Личинка хордалилар (Urochordata) ¸ки šобиšлилар (Tunicata) кенжа типи


Sassiqpopishaklar (Upupidae) oilasiga



Download 30,53 Mb.
bet234/364
Sana12.07.2022
Hajmi30,53 Mb.
#781312
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   364
Bog'liq
Зоология дадаев

Sassiqpopishaklar (Upupidae) oilasiga bitta chug’urchuqdan kichikroq boshida (ensasida) kattakon kokilli toji, uzun, ingichka, biroz pastga qayrilgan tumshug’i bo`lgan oddiy sassiqpopishak (Upupa epops) kiradi. U, asosan yerda, daraxtda, tog’ etaklari va tog’larda 2000 m gacha balandlikda uchraydi. Yevropa, Osiyo va Afrikada tarqalgan. Qishlash uchun shimoliy hudulardan janubga uchib ketadi. O`zbekistonga mart oyining boshlarida uchib keladi. Sentyabr–oktyabrda uchib ketadi. Up-up-up-up lab ovoz chiqarib sayraydi. Sassiqpopishakning qanoti oq qora yo`l-yo`l, sarg’ish jigarrang. Urchish davrida bu qushlar juft-juft bo`lib yashaydi. Tanasining uzunligi o`rtacha 28 sm, vazni 70 g keladi.
Aprelning boshlarida eski daraxtlar kovagiga, bo`g’ot tagiga, devor yorig’iga 4-6 ta tuxum qo`yadi. Tuxumlari yumaloq, sutga o`xshash oq bo`lib, kulrang, ko`kimtir yoki sarg’ish g’ubori bor.
Tuxumini urg’ochisi bosib yotadi, erkagi esa urg’ochisini bu vaqtda boqadi. Inkubatsiya davri 15-20 kun. Uyasida ivirsiq, tashlandiqlar, tezak to`lib yotadi. Sassiqpopishaklar dumg’aza bezidan ham sassiq qoramtir suyuqlik chiqaradi, bu esa ularni dushmandan saqlaydi. Sassiqpopishaklar hasharotlardan, asosan qo`ng’izlar, buzoqboshi, chigirtka, pashsha va boshqa zararkunandalarni yo`q qilib foyda keltiradi. O`ljasini yutish uchun uni yuqoriga irg’itib, so`ngra tumshug’ini ochib tutib oladi.
Karkidon qushlar (Bucerotidae) oilasi ham ko`kqarg’asimonlar turkumga kirib, ular Osiyo va Afrikaning tropik o`rmonlarida yashaydi. Tumshug’i keskin pastga egilganligi va tumshug’ining ustida katta shoxsimon o`simtasi borligi uchun karkidon qush deb nom berilgan. Tanasining uzunligi 50 sm dan 165 sm gacha, vazni esa 15 g dan 4 kg gacha boradi. Karkidon qushlarning dumi uzun, barmoqlari bir-biriga birikkan. 45 ta turi bor. Ho`l mevalar va hasharotlar bilan oziqlanadi. Daraxt kovagiga uya quradi. Uyasiga 1-5 ta tuxum qo`yadi, tuxumini urg’ochisi bosib yotadi. Inkubatsiya davri 1 oy. Erkagi uya teshigini loy bilan shuvab qo`yadi, uyasida ozroq teshik qoldirib, erkagi shu teshik orqali urg’ochisini va tuxumdan chiqqan jo`jalarini boqadi. Bu jarayon 3 haftacha davom etadi. Tipik vakillaridan biri ikki shoxli kalao (Buceros bicirnis) hisoblanadi.

Download 30,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   364




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish