Kurs ishining ilmiy yangiligi va ahamiyati.
Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov ta’kidlaganidek: “Qadim zamonlarda Sharq bilan G’arbni bog’lab turgan ipak yo’li O’zbekiston hududi orqali o’tgan bu yerda savdo yo’llari tutashgan, tashqi aloqalar hamda turli madaniyatlarning bir-birini boyitishi jarayoni jadal kechgan bugungi kunda ham Yevropa va Yaqin Sharqdan Osiyo tinch okeani mintaqasiga olib boradigan yo’llar shu yerda kesishadi.
Biz ilmiy iste’molga ilk bor olib kirilayotgan faktik materiallar turli tarixiy adabiyotlarga tayangan holda Buyuk ipak yo’liga yangicha qarashlar va yondashuvlar asosida ko’rsatib berildi.
mavzuga oid dastlabki tarixiy manbalar va adabiyotlar ilmiy tahlil qilindi.
Buyuk ipak yo’li atamasining kelib chiqishiga doir yangi qarashlar yoritib berildi
Savdo orqali o’tgan katta karvon yo’llari tarixi manbalar asosida yoritildi.
Dengiz yo’llarini rivojlanishi va uni Buyuk ipak yo’liga ta’siri ko’rsatib berildi.
Kurs ishining tuzulishi. Kurs ishi kirish, ikkita bob, to’rtta paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
I BOB. BUYUK IPAK YO’LI SHARQ VA G’ARBNI BOG’LOVCHI O’ZIGA XOS MADANIYAT KO’PRIGI
1.1. Eng qadimgi yo’llar. Buyuk ipak yo’lining paydo bo’lishi va rivojlanishi
Kishilik jamiyati paydo bo’libdiki, uning taraqqiyot jarayoni hech
qachon aloqalarsiz bo’lmagan. Odamlar, urug’ jamoalari, qabilalar, elatlar,
xalqlar va nihoyat ularni hududiy-iqtisodiy va siyosiy birlishtirgan
mamlakatlar o’rtasida doimo aloqalar bo’lgan va bu aloqalar tufayli yo’llar
paydo bo’lgan. Biz qadimgi davr tariximizga nazar tashlar ekanmiz, kishilik
jamiyatining bronza davridan e’tiboran, ba’zi joylarda undan ham ancha
avval, ma’lum ixtisoslashgan yo’llar paydo bo’lganligini bilamiz. Ularning
paydo bo’lishida qabilalar, xalqlar va davlatlararo aloqalardan kelib chiqqan
iqtisodiy, etnik, siyosiy va madaniy ehtiyojlar sabab bo’ldi. Tarixda miloddan
avvalgi VI-IV asrlarda Eron ahmoniylari saltanati davrida uning hududi
bo’ylab «shoh yo’li» tarkib topganligini bilamiz. Lekin unga qadar O’rta va
Yaqin Sharqda Badaxshon lazuritiga bo’lgan ehtiyoj «Lazurit yo’li»ning
vujudga kelishiga olib kelgan. Ana shunday qadimgi yo’llardan biri, G’arb
bilan Sharqni bir necha ming yillar davomida bir-biriga bog’lab kelgan.
«Buyuk ipak yo’li» edi. Bu yo’l orqali Sharqdan (Xitoydan) G’arbga (Vizantiyaga) oqib borgan savdo mollari, asosan, Xitoy ipagi bo’lsa-da, bu yo’l fanga atigi XIX asrning 70 yillarida nemis olimi K. Rixtgofen tomonidan «Ipak yo’li» nomi bilan kiritildi. Unga qadar «Ipak yo’li» «G’arbiy meridional yo’l» deb kelinardi4.
«Buyuk Ipak yo’li» haqidagi ilk yozma ma’lumotlar miloddan avvalgi 138-yilga to’g’ri keladi: Xitoy imperatori U Di topshirig’i bilan Markaziy Osiyoga yuborilgan elchi va sayyoh Chjan Syan «Buyuk ipak yo’li»ni o’rganadi va bu to’g’rida o’z tasnifini beradi.
Shu davrda xunnlar Xitoyning shimoliy tumanlarini talon-taroj qilar edilar va imperator Chjan Syanni ko’chmanchi xunn qabilalariga qarshi kurashda ittifoqchi va hamkorlar topish uchun jo’natadi. Elchi xunnlar qo’liga asir tushadi va o’n yilcha hibsda yotadi. U asirlikdan qochib, Markaziy Tyan’shan dovonlari orqali Issiqko’lga chiqadi. Norin daryosi bo’ylab Farg’ona vodiysiga keladi. Bu erda o’zi uchun vodiydagi shaharlarni kashf qiladi. Bu shaharlar Farg’ona podshohligiga qarashli ekanligini bilib oladi. Tabiiyki, elchi xitoyning xunnlarga qarshi kurashda Farg’ona hukmdorining yordamini olmoqchi bo’ladi. Lekin Farg’ona hukmdori faqat savdo aloqalarini o’rnatish istagini bildiradi. Chjan Syan janub sari sayyohatini davom ettiradi. Oloy vodiysidan o’tib, yana xunnlar qo’liga tushadi. Bir yildan keyin vataniga qaytadi. Elchi Xitoy imperatoriga «sayyohati» haqida gapirib beradi. U Xitoyga Farg’ona otlaridan birini va beda urug’idan olib borgan edi. Bu otni xitoyliklar samoviy deb ataganlar. Imperator U Di o’z saroyi yaqinida beda ektiradi. Keyinchalik u Xitoyning butun shimoli bo’ylab ekiladigan bo’ladi. Xitoyliklar anor, uzum, bodring va yong’oq ekishni ham yo’lga qo’yadilar.
Shunday qilib, Chjan Syan yurgan yo’l bo’ylab miloddan avvalgi II-I
asrlarda Xitoyni Markaziy va G’arbiy Osiyo bilan bog’lovchi jahon
ahamiyatiga ega Buyuk ipak yo’li deb ataluvchi narvon yo’li o’tadigan bo’ldi5.
«Ipak yo’li» Xitoyning qadimgi markazi Siandan boshlanib, Lanchjou orqali Dunxuanga keladi. Dunxuanda u ikkiga ajraladi. «Ipak yo’li»ning janubi-g’arbiy tarmog’i Takla-Makon sahrosi orqali Xotanga, undan Yorkentga kelib, Pomir tog’ining daralari orqali Vaxonga, undan Baqtriyaning bosh shahri Zariaspga (Balx) kelgan, Balxda yo’l uch tarmoqqa ajralib, uning g’arbiy tarmog’i Marvga, janubiy tarmog’i Hindistonga, shimoliy tarmog’i Termiz orqali Darband, Nautak, Samarqandga qarab ketgan.
«Ipak yo’li»ning shimoli-g’arbiy tarmog’i esa Dulxuandan Bami Kuchi, Turfan orqali Tarim vohasiga – Qashg’arga borgan. Undan Toshqurg’on orqali O’zgan, O’sh, Quva, Axsikent, Ponga, undan Asht dashti orqali Xo’jand, Zomin, Jizzaxga, so’ngra Samarqandga Nautaka yo’li bilan birlashgan. Yo’l Samarqanddan g’arbga – Dobusiyaga, Malik cho’li orqali Buxoro va Romitanga, undan Varaxsha orqali Paykent va Forobga borib Amul’ shahriga o’tgan. Amulda Marvdan Urganch tomon Amu bo’ylab ketayotgan yo’lga qo’shilgan. Qadimda Marv shahri o’zining qadimiy an’analari va har tomonga ketuvchi savdo karvon yo’llari tutashadigan geografik qulayliklariga ko’ra ipak yo’lidan eng yirik shahar edi. Shuning uchun ham Marvda mahalliy din – zardushtiylik ibodatxonalaridan tashqari Hindistonning budda, Vizantiya xristian olamining tayanchlari bor edi. Qadimgi ipak yo’li ungacha shu mintaqadan o’tgach «lazuriyot yo’li», «shoh yo’li» asosida Marvdan G’arbga tomon katta karvon, savdo yo’li bo’lib Xitoy, Hindiston va O’rta Sharqni Yaqin Sharq va O’rta yer dengizi mamlakatlari bilan bog’lab turardi. Tarixiy yozma manbalar va arxeologik materiallarning guvohlik berishicha, Marvdan g’arbga tomon ketgan ipak yo’li Eronning Gekotolepil, Apaliya va Ekbatana (Xamadon) shaharlariga va ulardan o’tib Mesopotamiyaning Ktesafon va Bag’dod shaharlariga borgan.
Undan Dajla (Tigr) daryosining o’ng sohili bo’ylab shimolga ketib, Anjioxiya (Antokiya) orqali Damashqqa, undan Tir va Quddus shaharlari orqali Misrga o’tib ketgan. Marvdan chiqqan shimoliy yo’l esa Amul’ orqali Urganchga, undan Shimoliy Kaspiy bo’ylab Shimoliy Kavkazga, so’ngra Qora dengizning shimolidan Konstantinopolga borib, Bosfor va Dardanel orqali O’rta Yer dengiziga o’tib, Vizantiya shaharlarini aralagan6.
Xitoy imperatorlari Ipak yo’li g’arbda joylashgan mamlakatlar bilan savdo va diplomatik aloqalar qilganlar. Ular o’z elchilarini katta sovg’asalomlar bilan O’rta Osiyo, Eron, Misopotamiya va Kichik Osiyo davlatlariga yuborgan. Masalan, Xitoy sayyoxi Gap In milodiy 97 yilda fors qo’ltig’igacha etib borgan. Makedoniyalik May Tisian esa 100 yilda Lanchjougacha etib borgan. Ammo Markaziy Osiyoliklar hamda eronliklar hech qachon Xitoy bilan Vizantiya yoki Xitoy bilan Yaqin Sharq davlatlari o’rtasida bevosita savdo aloqalarining shakllanishidan manfaatdor emas edilar. Chunki bu harakatning «ostida» juda katta iqtisodiy siyosat etar edi. Ayniqsa, Ipak yo’li uchun kurash III asrdan boshlab Eron bilan O’rta Osiyo o’rtasida hayot-mamot kurashi tusini olgan. Bu borada Eron bilan Parfiya o’rtasida qattiq kurashlar ketgan. Markaziy Osiyo orqali Xitoydan g’arbga o’tadigan savdo karvon yo’llari doimo sug’dlar nazoratida bo’lgan. Sug’d savdogarlari o’zlarining bu yo’ldagi hukmronligini saqlab qolish uchun Sharqiy Turkistonda, Yettisuvda, Oltoydan to Enasoy sohillariga qadar bo’lgan hududlarda, Shimoliy Xitoyning Shansi viloyatida, Dunxuan kabi qator shaharlarda o’z karvonsaroylarini va qishloqlarini barpo etganlar. III-VII asrlarda Markaziy Osiyo va O’rta Sharq orqali o’tgan «Ipak yo’li»ning nazorati sug’dlarning qo’lida bo’lgan bo’lsa, VIII asr o’rtalariga kelib xalqlararo munosabatlar tizimida tub o’zgarishlar yuz berdi.
«Ipak yo’li»ning g’arbiy qismi arablar nazoratiga o’tdi. XIII asrga kelib Chingizxon ipak yo’lining barcha tarmoqlari bo’ylab nazoratni o’z qo’liga kiritdi. Bu holat to XIV asr o’rtalarigacha davom etdi. Mug’ullar hukmronligi davrida Xorazmning Mahmud yalovoch doirasidagi savdogarlari asosiy rolni
o’ynadilar.
Agar «Ipak yo’li» orqali Xitoydan G’arb mamlakatlariga, asosan, ipak, ilk o’rta asrlardan boshlab, qog’oz eksport qilingan bo’lsa, bu mamlakatlardan Xitoyga shisha, jundan ishlangan har xil gazlamalar, gilam, palos, oyna, metall, zeb-ziynat bezapklari, qimmatbaho toshlar, har xil dorivorlar, arg’umoq otlar keltirilgan. Ana shu savdo yo’llari orqali Xitoyning bronza oynalari va kvadratikli tangalari Farg’ona vodiysi va Sirdaryoning o’rta havzasi rayonlariga keng tarqalgan7.
Buyuk Ipak yo’li birgina iqtisodiy ahamiyat kasb etmay, balki u diniy, madaniy meros yutuqlarini tarqatuvchi, mamlakatlararo diplomatik aloqalarni ta’minlovchi yo’l ham edi. Masalan, Hindistonning budda dini shu yo’l bilan Xitoyga Markaziy Osiyo orqali kirib kelgan. IV-VIII asrlarda Xitoyning tashqi olam bilan savdo aloqalari kengaydi. Ilk feodalizm davrida Xitoyda ipakchilik rivojlanib ketdi va ipaklar arzon narhda Markaziy Osiyoga Sug’d savdogarlari orqali kirib borgan. Ular faqat mol olib, mol sotuvchi va undan foyda oluvchi jamiyatning boy qatlami hisoblanmay, balki o’zoq safarlarga katta savdo karvoni bilan ketuvchi savdogar, diplomatlar, ziyo tarqatuvchilar, u yoki bu hududdan yangi joylarga ilg’or xo’jalik ixtirolarini olib boruvchi nufuzli kishilar hisoblanardi. Ular bir vaqtning o’zga mamlakatlar urfodatlari, kuch va qudrati, xududiy joylashishi, tabiati va davlatni boshqarish tizimini chuqur bilishda o’ta xushyor davlat ayg’oqchilari vazifasini ham o’tar edilar. Davlat boshliqlari ularning kuzatish mahorati va bergan ma’lumotlari asosida o’z tashqi siyosatlarini rejalashtirar edilar. Bunday ulkan va zaruriy ishlar ana shu savdo-karvon yo’llari tufayli amalga oshirilar edi. Miloddiy eradan boshlab to IX asrgacha so’g’d tili ipak yo’llari doirasida jahon savdo tili darajasiga ko’tarildi.
«Ipak yo’li» O’rta Osiyo sharq bilan g’arb o’rtasida vositachilik rolini o’ynar ekan, bu yerda migrasiya jarayoni kuchayib, turkiy etnik unsurlarning katta-katta guruhlari paydo bo’ldi va ularning Markaziy Osiyoning ichki rayonlariga kirib borishi tezlashdi. Yerli eron tillar guruhi olamida turkiyzabon xalqlar hissasi ko’chayib, X-XI asrlarga kelib Movarounnahr, Xorazm va Sharqiy Xurosonda (Turkmaniston hududida) turkiy til muhiti hukmron bo’lib qoldi.
Yuqorida aytib o’tilganidek, qadimgi karvon yo’li yaqin davrdan Buyuk ipak yo’li deb atala boshlangan. Shuning uchun ham uzoq o’tmishda bitilgan xitoy manbalarida “Ipak yo’li” (“Sichou chjilu”) atamasi uchramaydi. Binobarin, nega mazkur yo’lni bunday nom bilan atash hammaga ma’qul bo’ldi va bu atama tezda jahon adabiyotiga singib ketdi, degan masala o’quvchilarni befarq qoldirmaydi. Bu haqda fikr yuritar ekanmiz, avvalo ipak mahsulotining ipak yo’lidagi bir necha ming yillik tarixga ega bo’lgan xalqaro savdoda tutgan o’rni qanday bo’lganligini tilga olmay bo’lmaydi.
Qadimgi Xitoy manbalarida ipak qurtini boqib, undan hosil bo’lgan pilladan ip chiqarish va mato to’qish haqida ko’p rivoyatlar keltiriladi. Ushbu rivoyatlar olinlar o’rtasida turli fikr mulohazlar va tahminlar paydo bo’lishiga sabab bo’lgan. Keyingi paytda arxeologlar topgan ashyoviy dalillar bu rivoyatlar ilmiy xulosa chiqarishga to’la asos bo’la olmasa ham ularni inkor qilib bo’lmasligini ko’rsatmoqda. Ammo yozma manbalardan ma’lumki, suyak va toshga o’yib yozilgan ilk yozuvlar (jyaguven) 4 ming yillik tarixga ega. Ana shu yozuvlarda ipak qurti va ipak ipak kabi so’zlarni uchrashi pillachilikning tarixi ancha qadimiy ekanligini ko’rsatadi. Yozma manbalardagi ma’lumotlarga ko’ra, ipak ipidan to’qilgan matolarni bo’yash san’ati ilk bor G’arbiy Chjou (Shi Chjou) davlatida paydo bo’lgan. Shu zamonda yozilgan bitiklarda “syuanyi” (qizg’ish qora rangli kiyim) “chifu”(qizil yaktak) kabi atamalarning uchrashi va ushbu kiyimlar Chjjou hukmdorlari tomonidan mehmonlarga va qo’l ostidagi amaldorlarga sovg’a sifatida berilganligining aks ettirilishi buning misolidir. Chjou mamlakatida qizil va qora ranglar osmon va yer belgisi sifatida ishlatilgan hamda ungabkatta hurmat va e’tiqod bildirgan. Chjou davridagi bo’yoqlar asosan, qizil, qora, och qizil, qizg’ish qora kabi ranglardan iboratbo’lgan. Qadimda “syuan” so’zi to’q qora rang –osmon va shimol tomon ma’nosida ishlatilganligi xitoy tili yozuvining katta lug’atida ham aytib o’tilgan. Yuqorida ta’kidlanganidek, Chjou avlodi, asosan, hozirgi Shensi o’lkasining g’arbiy va Gansu o’lkasining sharqiy qismlarida istiqomat qilgan bo’lib, ular turkiy xalqlaryordamida kuchayib borishgan8.
Ilk bor pillachilik Xitoyning qaysi o’lkjasida paydo bo’lgan degan masalada ayni paytda uch xil fikr mavjud. Bularning biriga ko’ra, ipak qurti boqish birinchi bo’lib Xuanxe daryosisohillarida, ikkinchisiga ko’ra, Janubiy Xitoydagi Yanszi daryosi (chanszyan) bo’yida, uchinchisiga ko’ra, bir vaqtning o’zida bir qancha hududda paydo bo’lga. Bulardan haqiqatga yaqinrog’i uchinchi fikr deb o’ylaymiz. Chunki tit darahti Xitoyning bir viloyatida emas, balki bir qancha viloyatida o’sgan. Shuningdek, ipak qurtining asosiy ozig’I bo’lgan ushbu o’simlik Xeshi yo’lagida, taklamakon vohasida va Pomirning g’arbiy tomonidagi bir qator joylarda o’sgan. Shu yerlarda ham bundan bir necha ming yil oldin ipak qurti mavjud bo’lgan bo’lishi kerak.
Xitoy adabiyotlarida pillachilik dastavval bundan 4-5 ming yil oldin Xitoyda paydo bo’lgan, keyin Turkiston va Yevropa mamlakatlariga tarqalgan, deb yoziladi. Buning isboti uchun bir nechta ma’lumotlar keltiriladi. Masalan, 1958 yilda Chjejyang viloyatining Usin nohiyasi hududa topilgan yer osti qazilma buyumlari orasida ipak ip, belbog’va mato bo’lagi ham bo’lgan. Hozircha ular XXR hududida topilgan eng qadimiy ipak mahsulotlari hisoblanadi. Ushbu mato bo’lagini olimlar tomonidan atroflicha o’rganish natijasida ma’lum bo’ldiki, u mill.avv. XXVII asrda, ya’nibundan 4700 yiloldin to’qilgan ekan. Ilmiy tadqiqotlarning natijalariga ko’ra, ushbu mato bo’lagi uyda sun’iy ravishda boqilgan pillani yuqori haroratli suvda ivitish asosida olingan tolalardan to’qilgan. Shunga o’xshagan ipak mato bo’lagi Xuchjou viloyatida ham topilgan. Mazkur ma’lumotlar asosida olimlar fikri ham o’zgarmoqda. Ilgari Xitoy olimlari orasida pillachilik faqat Xuanxe daryosi bo’ylarida paydo bo’lgan, degan qarash hukmron edi. Keyinroq ushbu daryoning janubidagi viloyatlarga tarqalgan, degan fikr yuzaga kelgan. Yuqorida aytib o’tilgandek, bundan 4-5 ming yil ilgari ushbu daryo bo’ylarida, ayniqsa uning o’rta va yuqori qismi sohillarida turkiy xalqlar yashagan. Xitoylar esa mazkur daryoning quyi oqimi janubida yashagan. Bu holda Xuanxe daryosi bo’yidagi ipakchilik madaniyati xitoy (xan) etnosiga tegishli bo’lmay qoladi. Ehtimol bu holat qadimda pillachilik ilk bor Yanszi (chanszyan)daryosi bo’yida paydo bo’lgan, degan fikrning yuzaga kelishiga sabab bo’lgandir9.
Yozma manbalarda ipak qurtini sun’iy holatda boqish haqidagi ma’lumot ilk bor “syalarga oid qissa” (“Sya syaochjen”) nomli xotirada uchraydi. Ushbu xotira esa mill. avv. Bitilgan (aniq vaqti noma’lum) Mill. avv. XVIII-XVII asrlarda mavjud bo’lgan va yuqorida tilga olingan Shang hokimligi davrida suyakka o’yib yozilgan xotiralarda esa ipak qurti, tut darahti mato to’qish asboblarini ifoda qiluvchi ierogliflar uchraydi. Mill. avv. 1766-1122 yillarda Xitoyda pilla boqish ishlarini boshqaruvchi amaldorlar bo’lganligi ham qadimiy xitoy manbalard tilga olingan Bunday amaldorlar “dyansi “(ipak boshqaruvchisi yoki nazoratchi) deb atalgan Shu zamonda ishlab chiqarilgan ipak matolarning turlari ham ancha ko’payganligi ushbu manbalardako’rsatilgan bo’lib, ular ichida keng tarqalganlari “szeng’, “jin”, “su”, “lyan” “sha”, (“sa”), “Jyun”, “chi”, “lu” deb atalgan. To’qilgan ipak matolar “xom”, “pishirilgan”, “bo’yalmagan”va “bo’yalgan” yoki “gulli” kabi turlarga bo’lingan. Rangli ipak matolar tayyorlashda qo’llangan uslublar ham yuksalgan. Ayniqsa, rangli mato to’qishdan oldin ipak iplarni kerakli ranglarda bo’yash uslubi keng tarqalgan. Bunday uslub bilan to’qilgan ipak matolar nafis, yunshoq yaltiroqligi bilan farq qilgan.
O’zbekistonlik arxeolog- tarixchi olim, akdemik A. Asqarov O’rta Osiyo hududidagi Sopollitepa, Ko’lbuloq, Joytun, Bama, Nayzatepa kabi joylarda ochilgan va mill.avv. XVI-XVII asrga taaluqli bo’lgan qabrlardan pilla, ipak matolar bo’laklari, ipak mato to’qiydigan dastgohlar topilganligi haqida ma’lumotlar keltiriladi. Bunday topilmalar Panjikent va O’ratepa (Tojikiston, To’g’loqtepa (Turkmaniston) kabi joylarda ham topilgan. O’zbekiston hududida topilgan ipak mato bo’laklari Toshkent to’qimachilik institutida yangi zamonaviy texnika va uslublar asosida atroflicha o’rganilishi natijasida bular xitoydan olib kelinmay, balki O’zbekistonda to’qilgan matolar ekanligi aniqlangan. Ayrim joylarda tut yog’ochi bo’laklari va tut bargi ham topilgan. Qolaversa, geografik jihatdan olib qaraganda, O’zbekiston va qo’shni mamlakatlar hududi tut drahtlarining o’sishiga mos keladi. Qo’l hunarmandchiligi madaniyati nuqtai nazardan olib qaraganda ham, O’zbekiston va qo’shni mamlakatlar hududi bundan 4-5 ming yil avval yuksak rivojlanishga bega bo’lgan. Ushbu hudud aholisi o’sha zamonlarda paxtadan va jundan ham sifatli matolar to’qishgan.
O’zbekiston va qo’shni davlatlar hududida topilgan ashyoviy dalillar asosida o’zbek olimlari pillachilik Turkistonda ham mustaqil holda paydo bo’lgan va rivojlangan, degan fikrga kelishgan. O’zbekistonning jug’rofik sharoiti, iqlimi, tut darahtining qadimdan o’sishi, bir necha ming yil davomida mahalliy sharoitning o’zgarmaganligi bu fikrning asosli ekanligini ko’rsatdi. Faqat msala boshqacha qo’yilishi mumkin, pillanisun’iy sharoitda, ya’ni uyda boqish tehnologiyasi ehtimol Xitoyda birinchi marta paydo bo’lishi mumkin. Chunki qadimda O’zbekiston va boshqa qo’shni davlatlar hududiga nisbatan Xitoyga o’xshagan sernufusli va yer tanqis bo’lgan mamlakatda pillani sun’iy uslub bilan ko’paytirish zaruriyati kattaroq bo’lgan10.
Xitoy olimlari Xitoyning pillachiligi 5 ming yillik tarixga ega, ipak tolasidan mato to’qish ilk bor xitoyda paydo bo’lib, so’ngra g’arbiy qo’shni davlatlrga, keyinroq Yevropaga tarqalgan, deb hisoblaydilar. Ushbu fikrga e’tiroz bildirish yoki uning qaysi darajada asosli yoki asossiz ekanligini aniqlash mazkur kitobimiz vazifasi doirasiga kirmaydi Ammo, akademik A Asqarov rahbarligida topilgan ashyoviy dalillar bir vaqtning o’zida Turkiston hududida ham pillachilik mustaqil holda paydo bo’lgan bo’lishi mumkin degan fikrni butunlay inkor etishga asos bermaydi.
O’zbekiston mustaqil bo’lgandan so’ng olib borilayotgan arxeologik tadqiqotlar yangi natijalar bermoqda. Ehtimol, yaqin orada bu borada yangi ma’lumotlarga ega bo’larmiz. Shuning uchun bu masalaustida batafsil to’htalmaymiz. Ammo aytib o’tish joizki, ilmda bir biriga zid fikrlar mavjud ekan, demak munozara davom etadiva bu masala ustida yangi tadqiqotlar yuzaga keladi, haqiqatbarqaror topadi11.
Nima uchun qadimda aynan Xitoyda ipakchilik tez rivojlangan degan savol hech kimni befarq qoldirmaydi. Buning albatta, ma’lum sabablari bor. Ma’lumki, bundan 2-3 ming yil muqaddam Xitoy madaniyatining asosi Xuanxe daryosining o’rta qismi sohillari va uning janubidagi viloyatlarda shakllangan. Bu joyning iqlimi iliq, 4 fasl bir biridan sezilarli farq qilgan, yerlari sersuv, dehqonchilikka mos, aholisi zich bo’lgan. Mill. avv. III asrda mayda xonliklarga yoki hokimliklarga bo’lingan Xitoy (Chjungo-Markaziy davlat ma’nosini bildiradi) birinchi marta Chin Shixuangdei boshchiligida yagona davlatga birlashtirilganda xitoylarning soni 60 mln.ni tashkil etgan. Yer kam, aholi zich joylashgan bir vaziyatda chorvadorlik bilan shug’ullanish mumkin emas edi. Mavjud sharoit aholining mehnat faoliyatini katta mehnat evaziga don hosildorligini ko’paytirishga, hunarmandchilikka va boshqa daromad manbaini izlashga majbur qilar edi. Ariq bo’ylariga va ekin yerlar atrofiga tut darahtlarini ekish, ular asosida pillachilikbilan shug’ullanish ana shunday daromad manbalaridan biri bo’lgan. Qolaversa, saroy ahli, boylar va savdogarlarning kiyinishi va uy buyumlari uchun asosan ipak matolari ishlatilgan. Ipak matolaridan foydalanish qo’shni xalqlarda ham keng odat tusiga kirgan. Shu sababli ko’p nufusli Xitoyda ipakka bo’lgan talab nihoyatda katta bo’lgan. U zamonlarda xitoylar hali paxta bilan tanish emas edilar. Paxtadan qilingan matolar Markaziy Osiyo mamlakatlaridan keltirilar edi. Pillachilikdan kelgan daromad yersizlarni jalb etadigan muhim omilga aylangan.
Xitoyning ikkinchi marta birlashishi asosida tashkil topgan Xzn imperiyasi (G’arbiy Xan –mill. avv. 206-mil. 08) davrida pillachilik bilan shug’ullanish keng tarqalgan bo’lib, bu sohada ayniqsa Shandun, Sichuan viloyatlari ilg’or bo’lgan. Davlat xazinasiga tushadigan daromadning katta bir qismi pillachilikka asoslangan. Sharqiy Xan imperiyasi davrida (mill. Avv. 25-220) pillachilik bilan shug’ullanuvchi viloyatlarning doirasi yana ham kengaygan bo’lib, Xebey, Xubey, Xunan, Guandung kabi o’lkalar asosiy ipakchilik hududlariga aylangan. Mill. avv. III asrda Yanszi daryosi janubidagi o’lkalarida ham pillachilik rivoj topgan12.
Mill. avv. II va mill. II asrlarda Xitoyda to’qikadigan ipak matolarning sifati, nafisligi ancha yuksak darajaga yetgan. Ayni zamonda mato to’qish uchun ishlatiladigan ipak ipning qalinligi 0.02-0.03 mmni tashkil etgan. Shu davrda Hindistonda mato to’qish uchun ishlatiladigan ipak ipning qalinliga 0.08-0.09 mmdan iborat bo’lgan. Xitoy olimlarining fikricha, buning sababi, Hindistonda uyda pilla boqish hali odat tusiga kirmagan, ishlatiladigan ipak ip yovvoyi pilladan olinga. Bunday ipdan to’qilgan mato o’zining chidamliligi va yaltirashi bilan farq qilganligi sababli mahalliy xalq uyda pilla boqishga qiziqmagan. Xitoyda buning aksi kuzatilgan. Ayni shunday holatni Xitoyda hozirgi davrda ham kuzatish mumkin. Qishloq aholisi uchun pillachilikbilan shug’ullanish serdaromad ishlab chiqarish sohasiga aylangan.
XXR nafaqat ipak mahsulotini ishlab chiqarishda, balki ulardan foydalanishda ham dunyoda birinchi o’rinda turadi. Ayniqsa, shaharlarda va milliy muxtor o’lkalarda ipak matolardan kiyim kiyish, ro’mollar va gilam to’qish keng tarqalgan. Keyingi yillarda ipakdan deraza pardalari, dasturxon, uy jihozlari uchun turli qoplamalar to’qish avj olmoqda. Zero kundalik hayot uchun ipak gilamlardan va ipak matolardan tikilgan uy buyumlaridan foydalanish boylik belgisiga aylanib qolgan. O’zbekiston atlaslaridan foydalanish faqatgina Shinjon-Uyg’ur muxtor rayonining mahalliy aholisi orasida keng tarqalgan.
Mutaxassislarning fikricha, bundan keyin ham XXR da ipak mahsulotiga bo’lgan ehtiyoj tobora ortib boradi. Bu hol Xitoyning ipak mahsuloti eksportining kamayishiga olib kelibgina qolmasdan, balki importini ko’paytirishga olib kelish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |