Личинка хордалилар (Urochordata) ¸ки šобиšлилар (Tunicata) кенжа типи


Dehqonchumchuqlar (Emberizidae) oilasi



Download 30,53 Mb.
bet241/364
Sana12.07.2022
Hajmi30,53 Mb.
#781312
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   364
Bog'liq
Зоология дадаев

Dehqonchumchuqlar (Emberizidae) oilasi vakillarining tanasi uzunligi 12,5-20 sm, tumshug’i konussimon o`tkir, ba`zan yo`g’onlashgan ustki va ostki kesuvchi qirralari ichiga bukilgan. 317 ta turi bor. Amerikada ko`p uchraydi. Ochiq joylarda yashaydi. MDHda 27 ta turi va O`zbekistonda 16 ta turi uchraydi. Dehqonchumchuqlar juda yoqimli sayraydi. Yerda uya quradi. 2-6 ta tuxum qo`yadi. O`simliklar urug’i va hasharotlar bilan oziqlanadi.
Ko`pchilik turlari asosan qushlar uchib o`tadigan erta bahor va kuz faslida uchrashi sababli dehqonchumchuqlar deyiladi. Tipik vakillariga tariqxo`r dehqonchumchuq (Emberiza calandra), oddiy dehqonchumchuq (Emberiza cinirella), tog’ dehqonchumchug’i (Emberiza cia), to`qay dehqonchumchug’i (Emberiza schoeniclus), vahimaqush (Emberiza rustica), bog’ dehqonchumchug’i (Emberiza hortulana) va boshqalar kiradi.
Moyqutlar (Sylviidae) oilasi vakillarining tana uzunligi 10-12 sm atrofida. Patlari xira kulrang, qo`ng’ir yoki yashil tusda bo`ladi. 240 ga yaqin turi ma`lum. MDHda 54 ta turi va O`zbekistonda 36 ta turi uchraydi. Yevropa, Osiyo, Afrika, ayrim turlari Avstraliyada tarqalgan. O`rmon, butazor, bog’lar, qamishzor va dashtlarda yashaydi. Hasharotlar va mevalar bilan oziqlanadi. 3-12 ta tuxum qo`yadi. Tipik vakillariga to`qay chumchug’i (Cettia cetti), Hind to`qay chumchug’i (Acrocephalus agricola), bog’ to`qay chumchug’i (Acrocephalus dumetorum), sayroqi moyqut (Sylvia hortensis), kulrang moyqut (Sylvia communis), cho`l moyquti (Sylvia nana), jiq-jiq (Scotocersa inguieta) va boshqalar kiradi.


VI.3. Qushlarning ekologiyasi


Umumiy tarqalishi va yashash sharoitlari. Qushlarning havo muhitini egallab faol uchishi, issiqqonlilik, markaziy nerv sistemasining yuksak darajada rivojlanganligi ularning yer yuzida keng tarqalishi uchun juda katta imkoniyat bergan. Qushlar ingichka daraxt shoxlaridan, borib bo`lmaydigan qoyalardan, bag’ri keng okeanlar ustidan uchib o`tib o`z ozuqasini topadi. Ular oziq qidirib uzoq hududlarga uchib boradi. Shuning uchun qushlarning oziqlanadigan, urchish va dam oladigan joylari bir-biriga bog’liq bo`lishi shart emas. Masalan: jarqaldirg’ochlar oziq axtarib 1000 km gacha bo`lgan masofani uchib o`tadi. Uchish layoqati qushlar uchun doimiy boshpana o`rnini ham bosadi. Masalan: daraxtlarda dam olib turgan qush xavf tug’ilganda darhol uchib ketadi.
Qushlarning ucha olish xususiyatidan tashqari, ulardagi moddalar almashinuvining kuchli rivojlanganligi va tana haroratining yuqori bo`lishi ham ularning keng tarqalishiga sabab bo`ladi. Qushlar 8500 m balandliklarda, tog’ cho`qqilarida, qurib qaqrab yotgan cho`l-sahrolarda, okeanlarda ham uchraydi. Qushlarning yashash sharoitlari qancha xilma-xil bo`lsa, ularning turi shunchalik ko`p bo`ladi. Turli qushlarning vertikal tarqalishi ham xilma-xil. Masalan: Yangi Gvineyada kazuarlar dengiz sathidan 2000 m balandlikka ko`tariladi.
Qumoylar va tasqaralar 7000 m balandlikda uchratilgan, kolibrilar ham 4550 m balandlikda ucha oladi. Baliqchilar va chigirtkalar 4700 m balandlikda uchraydi. Pingvinlar, gagalar, qoravoylar oziq tutish uchun 20 m gacha chuqurlikka suvga sho`ng’ishi mumkin. Xullas, qushlar yer yuzida keng tarqalgan, ya`ni ular Janubiy qutbdan tortib, pingvinlar yashaydigan Shimoliy qutbgacha kirib boradi. Masalan: Frants-Iosif yerlarida (81°5’ shimoliy kenglikda) 8 tur qush uya quradi. Grant yerida (82° va 83° shimoliy kenglikda) kichik gagarka, tupik, baliqchilarning 3 ta turi va kayralar uchratilgan hamda oq yapaloqqush, qutb kuropatkasi, punochka, loyxo`raklarning ayrim turlari, chigirtchi, gaga, qora kazarkalarning uya qurishi aniqlangan.
Qushlarning ko`pchilik turlari, ya`ni 80%, asosan tropik mintaqalarda yashaydi; shimolga va janubga qarab borilgan sari ularning turlari kamayib boradi. Shuningdek, qushlarning turlari o`rmonlarda ko`p bo`lsa, cho`l va tundraga borgan sari kamayib boradi. Masalan: Rossiya Federatsiyasining Arxangelsk viloyatiga qarashli hududlarda va O`rta Osiyo cho`llarida (Qizilqum, Qoraqum) 60 ga yaqin qushlar turi uya quradi. Umuman, qushlarning har xil sharoitga yashashga moslanishi ularning tuzilishi va hayot kechirishiga ta`sir ko`rsatadi. Shuning uchun ham turli qushlar ayrim chegaralangan hududlardagina yashay oladi.
Uchish qushlar ekologiyasida katta ahamyatga ega. Faqat pingvinlar va ko`kraktojsizlar katta turkumlarining vakillarigina haqiqiy uchish layoqatini yo`qotgan. Ukki, to`ti, cuvmoshaklarning ayrim turlari, qanotsiz gagarka, dront va pustinnik degan kaptar turlari ham ucholmaydi.
Ma`lumki, qushlarda asosiy uchish organi ularning qanotlari hisoblanadi. Qushlarning uchish aerodinamikasi ancha murakkab va hozirga qadar to`liq aniqlanmagan. Uchishning jismoniy asosini shunday xarakterlash mumkin: qanotining ustki tomoni gumbazdek ko`tarilgan, pastki tomoni esa botib kirgan bo`ladi. Natijada qanot ko`tarilganda havo uning ustidan osonlik bilan o`tadi, qanot pastga tushirilganda esa qanot ostida havo girdobsimon harakat qilib, qushni yuqoriga ko`taradi.
Qanotning oldingi cheti ancha yo`g’on (bu yerda suyak, muskul va bir necha qavat patlar joylashgan) va baquvvat, orqa cheti esa ingichka va egiluvchan bo`ladi, shuning uchun qanot pastga tushganda, uning shu cheti bir oz yuqoriga ko`tariladi, buning natijasida oldinga qarab ta`sir ko`rsatadigan bosim hosil bo`ladi. Qush havoda o`zini tutib turish bilan birga harakat ham qiladi. Qanotni yuqoriga ko`targanda qoquv patlari ozgina aylanadi va havoni o`tkazadi, shu sababli ko`tarilish uchun kam kuch sarf qilinadi. Qanotning keyingi uchi yuqoriga va keyinga harakat qilishi natijasida qo`shimcha tortish kuchi paydo bo`ladi, qanotning asosiy qismi esa ko`tarilish kuchini hosil qiladi. Ko`tarilish kuchi uchayotgan qush tanasi va dumini havo aylanib o`tganda ham hosil bo`ladi. Uchish, asosan ikki xil bo`ladi, ya`ni qanot qoqib uchish va parvoz qilib uchish.

Download 30,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   364




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish