Ligi fаrg‘оnа dаvlат univеrsiтетi jahon tarixi kafedrasi


Kurs ishidan maqsad va vazifalar



Download 230 Kb.
bet2/6
Sana31.05.2022
Hajmi230 Kb.
#622894
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
J.T.GermaniyaSaksoniyaliklar davrida

Kurs ishidan maqsad va vazifalar.

  • Germaniya boshqaruviga saksoniyaliklarning kelish tarixini yoritish.

  • Saksoniyalilarning germanlar boshqaruvi davridagi siyosiy faoliyatini yoritish.

  • Saksoniyaliklarning germanlarning boshqaruv davrida olib brogan ichki siyosatini yoritish.

  • O’sha davr germanlarning madaniy ijtimoiy-siyosiy hayotini yoritish.

Kurs ishining predmeti: Germaniya saksoniyaliklar boshqaruvi davrida mavzusini o’rganish va tahlil qilish.
Kurs ishining tuzilishi va hajmi: Kurs ishi Kirish, ikki bob, 5 paragraf, Xulosa va Foidalanilgan adabiyotlar ro’yxati dan tashkil topgan bo’lib umumiy hajmi 27 sahifadan iborat.
I.BOB. Muqaddas Rim imperiyasining tashkil topishi va XI-XV asrlarda Germaniyada shaharlar taraqqiyoti


1.1 German qirollarining italyancha siyosati va Muqaddas Rim imperiyasining tashkil topishi.

Buyuk Karl imperiyasi parchalangandan so’ng Germaniya hududida rasman Karoling qirollar hukmronlik qilardi. Lekin 911 yilda Karolinglar sulolasi hukmronligi tugagach Frankoniya gersogi Konrad I qirol qilib saylanadi. Uning vafot etishidan so’ng germaniyada hokimiyat uchun qabilalar gersoglari o’rtasida kurash boshlanib ketib 919 yilda birdaniga 2 ta qirol Genrix V Saksonskiy va Arnodlf Barvarskiy saylanadi. Ana shu yerdan Genrix I (919-936) uning vorisi Otton I (936-973) tomonidan Germaniyada yagona davlat tashkil etiladi va bunda Saksonlar sulolasi hukmron edi. (919-1024).


Otton I va Otton II lar gersoglarning mustaqil faoliyat yuritishlarini cheklash uchun cherkovdan foydalandi. Cherkovga gunchalik imtiyozlar berdiki, natijada amalda cherkovga davlatning eng muhim ijroiya organiga aylandi. Lekin shu bilan birga qirol Otton I ularni o’ziga quloq soladigan qurol qilishga harakat qildi. Cherkov diniy mansablariga nomzod ko’rsatadi, qirol bo’lsa o’z tasarrufidagi hududlarga ularni taqsimlab, nomzodlarni tasliqlaydigan bo’ldi va bu investitura huquqi degan nom bilan tarixshunoslikda nomlandi. Otton I o’z hokimiyati rasman tan olinishi maqsadi – (2) da papa ustidan ham hukmronligini ta’minlash maqsadida 951 yilda Lombardiyaga hujum qiladi va langobardlar qiroli unvoni oladi. 962 yilda u papa Otton I imperator tojini kiydirishga majbur bo’ladi papaning Italiyadagi diniy hokimiyati saqlanib qolindi papa imperatorga tobe sifatida qasamyod qiladigan bo’ldi. Shu tariqa o’rta asrlarda German qirollari boshchiligidagi «Rim» imperiyasi qaror topdi (XII asr oxiridan bu imperiya Muqaddas Rim imperiyasi deb atala boshladi)1.
Sakson sulolasi qirollarining birga harakatlari IX-X asrlarga kelib German qabilalarining siyosiy birlashuviga ma’lum darajada ta’sir ko’rsatdi. Shu asosda asta-sekinlik bilan nemis xalqi shakllana boshladi va bu nom XI asr oxirlaridan shanbalarda uchray boshladi2.
1073 yilda yana dehqonlar qo’zg’oloni boshlanib, unda qirolga dushman kayfiyati bo’lgan feodallar guruhi ham Otton Nortgeymskiy boshchiligida ishtirok etdi. Dehqonlarning bu harakati antifeodal qo’zg’olonga aylanashidan qo’rqib qo’zg’olon yetakchilari dehqonlar hisobiga qirol bilan muzokaraga kelishdilar (1074 y). Natijada hal qiluvchi jangda sakson feodal oltiqlari dehqonlaorni o’z holiga tashlab jang maydonidan chiqib ketdilar. Genrix IV Otton Nortgeymskiyni Saksoniyada o’zining amaldorlari sifatida tan oldi.
Investitura uchun kurashda papalik ilyuniy harakatiga tayandi. Bu harakat (910 yilda Burgundiyadagi Klyuni monastiri ba harakatni boshlab bergan) maqsadi cherkov ta’sirini kuchaytirish va ruxiy (moralniy) qadr – qiymatini oshirishdan iborat edi. Harakat cherkov tashkilotini bir tomondan feodallar ta’sirini yenga oladigan, ikkinchi tomondan qaram dehqonlar qarshiligiga turib Bera oladigan kuchga aylantirishi kerak edi.
1059 yilda Lateran soborida papalik faqat kardinallar saylashi kerakligini ta’kidlandi va shu asosda 1073 yilda Gildebrant (Kiyuniy harakatining tarafdorlaridan bo’lgan Shimoliy Italiyalik Monax) Grigoriy VII nomi bilan papa qilib saylandi. Papa lavozimiga o’tirgach u o’z dasturini hayotga tadbiq eta boshladi, bir qancha nemis yepiskoplarini o’z lavozimidan ozod qildi.
Saksoniya qo’zg’olonini bostirgandan so’ng Genrix papa Grigoriy VII qarshiligini sindirish maqsadida 1076 yilda nemis oliy dindorlarining Varmasdagi kengashida u Grigoriy VII ni haqoratlab, obro’sini yerga to’kdi. Bunga javoban papa Genrix IV cherkovdan va qirollik martabasidan mahrum qilib, qirolga qaram bo’lganlarni o’z hukmdorgi qasamyod qilishdan ozod qildi. Papaning bu harakati Germaniyada darhol aks sado berib, dunyoviy va diniy feodallarning separatistik harakatlari boshlanib ketdi.
Genrix IV Papa Grigoriy VII oldida taslim bo’ldi 1077 yilda papa huzuriga borish uchun Italiyaga yo’l oldi va Kakossa qal’asida papa bilan uchrashdi. Muarrixlarning xabar berishicha qirol qayer oldida 3 kechayu 3 kunduz sarpoygang va och turgan. Shundan so’ng papa uni huzuriga kiritgan. Qirol papaga taslimligi belgisi sifatida tiz cho’kib kechirish so’ragan.
Lekin German imperatoriva papalik o’rtasidagi kelishmovchilik bu bilan tugab qolmadi. Nihoyat 1122 yilda Vorms konkordatining imzolanishi (Genrix V va papa Kalikst II o’rtasida) o’rtadagi munosabatlarni ma’lum darajada tartibga soldi.



Download 230 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish