Ligi fаrg‘оnа dаvlат univеrsiтетi jahon tarixi kafedrasi


GERMANIYA XIV –XV ASRLARDA



Download 230 Kb.
bet5/6
Sana31.05.2022
Hajmi230 Kb.
#622894
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
J.T.GermaniyaSaksoniyaliklar davrida

2.2 GERMANIYA XIV –XV ASRLARDA

XIV asr boshlariga kelganda Muqaddas Rim imperiyasi G’arbiy Yevropada yirik siyosiy tuzilma sifatida qolishda advom etgna bo’lsada, ammo ichki birlik yo’q edi. Imperiyasining yadrosini eski nemis yerlari, shuningdek Elbadan to Dunaygacha bo’lgan hududlar, bu yerlar mustamlakachilki yurishlari natijasida germanlashtirilgan edi, tashkil etgan. Undan tashqari, imperiya tarkibiga u iblan rasman bog’langan va amalda muxtor bo’lgan Shimoliy Italiya va Toskana davlatlari, Chexiya ham kirgan. XIV-XV asrlarda imperiya aniq belgilab qo’yilgan chegaralarga ega bo’lmagan, chunki chegaralar doimiy urushlar, sulolaviy nikohlar, vassallik munosabatlaridagi o’zgarishlar natijasida o’zgarib turgan. Hatto imperiya ichidagi knyazliklar o’rtaisda ham aniq chegaralar shakllanmagan edi.


Shveysariya ittifoqining paydo bo’lishi va rivoji. 1291-yilda imperiya hududida yangi siyosiy birlashma – Shvesariya ittifoqi paydo bo’ldi. Uch alp “o’rmon yerlari” – Shvisa, Uri va Untervalden yerlarining erkin jamoachilari Gabsburglarni bo’ysindirish va Sankt-Gotxarddan o’tuvchi Germaniya va Italiyani bog’lovchi muhim savdo yo’li ustidan nazorat o’rnatishiga qarshi birlashadi. Bu ittifoq “abadiy ittifoq” nomini oldi. 1315-yilda Morgarten tog’larida dehqonlardan tuzilgan shveysar piyoda askarlari Gabsburglarning risar suvoriylarini tor-mor etishga muvaffaq bo’ldi. O’zining mustaqilligini saqlab qolishga erishgan bu ittifoqqa XIV asrning o’rtalarida yana 5 ta okrug (kantonlar), shu jumladan shaharlar – Lyusern, Syurix, Bern ham qo’shildi. Uzoq yillik kurashlar vaa shveysarlarning yangi-yangi g’alabalari ushbu konfederasiyani mustahkamlash bilan ibrga uning ishtirokchilarining amalda imperiyadan avtonom bo’lishiga olib keldi. Bu voqyea 1499-yilda, shvabiya urushida “abadiy ittifoq” a’zolari tomonidan dushmanlari tor-mor etilgandan keyin sodir bo’ldi. Xlqaro miqyosda Shveysariya o’z mustaqilligini 1648-yilga kelib olishga erishdi.
XV asrning oxiri – XVI asrning boshlarida Shveysariya ittifoqi yana beshta yangi a’zolar, shu jumladan Bazel shahri ham, bilan boyidi va 13 ta katta bo’lmagan kanton-davlatlarning konfederasiyasiga aylandi. Konfederasiyada doimiy markaziy boshqaruv organi bo’lmagan, oliy hokimiyat vakolatini tagzatsung – kantonlar vakillarining davriy yig’ilishlari bajargan bo’lib, uning yig’ilishida fikrlar almashilgan va imkoniyatga qarab umumiy yondoshuvlar ishlab chiqilgan. Har bir kanton ichki va tashqi siyosatda mustaiql huquqqa ega bo’lsada, ammo bu huquq unga konfederasiyaning umumiy manfaati qarshi siyosat yuritish majburiyatini bermagan.
Germaniyaning siyosiy taraqqiyoti. Imperatorlik hokimiyatining kuchayishiga yo’l qo’ymaslikka harakat qilgan va alohida hududlar doiraisda markazlashtirishni davom ettirgan knyazlarning keyingi muvaafaqiyatlari XIV-XV asrlar Germaniya siyosiy tarqqiyoti uchun umumiy hususiyatini namoyon etadi. Knyazlar tomonidan deyarli obro’ va ta’sirga ega bo’lmagan Lyuksemburg grafining egasi Genrix VII (1308-1313)ning qirollik taxtiga olib chiqilishi ularning yuqoridagi siyosati yo’lida qilingan tadbirlardan biri edi. O’zidan oldingi o’tgan hukmdorlarning o’z sulolasi mavqyeini mustahkamlash qirollik hokimiyatining keyingi kuchayishiga xizmat qilishi bo’yicha tutgan yo’lini davom ettirib, o’g’lini Chexiya qirolining merosxo’riga uylantirdi. Bu bilan u o’z avlodlariga Chexiyani ham boshqarish imkoniyatini yaratib berishni ko’zlagan edi. Boshqa tomondan u eski nemis hukmdorlari an’analariga sodiqligini ko’rsatib, Italiyaga yurish qildi va Rimda u bir asrlik tanaffusdan keyin imperatorlik tojini kiyishga erishadi10.
Lyuksemburglar sulolasining kuchayishida o’zining manfaatlariga tahdidni ko’rgan knyazlarning bir qismi Genrix VII o’limidan keyin taxtga Avstriya gersogi gabsburglar sulolasidan bo’lgan Fridrix Chiroyligini, boshqa qismi bo’lsa Vittelsbaxlar urug’idan bo’lgan Bavariya gersogi Lyudvigni (1314-1347) o’tqazishdi. Qurolli kurashda o’z raqibini yengishga erishgan Lyudvig imperiya taxtiga o’tirishga erishdi. Uning nomi bilan ko’p asrlar davom etgan imperiya va papalik o’rtasidagi kurshaning oxirgi yirik tadbiri bog’lanadi. Rim papasi Ioann XXII ning Germaniyadagi siyosiy va moliyaviy davolariga qarshi chiqqan Lyudvig bu siyosati uchun aksilpapa muxolifatining keng qo’llab-quvvatlashiga erishdi, ushbu muxolifatning asosiy qismini nemis byurgerlari va ruhonyilarining bir qismi tashkil etgan. Ushbu harakatning asosiy g’oyaviy arboblari Rim papasining dunyoviy hokimiyatga qarshi chiqqan va Germaniyadan boshpana topgan Marsiliy Paduanskiy va Vilyam Okkamlar edi. Rim papasi Lyudvigni cherkovdan chetlashtiradi va unga interdikt joriy qildi, bunga javoban Lyudvig 1327-1330-yillarda Italiyaga yurishni amalga oshiradi va Rim papasi siaftida o’zining “odamini” tayinlaydi va o’zi imperatorlik tojini kiyadi. Lyudvig Bavarskiyning haddan tashqari kuchayib ketishini istamagan nemis knyazlari u hali tirikligi paytidayoq Germaniya taxtiga joimiy ravishda cherkov bilan hamjihat bo’lgan Moraviya markgrafi (tez orada Chexiya qiroli ham bo’ladi), Lyuksemburglar sulolasining vakili Karlni o’tqazadilar11.
Karl IV (1346-1378) Avinon papalari bilan mustahkam ittifoqni saqlagan va birinchi navbatda o’zining asosiy tayanchi bo’lib xizmat qilishi mumkin bo’lgan resurslarning manbasi bo’lmish Chexiyaning iqtisodiy va madaniy tarqqiyoti bo’yicha qayg’urgan holda imperiyani boshqardi. Aynan uning hukmronligi davrida, 1356-yilda Germaniyaning siyosiy tarqoqligini rasmiylashtirib bergan “Oltin bulla” qabul qilindi. Ushbu hujjat to 1806-yilgacha, ya’ni Muqaddas Rim imperiyasi tugatulgunga qadar imperiyaning qonunchiligi asosi bo’lib xizmat qildi.
“Oltin bulla” ga ko’ra “imperator bo’ladigan” nemis qirolini 7 ta knyaz-kurfyuristlar – 3 tasi cherkov (Mayns, Kyoln, Trir arxiyepiskoplari) va 4 tasi dunyoviy (Chexiya qiroli, Reyn pfalsgraqi, Saksoniya gersogi, Brandenburg markgrafi) knyaz-kurfyuritslar saylaydigan bo’ldi. Qirol saylovi Mayns arxiyepiskopining tashabbusi bilan Franfurt-na-Mayneda ko’pchilik ovoz berish yo’li bilan amalga oishrilishi belgilandi. Bunda Germaniya qirolini (uni “Rim qiroli” deb atashgan) saylashda Rim papasining saylovi talab qilinmagan, faqatgina imperatorlik tojini kiydirishda Rim papalarining ishtiroki tan olingan. Ushbu bulla knyazlarning nafaqat eski imtiyozlarini e’tirof etdi, balki ularning yangi imtiyozlarini ham rasmiylashtirib berdi. Unda knyazlarning oliy sud, tog’ qazilma boyliklarini qayta ishlash, tanga zarb qilish, boj to’lovlarini yig’ish huquqini berdi. Bullada feodallarga “qonuniy e’lon qilingan” shaxsiy urushlar olib borishga (vassallarning o’z senorlariga qarshi urushidan tashqari) ruhsat beragni hold ashaharlar o’rtasidagi ittifoqlar “fitna” sifatida qaralib, bundan ittifoqlar mutloqo taqiqlandi. Umuman mazkur bulla orqali Karl IV o’z sulolasining asosiy dushmani bo’lgan kurfyuristlar kollegiyalari – Bavariya va Avstriya gersoglarining hukmdorning saylovida ishtirok etishdan mosuvo etishga va Chexiyaning mavqyeini mustahkamlashga erishdi.
O’zining o’ttiz yildan sal oshiqroq hukmronligi davrida juda kam muddatgagina Karl IV markaziy hokimiyatni mustahkamlashga muvaffaq bo’lsada, ammo Lyuksemburglar sulolasining keyingi an’analari boshlab bera oldi. Buyuk davlat qurishni orzu qilgan imperator Sigizmund (1410-1437) dahriylarni ta’qib etish orqali cherkovning birligini qayta tiklash ishida ishtirok etish va o’sib borayotgan usmoniy turklar xavfiga qarshi Yevropa davlatlarining atta koalisiyasi rejasini tuzish orqali o’zining hokimiyatini mustahkamlashni ko’zladi. Rim papasi bilan ibrgalikda u Chexyaidagi ugschilar harakatiga qarshi salib yurishlarini uyushtirdi, lekin bu harbiy yurishlar muvaffaqitya keltirmadi. Faqatgina cherkovning guschilar mo’tadil qanoti bilan kompromiss kelishuvi Sigizmundga o’z hayotining so’nggida chex qiroli degan nom bilan tan olinishiga erishuviga olib keldi.
Lyuksembubrglar sulolasi vakillari hukmronligi to’xtatilgandan keyin imperatorlik taxtiga 1438-yilda Gabsburglar keladi. Amalda imperatorlarning merosiy tarzda hokimiyatlarini o’z avlodlariga qoldirishi o’z mavqyelarini bu paytga kelib mustahkamlab ulgurgan knyazlar uchun ortiqcha jiddiy xavf tug’dirmay qo’ydi. Imperiyaning inqirozi ayni paytda boshqa bir universal mahkama bo’lgan papalikning inqirozi bilan kuchayib bordi. Germaniyada markaziy hokimiyatning kuchsizligi ayniqsa yarim asrdan ziyodroq hukmronlik qilgan Fridrix III (1440-1493) davrida yaqqol namoyon bo’lib qoldi. Uning hukmronlik davri knyazlar o’rtasidagi ko’p sonli o’zaro urushlar, uning natijasida shaharlarning talon-taroj qilinishi va qishloq joylarda butun bir hududlarning huvillab qolishi iblan xarakterlanadi. Imperatorning tinyalikni va tartibni buzishni taqiqilash chora-tadbirlari samarasiz bo’lib chiqdi, sababi uning ub talabini bajarishga majbur etuvchi real kuchi yo’q edi.
Tashqi siyosatda ham uzoq vaqtlar davomida Fridrix III ni muvaffaqiyatsizliklar tark etmadi.
 Imperiyaning qalin ittifoqchisi bo’lgan Tevton ordeni Polsha tomonidan tor-mor qilindi va 1466-yilda Polsha qiroliga vassal ekanligini tan olishga majbur bo’ldi.
 1460-yilda Daniya qiroli imperiya tarkibiga kiruvchi Shlezvig va Golshteynni o’z mulklari tarkibiga qo’shib oldi.
 1481-yilda Fransiya imperiyaning Provans hududining egasiga aylandi.
 Vengryai qiroli Matyash Korvin bo’lsa imperatordan hatto uning ota yurti bo’lgan Yuqori va Quyi Avstriyani va Shtiriyani tortib oldi.
Faqatgina Fridrix III hukmronligining oxiriga kelganda uning sulolasi mavqyei bir oz kuchaydi. Avstriya yerlari qaytarib olindi. Burgund davlatining qulashi va Fridrix III ning o’g’li bo’lgan Maksimilianning Burgund malikasi Mariya bilan sulolaviy nikohi Gabsburglarni Niderlandiya egasiga aylantirgan bo’lsa, Fridrix IIIning o’limidan keyin amalga oshgan nevarasi va Impaniya qirolining merosxo’ri bo’lgan malika bilan nikohi Gabsburglarni XVI asrga kelganda Yevropaning eng qudratli sulolasiga aylantirdi.
Germaniyadagi imperatorlik va knyazlik hokimiyatining umumiy ahvoli XIV-XV asrlarda nemis tabaqaviy-vakillik organlarining taraqqiyotiga ham o’z ta’sirini o’tkazdi. Imperiya tarkibiga kirgan imperator vassallari bo’lgan “amaldorlar” vakillarining kengashi XV asrning oxiriga kelib reyxstag degan nom bilan atala boshlandi. Bu imperiya kengashlari krfyuristlar vakillarini, boshqa diniy va dunyoviy knyazlarni va hukmdorlarni, yirik imperiya va erkin shaharlar vakillarini tarkibiga olgan edi. O’q otar qurollarning keng joriy qilinishi tufayli risarlik oldingi darajadagi tabaqaviy o’rnini boy berib qo’ydi va odddiy harbiy ahamiyat kasb etuvchi yollanma askarlarga aylandi, alohida mustaqil vakillik birlashmalariga ega emas edi. Ruhonyilar ham alohida kuriya ajratilmadi. O’zi shundoq ham kam bo’lgan shahar vakillari bilan bevosita ularning manfaatlariga doir masalalar muhokama qilinganda “hisoblashishar” edi.
Reyxstag maslahat huquqiga ega organ hisoblangan, u birinchi navbatda ortida u yoki bu kuchlar turgan turli xil ijtimoiy guruhlarning fikrlarini tushuntirish va maksimal darajada kelishtirish vazifasini bajargan. Germaniyada reyxstag qarorlarini hayotag tadbiq etish bo’yicha hyech qanday maxsus mahkam bo’lmagan. Buning uchun zarur bo’lgan umumimperiya sudi va umumimperiya hazinasi ham yo’q edi12.
Germaniyada boshqa mamlakatlarning tabaqaviy-vakillik idoralariga o’xshash mahkama ham bo’lib, bu – landtag edi. Landtaglar bir qator knyazliklar hududida chaqirilgan dvoryanlar, ruhoniylar va knyazlik shaharlari vakillarining kengashi edi. Lekin o’sha pyatlarda bu kengashlar muntazam chaqirilmagan. Imperiya tarqoqligi sharoitida bo’lg’usi mintaqaviy markazlashtirishning boshida turuvchi knyazlar ayniqsa XV asrning ikkinchi yarmidan hududiy boshqaruv organlari, moliya ishlarini tashkil etishni, knyazlikni ma’muriy jihatdan okuraglarga bo’lishni, hududiy qonunchilikni yo’lga qo’yishni kengaytirdi va mustahkamladi. Knyazliklarning rezidensiyalari asta-sekinlik bilan poytaxtlarga aylanib bordi (masalan, Bavariyada Myunxen, Vyurtembergda Shtutgart, Pfalsda Geydelberg kabilar).
XIV-XV asrlarda dehqonlar harakatlari. O’rta asrlar Yevropasida mavjud feodal tartiblar sharoitida dehqonlarni asoratga solish eng ko’p uchraydigan holatlardan ibri edi. Shu boisdan bo’lsa kerak Yevropaning aksar mamlakatlarini dehqonlarning doimiy norozilik harakatlari qamrab olgan. edi. Gurmanyaida ham dehonlarning tez-tez norzilik harakatlari ro’y brib turar edi. 1336-1339-yillarda Janubi-G’arbiy Germaniyada va bir qator hududlarda dehqonlarga qarz beruvchi shahar sudxo’rlariga qarshi qo’zg’olonlar ko’tarildi. XV asrning boshlariag kelganda Shveysariya ittifoqiga bevosita qo’shni bo’lgan Appensell viloyatida dehqonlar Avstriya va Vyurtemberg feodallari qo’llab-quvvatlashi ostida Shveysariya ittifoqiga qo’shilishga intilib, sankt-Gallen abbatligiga qarshi hatto harbiy harakatlarni olib borishdi. Bunda garchi ular mag’lubiyatga uchragan bo’lsada, ammo o’z maqsadidan voz kechmaganligi oqibatida Appensell 1513-yilda Shveysariyaga ittifoqi tarkibiga kirishga erishdi.
1439-yildan to 1445-yilgacha dehqonlarning otryadlari Yuz yillik urush tufayli Fransiyadan Janubiy –G’arbiy Germaniyaga bostirib kelgan turli qabilalar vakillaridan iborat bo’lgan yollanma otliq otryadlarga – armanyaklarga qarshi partisazlik harakatlarini olib borishdi. Chunki armanyaklar to’dasining bosqinchiligi va talonchiligi umumxalq noroziligini keltirib chiqargan edi. Shu boisdan 30-40 kishidan biorat dehqonlar otryadlari guruhlari pistirmalar uyushtirishdi, kutilmaganda armanyaklarga yo’llarda hujum qilishdi va ularning doimiy ta’minotiga talofatlar yetkazdi, bularning natijasida oxir-oqibat armanyaklar Germaniya yerlarini tark etishga majbur bo’lishdi. Aynan shu kurashlar vaqtida dehqonlar birinchi marta Bibi Maryam va dehonlarning uzun chilvirli boshmog’i tasiri tushirilgan bayroqlarni ko’tarib chiqa boshladi. Natijada “Boshmoq” dehqonlarning mustaqil harakatlari ramziga aylandi. 1460-yilda “Boshmoq” bayrog’i ostida Gegau yerlari dehqonlari Janubiy-G’arbiy Germaniyada qo’zg’olon ko’tardilar. Germaniyada ko’tarilgan bu kabi qo’zg’olorlarning oxiri ko’rinmadi. Asta-sekinlik bilan bu qo’zg’olonlarda mamlakatning birligini targ’ib qiluvchi siyosiy maqsadlar ham ilgari surila boshlandi13.

2.3 Saksoniyaliklar davrida German madaniyati, san’ati va ilm-fan sohaslari.


Universitet bu o’qituvchi va o’quvchilar jamiyatidir. Universitetni o’qituvchilar-magistrlar boshqarishgan. Universitetlar ko’plab imtiyozlarga ega bo’lgan va mahalliy hukmdorlarga bo’ysunmagan. Agar ular bilan mojaro chiqib hal etilishi qiyin bo’Isa, magistr va shkolyarlar (talaba) boshqa joyga ketardilar. Ko’p hollarda ulardan uzr so’rab qaytishlarini iltimos qilishgan. Sababi bu davrda o’z universiteti bo’lishi har qanday shahar uchun sharaf hisoblangan.


Taniqli o’qituvchilar ma’ruzalariga shkolyarlar Yevropaning turli burchaklaridan kelishgan. Ba’zida Parijda 30 minggacha talaba baravariga to’plangan. Talabalarning o’qishi, bir xil tabaqaga mansub shkolyarlar jamoalari tomonidan boshqarilgan. Omadli talabalar hozirgi yotoqxonalarga o’xshash kollegiyalarda joylashishga muvaffaq bo’lardilar. Eng qadimgi Parij kollegiyalaridan biri-Sorbonning nomi keyinchalik butun universitetga o’tadi. Angliya va Fransiyada kollegiyalar yangi o’quv muassasalari-kollejlarga asos bo’ladi.
O’qitish fakultetlarda olib borilgan, ularning har birini dekan boshqargan. Hamjamiyat tepasida esa saylangan rektor yoki hokimiyat tomonidan tayinlangan kansler turgan.
Maktab va universitetlarning taraqqiyoti davomida kitobga talab kuchayadi. Ilk o’rta asrlarda kitob juda kamyob, qimmatbaho narsa hisoblangan. Kitob varaqlari pergament (maxsus ishlov berilgan buzoq terisi)da bitilgan. Kitoblami
XII asrda rohiblar emas, shaharlarda maxsus ochilgan ustaxonalarda hunarmandlar tayyorlashi bilan ular arzonlasha boshlaydi. 14-asrdan boshlab qog’ozdan keng foydalanish kitob ishlab chiqarishni yanada ko’paytiradi.
Dastlab qog’ozni eski lattalardan tayyorlashgan. Nemis muhandisi Iogann Gutenberg 1445-yilda kitob bosish dastgohini kashf qiladi. Uning ixtirosi kitobni ommaviy tarqalishiga olib keladi.
Fan taraqqiyoti. Oksford universiteti professori Rojer Bekon (13-asr) fandagi yutuqlarga faqat ilmiy kuzatishlar va tajribalar yo’li bilan erishish mumkinligini isbotladi. Uning o’zi optika, fizika, kimyo fanlariga oid tajribalar o’tkazadi. Bekon o’zi suzadigan kema, suv osti kemasi va havoda uchadigan apparatlar qurish mumkinligini aytgan. Bekonning hayoti qiyinchiliklar va xavf-xatarlar ichida, cherkov ta’qibida o’tgan. U uzoq yillar qamoqda ham bo’lgan.
Me’morchilik. Dastlab bino va hatto qasrlar yog’och lardan qurilgan. 11-asrga kelib G’arbiy Yevropada qurilish sohasi ham taraqqiy eta boshlaydi. Qurilishda toshdan keng foydalanishga o’tiladi. Undan dastlabki ibodatxona va monastirlar barpo etiladi. Qurilish toshlari bo’lmagan Angliya va Polshada saroylar, ibodatxonalar pishiq g’ishtdan qurila boshlaydi. Fransiya, Italiya va Germaniya me’morchiligida dastlab roman uslubi hukmron edi.
Roman ibodatxonasi-qalin devorli, baland minorali va tor derazali, salobatli uzun binodir. Tashqi tomondan u qal’ani eslatadi. Uning o’ziga xos tomonlari shundan iboratki, deraza tepasi, ibodatxonaga kiraverish ichki gumbazlar yarim doira shaklidagi ravoq (arka)lar bilan bezatilgan.
O’rta asrlarda Vizantiya va Arab me’morchiligi ham o’zidan ajoyib inshootlar qoldirgan. Venetsiyadagi Avliyo Mark ibodatxonasi va Dojlar saroyi vizantiya uslubida bunyod etilgan. Ispaniyaning Sevilya shahrida masjid va AlQasar qasri, Granadadagi Al-Hamro saroylari arab me’morchiligi durdonalari hisoblanadi.
Haykaltaroshlik. Uning rivojlanishi bevosita me’morchilik bilan bog’liq bo’lgan. Cherkov va monastirlar binolari xudo, avliyolar va qirollar haykallari bilan bezatilgan. Haykallarning asosiy buyurtmachilari cherkov bo’lgani sababli ularda diniy mavzu yuqori turgan. Lekin haykaltaroshlarning o’zlari oddiy xalq orasidan yetishib chiqqanligi sababli ularning asarlarida insonning eng yaxshi fazilatlari ifodalangan. Xususan, eng ko’p uchraydigan Bibi Maryam haykallari (Yevropada “Madonna” deb nomlanadi) o’zida onaning farzandga mehr-muhabbatini ifodalagan.
Antik davr haykallarida inson tanasining go’zalligi ulug’langan bo’lsa, o’rta asr haykaltaroshlari tashqi go’zallik orqali o’z qahramonlarining o’yxayollari, hislarini ifodalashga intilganlar.
Tasviriy san’at. Roman uslubida qurilgan ibodatxonalar devorlari va shiplarini diniy mavzudagi suratlar bezab turgan. Gotika me’morchiligidagi cherkovlarda derazalar orasida rasmlar chizish uchun joy ham bo’lgan. Shu sababli derazalarga oddiy oynalar o’rniga vitrajlar-tiniq rangli shishalardan yasalgan surat yoki alohida bezaklar solingan.
Kitoblarni bezash uchun tasviriy san’atning yangi yo’nalishi-miniaturalar ixtiro qilinadi. Ularda o’rta asr kishilari hayotining turli manzaralari tasvirlangan. Vitrajlar va miniaturalarda dehqonlar va hunarmandlarning mehnat jarayonlari, jang manzaralari va b. aks ettirilgan.
Tabiat va insonga qiziqishning paydo bo’lishi. Yangi madaniyat arboblari insonni o’rganishni o’zlarining asosiy vazifalari deb bilganlar. Shu sababdan ularni gumanistlar deb ataydilar. Yangi Uyg’onish yoki Gumanizm madaniyati namoyandalari insonni olamning markaziga qo’yib, uning yaratuvchilik dahosini tan olishga chaqirdilar.
Uyg’onish atamasi esa (fransuzcha “Renessans”) yangi madaniyatning antik davr bilan aloqadorligini ko’rsatadi. Sharqqa salib yurishlari va undan keyingi Levant bilan savdo-madaniyat borasidagi doimiy aloqalar, italiyaliklarning qadimgi yunon qo’lyozmalari, antik san’at va me’morchilik yodgorliklari bilan tanishishiga imkon beradi.
Uyg’onish madaniyati markazlari. Bu davrda Italiyada Florensiya alohida o’rin tutadi. Savdodan kelgan daromad uni Yevropaning eng boy shaharlaridan biriga aylantiradi.
Shahar hokimlari to’plangan boyliklar hisobidan me’morchilik obidalarini bunyod ettirib, haykaltaroshlik va rassomchilikni yuksaltirganlar. Shu tariqa Florensiya 15-asrda Italiyaning yirik madaniyat markaziga aylanadi. Eng mashhur rassomlar, haykaltaroshlar, me’morlar Florensiyadan bo’lib, shahar-respublika hokimlari ularning barakali ijodi uchun sharoit yaratib berganlar.
XULOSA
Xulosa o’rnida shuni aytish joizki, Germaniyaning Markaziy Evropadagi alohida mintaqa sifatidagi kontseptsiyasini Yuliy Tsezardan kuzatish mumkin, u Reynning sharqidagi bosib olinmagan hududni Germania deb atagan va shu bilan uni Galliyadan (Fransiya) ajratib turadi. Teutoburg oʻrmonidagi jangda (mil. 9-yil) german qabilalarining gʻalabasi Rim imperiyasiga qoʻshib olinishiga toʻsqinlik qildi, garchi Reyn boʻyida Rim provinsiyalari Germaniyaning yuqori va pastki Germaniyasi tashkil etilgan boʻlsa ham. G'arbiy Rim imperiyasi qulagandan keyin franklar boshqa G'arbiy german qabilalarini bosib oldilar. 843 yilda Franklar imperiyasi Buyuk Karlning merosxo'rlari o'rtasida bo'linganida, sharqiy qismi Sharqiy Fransiyaga aylandi. 962 yilda Otton I Muqaddas Rim imperiyasining, o'rta asrlardagi Germaniya davlatining birinchi Muqaddas Rim imperatori bo'ldi.
Oliy o'rta asrlar davri Evropaning nemis tilida so'zlashadigan hududlarida bir qancha muhim o'zgarishlarni ko'rdi. Birinchisi, Germaniyaning Boltiqbo'yi va Shimoliy dengiz sohillari bo'ylab bir qator port shaharlari hukmronlik qilgan Ganza Ligasi deb nomlanuvchi savdo konglomeratining tashkil etilishi edi. Ikkinchisi, nemis xristian olamida salib yurishi elementining o'sishi edi. Bu hozirgi Estoniya, Latviya va Litvaning Boltiqbo'yi qirg'og'i bo'ylab tashkil etilgan Tevton ordeni davlatining o'rnatilishiga olib keldi. Bu salibchilar davlati bu hududlarning nasroniylashuviga, shuningdek, german madaniyati va tilining sharqqa tomon kengayishiga olib keldi. Shuningdek, bu davrda Germaniya imperatorlari katolik cherkovi bilan turli siyosiy masalalar yuzasidan to'qnashdilar, natijada investitsiya bahslari paydo bo'ldi.
Soʻnggi oʻrta asrlarda imperatorlar hisobiga mintaqaviy knyazlar, knyazlar va yepiskoplar hokimiyatga ega boʻldilar. Martin Lyuter 1517 yildan keyin katolik cherkovida protestant islohotiga rahbarlik qildi, chunki shimoliy va sharqiy shtatlar protestant boʻlib qoldi, janubiy va gʻarbiy shtatlarning aksariyati katolik boʻlib qoldi. Muqaddas Rim imperiyasining ikki qismi o'ttiz yillik urushda (1618-1648) to'qnashdi, bu ikkala qismda yashovchi yigirma million tinch aholi uchun halokatli edi. O'ttiz yillik urush Germaniyaga katta halokat olib keldi; Germaniya shtatlarida aholining 1/4 qismidan ko'prog'i halokatli urushda halok bo'ldi. Muqaddas Rim imperiyasining mulklari Vestfaliya tinchligida yuqori darajadagi avtonomiyaga erishdilar, ularning ba'zilari o'zlarining tashqi siyosatlarini olib borishga qodir yoki imperiyadan tashqaridagi erlarni nazorat qilishlari mumkin edi, eng muhimi Avstriya, Prussiya, Bavariya va Saksoniya edi. Frantsiya inqilobi va 1803-1815 yillardagi Napoleon urushlari bilan feodalizm islohotlar va Muqaddas Rim imperiyasining parchalanishi bilan qulab tushdi. Shundan so'ng liberalizm va millatchilik reaksiya bilan to'qnash keldi. 1848–49 yillardagi nemis inqiloblari muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Sanoat inqilobi Germaniya iqtisodiyotini modernizatsiya qildi, shaharlarning tez o'sishiga va Germaniyada sotsialistik harakatning paydo bo'lishiga olib keldi. Poytaxti Berlin boʻlgan Prussiya kuchayib bordi. Nemis universitetlari jahon darajasidagi fan va gumanitar fanlar markazlariga aylandi, musiqa va san’at esa gullab-yashnadi. Germaniyaning birlashishi (Avstriya va Shveytsariyaning nemis tilida so'zlashuvchi hududlari bundan mustasno) 1871 yilda Germaniya imperiyasining tashkil topishi bilan kansler Otto fon Bismark boshchiligida erishildi. , Avstriyasiz Germaniya), Großdeutsche Lösung o'rniga ("katta Germaniya yechimi", Germaniya Avstriya bilan). Yangi Reyxstag, saylangan parlament imperator hukumatida faqat cheklangan rolga ega edi. Germaniya Afrika va Tinch okeanidagi mustamlakachilik ekspansiyasida boshqa kuchlarga qo'shildi.

Download 230 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish