Личинка хордалилар (Urochordata) ¸ки šобиšлилар (Tunicata) кенжа типи



Download 30,53 Mb.
bet147/364
Sana12.07.2022
Hajmi30,53 Mb.
#781312
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   364
Bog'liq
Зоология дадаев

Dumg’aza umurtqalari. Dumg’aza qismi ikkita umurtqadan iborat. Bu umurtqalarning ko`ndalang o`simtalari serbar bo`lib chanoq kamariga birikadi.
Dum umurtqalari. Sudralib yuruvchilarning dum umurtqalari 15 tadan 40 tagacha boradi. Ularning oldingilari dumg’aza umurtqalariga o`xshash, biroq tanalari uzun, ko`ndalang o`simtalari ingichkaroq, ostist o`simtalari esa uzunroq bo`ladi. Orqadagi dum umurtqalari sekin-asta kichrayadi, ostist o`simtalari yo`qoladi va kalta-kalta suyakchalarga aylanadi. Ilonlar bilan oyoqsiz kaltakesaklarning umurtqa pog’onasi faqat tana va dum umurtqalariga bo`linadi. Timsohlarda odatda bo`yin umurtqalari 9 ta, ko`krak umurtqalari 12-13 ta, bel umurtqalari 2-4 ta, dumg’aza umurtqalari 2-3 ta va dum umurtqalari 30-40 ta bo`ladi.
Bosh skeleti. Suvda hamda quruqlikda yashovchilarga qarshi o`laroq sudralib yuruvchilarning bosh skeleti suyaklardan (faqat hidlov va qisman eshituv bo`limidagina tog’ay saqlanib qolgan) iborat bo`lib suyaklarning soni juda ko`p. Bosh skeletining miya qutisi (neurokranium) va yuz-vistseral bo`limlari embrional rivojlanishda mustaqil taraqqiy etsada, voyaga yetgan sudralib yuruvchilarda ular birikib ketadi. Bosh skeletning tarkibiga birlamchi almashinuvchi va ko`p sondagi ikkilamchi - qoplovchi suyaklar kiradi.
Miya qutisi (neurokranium). Ensa bo`limida to`rtta: ikkita yon ensa, bitta ustki ensa va bitta asosiy ensa suyaklari bor (114-rasm). Bular kelib chiqishi jihatidan birlamchi suyaklardir. Bu suyaklar katta ensa teshigini o`rab olgan. Ensa teshigining ostida bitta ensa bo`rtmasi bo`lib, buning vujudga kelishida asosiy ensa suyagi hamda yon ensa suyaklari ishtirok etadi.



114-rasm. Kaltakesakning bosh skeleti: I-yuqoridan, II-pastdan, III-yon tomondan ko`rinishi:
1- tepa suyagi (1-tepa organ teshigi), 2-peshona suyagi, 3-peshona oldi suyagi, 4-ko`z ostki suyagi, 5-ko`z keyingi suyagi, 6-burun suyagi, 7- usiki jag’ suyagi, 8-jag’lararo suyagi, 9-dimog’ suyagi, 10-tanglay suyagi, 11-xoanalar, 12-qanotsimon suyak, 12-qanotsimon suyakdagi tishchalar,
13- kvadrat suyak, 14-ko`ndalang suyaklar, 15- pastki jag’ suyagi, 16-ensa bo`rtmasi, 17-asosiy ponasimon suyak, 18-parasfenoid qoldig’i, 19- yonoq suyagi, 20-yosh suyagi, 21-pog’onasimon suyak, 22-tangacha suyak, 23-chakka usti suyagi, 24-tish suyagi, 25-birikuvchi suyak, 26-burchak suyagi, 27-burchak ustki suyagi, 28-toj suyagi.


Sudralib yuruvchilarda bitta ensa bo`rtmasining bo`lishi ular uchun xarakterlidir. Boshning bitta ensa bo`rtmasi orqali birinchi bo`yin umurtqasi - atlasga birikishi sudralib yuruvchilar boshining harakatchanligini ta`minlaydi.
Eshituv bo`limida birlamchi suyaklardan faqat bir juft (har tomonda bittadan) oldingi quloq suyagi saqlanib qolgan, boshqa ikkitasi esa qo`shni suyaklarga (ustki quloq suyagi ustki ensa suyagiga, keyingi quloq suyagi yon ensa suyaklariga) qo`shilib ketadi. Sudralib yuruvchilarning ko`pchiligida ko`zlararo to`siq yupqa parda ko`rinishida bo`lib, faqat timsoh va kaltakesaklardagina qisman mayda suyakchalar mavjud. Barcha sudralib yuruvchilarning hidlov bo`limida suyaklar yo`q. Bu bo`lim tog’ayligicha qolgan. Asosiy ensa suyagiga serbargina asosiy ponasimon suyak qo`shiladi. Bu suyak sudralib yuruvchilar va boshqa barcha amniotalarda miya qutisining tag tomonini va butun bosh skelet asosini tashkil etadi. Miya qutisi tubining oldingi qismida qoplag’ich suyakdan faqat juft dimog’ suyaklari yaxshi sezilib turadi. Umurtqali hayvonlar uchun xarakterli bo`lgan tubandagi qoplag’ich suyaklar miya qopqog’i va miya qutisining yon devorlarini hosil qiladi: toq tepa suyagi, bir juft manglay suyagi va toq burun suyagi.
Toq burun suyagi echkemarlarda qo`shilib toq suyakka aylangan, boshqa sudralib yuruvchilarda ular bir juft bo`ladi.
Echkemarning manglay suyaklari oldida juft manglay oldi suyagi, ko`z oldi suyagi va ko`z kosasining oldingi devorida juft ko`z yosh suyaklari joylashgan. Miya qutisining yuqorida aytilgan qoplag’ich suyaklaridan tashqari uning chakka yoylari tarkibiga kiruvchi suyaklar bor. Echkemarda ustki chakka chuqurchasi orqa manglay suyagi va ustki chakka yoy (tangachasimon suyakdan iborat) bilan chegaralangan. Pastki chakka yoy tarkibidagi kvadrat-yonoq suyagi redukdiyalanganligi sababli yon chakka yoylari tashqi tomondan bekilmasdan ochiq qolgan. Shuning uchun echkemar bosh skeletining pastki chakka yoyi reduktsiyalangan, ya`ni diapsid (ikki yoylik) tipda tuzilgan deyiladi. Ba`zi tur kaltakesaklarda qisman ustki chakka yoylar, ilonlarda esa har ikkala yoy ham reduktsiyalangan (manglay orqa suyagi bilan tangachasimon suyaklarning o`zaro birikmasligi natijasida har ikkala chakka chuqurchasi ham tashqi tomondan ochiq qoladi).

Download 30,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   364




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish