yangi adabiyotlar asosida yoritish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.
Mazkur tadqiqot quyidagi omillarga ko’ra dolzarbdir:
Birinchidan, Buyuk ipak yo’li vatani mavzusi yangi adabiyotlar asosida maxsus kurs ish tarzida hozirga qadar tadqiq qilinmagan;
Ikkinchidan, dunyo mamlakatlari o’rtasida integrallashuv jarayoni ro’y berayotgan bir sharoitda Buyuk Ipak Yo’li tarixini yoritib berish nafaqat ilmiy bilim amaliy ahamiyat ham kasb etadi; Uchinchidan, jahon sivilizatsiyasida alohida mavqega ega bo’lgan Ipak yo’li madaniyati va ma’naviyati mavzusi dolzarbligi bilan yaqqol ajralib turadi.