Lichinka xordalilar kenja tipi. Assidiyalar sinfi. Salplar sinfi. Appendikulyariyalar sinfi



Download 26,46 Kb.
bet3/6
Sana10.07.2022
Hajmi26,46 Kb.
#768823
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Zoologiya mustaqil ish

Qon aylanish sistemasi. Assidiyalarning qon aylanish sistemasi tutash emas, ya’ni ochiq. Yuragi oshqozon oldiga joylashgan muskulli xaltacha ichida turadi. Yuragining ikki tomonidan bittadan qon tomiri chiqadi, oldingisi jabra qon tomiri hisoblanib, halqumning ostki tomonidan o‘tib, stigmalarga bir qancha mayda-mayda shoxchalar beradi. Keyingi qon tomiri ichak qon tomiri deyilib, ichki organlarga boradigan shoxchalarga bo‘linadi. Bu shoxchalar organlar orasiga o‘rnashgan va maxsus devorlari bo‘lmaydigan bo‘shliqlar bilan qo‘shiladi. Shuning uchun ham assidiyalarning qon aylanish sistemasi tutash emas deyiladi. Assidiyalar yuragining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, qonni goh oldingi tomonga, goh orqa tomonga haydaydi. Shuning uchun ham ularning har qaysi qon tomiri dam arteriya va dam vena qon tomiri vazifasini bajaradi.
Nerv sistemasi. Assidiyalarning markaziy nerv sistemasi, og‘iz sifoni bilan kloaka sifoni o‘rtasida joylashgan kichikroq nerv tugunchasidan iborat. Voyaga yetgan assidiyalarda, qamragichlarini hisobga olmaganda, tuyg‘u funksiyasini bajaradigan hech qanday sezuv organlari yo‘q. Nerv tugunchasining ichki bo‘shlig‘i, ya’ni nevrotseli bo‘lmaydi va yaxlit nerv massasidan iborat. Qalin devorli xalta-tunikaning ichida yupqa devorli ikkinchi xalta-mantiya bor.
Assidiyalarda ayirish organlari rivojlanmagan. Ularning tanasida hosil bo‘lib turadigan dissimilyatsiya mahsulotlari ayrim hujayralar ichida to‘planib turadi va organizmda qoladi.
Jinsiy organlari. Assidiyalar germafrodit. Ularning ikkita jinsiy bezi, ya’ni erkaklik va urg‘ochilik bezlari bo‘lib, oshqozonning ustida joylashgan va bir-biriga taqalib turadi. Assidiyalar germafrodit bo‘lgani bilan o‘z-o‘zini otalantira olmaydi, chunki bitta individda ham spermatazoid va ham tuxum hujayrasi baravar yetilmaydi, balki oldinma-keyin yetiladi. Yetilgan jinsiy mahsulotlar jinsiy kanallardan atrial bo‘shliqqa tushadi. Suv oqimi bilan kirgan spermatazoidlar tuxumni shu yerda otalantiradi, so‘ngra urug‘langan tuxum kloaka sifoni orqali suvga chiqariladi.
Urug‘langan tuxum to‘la va bir tekisda bo‘linadi hamda gastrula davriga aylanadi. So‘ngra embrion bo‘yiga cho‘ziladi va asta-sekin rivojlanib har xil organlar, ya’ni xordalilarga xos bo‘lgan markaziy nerv sistemasi yuzaga keladi. So‘ngra birlamchi ichakning ustki tomonida xorda hosil bo‘ladi, tananing oldingi tomonida esa og‘iz teshigi vujudga keladi.
Assidiyalarning lichinkasi suvda erkin suzib yuradi. U tashqi tomondan itbaliqqa o‘xshab ketadi va uzunligi 0,5 mm gacha boradi .
Assidiyalar lichinkasining ikki yoni qisilgan, uzun muskulli dumi bor, dumi yordamida suvda tez suzadi. Dumining ichida haqiqiy xorda bor, xorda ustida esa nay shaklida markaziy nerv sistemasi o‘rnashgan. Lichinkada ko‘zcha va muvozanat saqlash organi statotsist ham mavjud. Halqumi kichkina, jabra yoriqlari ham bir nechta xolos. Demak, assidiyalar lichinkasi xordalilarga xos bo‘lgan hamma xarakterli belgilarga ega.
Assidiyalar lichinkasi tuxumdan chiqqandan keyin bir necha soat o‘tgach, uzog‘i bilan bir kecha-kunduzdan keyin maxsus o‘simtalari, ya’ni yopishish so‘rg‘ichlari yordamida suv ostidagi birorta substratga yopishib, metamorfozni boshidan kechiradi. Bunda lichinkaning dumi va dumidagi muskuli, xordasi, markaziy nerv sistemasining ko‘p qismi butunlay yo‘q bo‘lib ketadi. Nerv sistemasining qolgan qismi zichlashib, nerv tugunchasiga aylanadi, sezuv organlari batamom yo‘qoladi.
Lichinkalik davrida shakllanib kelayotgan tashqi tunika qavati juda tez o‘sadi. Halqumi va orqa ichak ochiladigan atrial bo‘shliq kattalashadi, jabra yoriqlarining soni ko‘payadi. Og‘iz va anal teshiklari yuqoriga joylashadi. Natijada harakatchan lichinka harakat qilmay bir joyda yashaydigan qopsimon voyaga yetgan assidiyaga aylanadi va tashqi tomondan qalin qobiq -tunika bilan o‘ralib oladi.
Assidiyalar kurtaklanish orqali jinssiz yo‘l bilan ham ko‘payadi. Bunda ularning qorin tomonida kurtak hosil qiluvchi stolon deb ataladigan bo‘rtma hosil bo‘ladi. Shu bo‘rtmada kurtaklar paydo bo‘ladi va assidiyaning barcha organlari ushbu kurtaklardan yuzaga keladi. Yakka assidiyalarda kurtak stolondan ajralib chiqib, yakka assidiyalarga aylanadi. Koloniya bo‘lib yashaydigan assidiyalarda esa kurtak ajralmasdan ona assidiyalarda qoladi. Shunday qilib, lichinka xordalilar yoki qobiqlilar tuban darajadagi xordalilarning regressiv tarmog‘i hisoblanadi. Bular tuzilishining ontogenezida ham va filogenezida ham soddalashib boradi, harakat qilib hayot kechirish usulidan bir joyga yopishib hayot kechirish usuliga o‘tgan hayvonlardir. Assidiyalar barcha dengiz va okeanlarda tarqalgan. Ayrim dengizlarda 1 metr kvadratda 8-10 mingtagacha assidiya yashaydi. 1 gektar joyda assidiyalardan 300 kg gacha kletchatka olinadi.

Download 26,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish