Himoyalanish va hujum qilish moslamalari. Ba`zi sutemizuvchilar gavdasi o`tkir ninalar bilan qoplangan (yexidna, tipratikan, jayra). Ular tikanlarini ko`tarib, zarb bilan gavdasini orqaga tashlab ninalari bilan dushmanga zarba beradi. Ayrim sutemizuvchilar (suvsarlar, viverralar, yerqazarlar) o`zlaridan sassiq hid chiqaradi. Ba`zilarida bu suyuqlik sassiq bo`lishidan tashqari, dushmanini gangitib ham qo`yadi. Bunday suyuqlik odamning yuziga sachrasa odam bir necha soat hushsiz bo`lib qoladi. Himoya rangi ham sutemizuvchilarda ko`p foyda beradi. Bunday himoya rangi tundra va sahrolarda yashovchi sutemizuvchilar uchun ayniqsa, xarakterlidir. Sahroda yashaydigan sutemizuvchilarning ko`pchiligi sarg’ish, kulrang tusda bo`ladi. Qishda oq quyon yozdagi jigarrang tusini o`zgartirib, oq tusga kiradi. Yirtqich darrandalarda tishlari, mushuklar va ayiqlar oilalari vakillarida tirnoqlari ham himoyalanish organlari vazifasini bajaradi. Tuyoqlilar oyoqlari bilan dushmanlarini tepib o`zlarini himoya qiladi. Juft tuyoqlilarning himoya organiga yana ularning shoxi ham kiradi. Koloniya bo`lib yashovchi sutemizuvchilar birgalashib yashashi bilan o`zlarini himoya qiladi.
Sutemizuvchilar sinfi sistematikasi va ekologiyasi bo`yicha test topshiriqlari. C=75
1. Yirtqichlar uchun xos bo`lgan belgilarni ko`rsating. A. Kurak tishlari mayda. B. Kurak tishlari yirik. V. Qoziq tishlari mayda. G. Qoziq tishlari yirik va o`tkir. D. O`mrov suyagi yaxshi rivojlangan. E. O`mrov suyagi rudiment yoki bo`lmaydi.
2. Qaysi javobda dastlabki sutemizuvchilarning tuban tuzilish belgilari keltirilgan? A. Urg’ochisida faqat chap jinsiy bezlari rivojlangan. B. Tuxum qo`yib ko`payadi. V. Korakoid suyagi rivojlangan. G. Sut bezlari naysimon. D. Miya qutisi suyaklari choksiz birikkan. E. Sut bezlari uzum boshiga o`xshash. J. Voyaga yetgan davrida sut bezlari bo`lmaydi. 3. Tana harorati nisbatan past, o`zgaruvchan bo`ladi.
3. Toq tuyoqlilar uchun xos belgilarni ko`rsating. A. Oyoqlari besh barmoqli. B. Oyoqlari odatda bitta barmoqli. V. Orqa oyoqlari uch barmoqli, oldingisi to`rt barmoqli. G. Oyoqlari uch yoki besh barmoqli. D. O`mrov suyagi bo`lmaydi.
E. O`mrov suyagi rudiment holda.
4. Qaysi sutemizuvchilar O`rta Osiyo sharoitida introduktsiya qilingan?
A. Norka. B. Bobyor. V. Ondatra. G. Sobol. D. Yenot. E. Sug’ur. J. Oq tulki.
Z. Olmaxon. I. Nutriya. K. Latcha.
5. Odamsimon maymunlarni belgilang. A. Orangutan. B. Pavian. V. Makaka. G. Martishka. D. Shimpanze. E. Gorilla.
6. Faqat suvda yashaydigan sutemizuvchilarning moslanish belgilarini ko`rsating. A. Quloq suprasi kichik. B. Quloq suprasi bo`lmaydi. V. Oyoqlari suzgich kurakka aylangan. G. Orqa oyoqlari bo`lmaydi. D. Juni siyrak. E. Terisi yalang’och, junsiz. J. Dum suzgichi yordamida suzadi. Z. Terisida yog’ bezlari rivojlangan. I. Mayda bola tug’adi. K. Yirik bola tug’adi L. Ko`zlarining akkomodatsiya qilish xususiyati rivojlangan. M. Hid bilish organlari yaxshi rivojlangan.
7. Qaysi javoblarda mushuksimonlar oilasi vakillari ko`rsatilgang.
A. Qunduz. B. Sirtlon. V. Silovsin. G. Ilvirs. D. Qoplon. E. Norka. J. Manul. Z. Latcha. I. Arslon. K. Bo`rsiq.
8. Kurakoyoqlilar uchun xos bo`lgan belgilarni ko`rsating. A. Bo`yni tanasidan aniq ajralgan. B. Bo`yni qisqa, tanasidan aniq ajralmagan. V. Oldingi oyoqlari reduktsiyaga uchragan. G. Quloq suprasi bo`lmaydi. D. Terisi yalang’och, junsiz. E. Juni kalta yoki bo`lmaydi. J. Yog’ bezlari rivojlanmagan. Z. Yog’ bezlari yaxshi rivojlangan. I. Quloq suprasi rivojlangan. K. Quruqlikda ko`payadi.
9. Primatlar turkumi uchun xos bo`lgan belgilarni ko`rsating. A. Bosh miyasi nisbatan yirik. B. Miya yarimsharlari po`stlog’i tekis. V. Miya yarimsharlari po`stlog’i ilonizi pushtachalar hosil qiladi. G. Miyacha yirik, yarimsharlari po`stlog’ini qisman qoplab turadi. D. Orqa oyoqlaridagi birinchi barmog’i boshqalariga qaraganda qarama-qarshi joylashgan. E. Orqa va oldingi oyoqlaridagi barmoqlari boshqasiga qarama-qarshi joylashgan. J. Umurtqa pog’onasida 4 ta egiklik bo`ladi. Z. Tirnoqlari yassi. I. Tovon gumbazi rivojlangan. K. Ko`zlari yuzining oldingi tomonida joylashgan. L. Sut bezlari to`rtta. M. Sut bezlari ikkita.
10. Uy hayvonlarining ajdodlari keltirilgan sutemizuvchilarni belgilang.
A. Tur. B. Qulon. V. Muflon. G. Prjevalskiy oti. D. Tarpan. E. Zubr. J. To`ng’iz.
Z. Jayron. I. Bo`ri. K. Yelik. L. Tog’ echkisi. M. Morxo`r.
11. Noto`liq tishlilar turkumi vakillarini ko`rsating. A. Chumolixo`r.
B. Yerqazar. V. Yasher. G. Yalqov. D. Daman. E. Zirxli. J. Dyugon. Z. Lamantin.
I. Steller sigiri.
12. Hasharotxo`rlar turkumi vakillarini ko`rsating. A. Tipratikan.
B. Shomshapalak. V. Krot. G. Ko`rshapalak. D. Yerqazar. E. Chumolixo`r. J. Vixu-xol. Z. Latcha.
13. Xaltali sutemizuvchilar turkumi vakillarini ko`rsating. A. Yexidna.
B. Opossum. V. Proyexidna. G. Koala. D. Vombat. E. Bo`rsiq. J. Kenguru. Z. Gib-bon.
14. Qadoqoyoqlilar turkumi vakillarini ko`rsating. A. Yelik. B. Yevropa kiyigi. V. Bir o`rkachli tuya. G. Vikunya. D. Jirafa. E. Ikki o`rkachli tuya. J. Kabarga. Z. Lama. I. Alpaka. K. Okapi. L. Guanako. M. Daman.
15. Sutemizuvchilarning asosiy ekologik guruhlarini ko`rsating. A. Yer ustida yashovchilar. B. Ochiq joyda yashovchilar. V. O`rmon va butazorda yashovchilar.
G. Yer ostida yashovchilar. D. Suvda yashovchilar. E. Uchar darrandalar. J. Daraxtda yashovchilar. Z. Cho`lda yashovchilar. I. Botqoqda yashovchilar. K. Tog’da yashovchilar. L. Tutqinlikda yashovchilar. M. Hayvonot bog’ida yashovchilar.
16. Chala maymunlarni ko`rsating. A. Lemur. B. Lori. V. O`rgimchaksimon maymun. G. Martishka. D. Uzuntovon. E. Makaka.
17. Juft tuyoqlilar uchun xos bo`lgan xususiyatlarni ko`rsating. A. 2 va 4 barmoqlari yaxshi rivojlangan. B. 3 va 4 barmoqlari yaxshi rivojlangan. V. 1 va 4 barmoqlari yaxshi rivojlangan. G. 3 va 4 barmoklari rivojlanmagan yoki umuman bo`lmaydi. D. 2 va 5 barmoqlari yaxshi rivojlanmagan yoki umuman bo`lmaydi.
E. O`mrov suyagi bo`lmaydi. J. O`mrov suyagi bo`ladi.