Личинка хордалилар (Urochordata) ¸ки šобиšлилар (Tunicata) кенжа типи


Bolg’aboshli akulalar (Sphyrnidae)



Download 30,53 Mb.
bet57/364
Sana12.07.2022
Hajmi30,53 Mb.
#781312
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   364
Bog'liq
Зоология дадаев

Bolg’aboshli akulalar (Sphyrnidae) oilasiga 7 ta tur kiradi. Asosiy vakili gigant bolg’abosh akula (Sphyrna makarran)ning uzunligi 4,5-6 m keladi. Uning boshi bolg’aga o`xshaydi. Boshining uzunligi 2 m gacha borib, tanasiga nisbatan perpendikulyar joylashgan. Boshining chekkalarida mayda ko`zlari joylashgan.
Bolg’aboshli akulalar Tinch va Hind okeanlarining tropik va subtropik qismida uchraydi. Yoz oylarida Angliyaga va MDHning Uzoq Sharq sohillariga ham o`tadi. Bolg’aboshli akulalarning uzunligi 4,5-7 m gacha boradi. Og’irligi 400 kg dan ortiq. Bolg’aboshli akulalar tirik va tuxumdan tirik tug’adi. Bitta urg’ochi bolg’aboshli akula uzunligi 40-50 sm keladigan 6-9 tadan 30-40 tagacha tirik tug’adi.
Ular mollyuskalar, qisqichbaqasimonlar va baliqlar bilan oziqlanadi. Bolg’aboshli akulalar odamga ham hujum qilishi mumkin. Ularning oshqozonidan odam tana qoldiqlari topilgan. Go`shti iste`mol qilinadi, jigaridan baliq yog’i olinadi, terisidan ham foydalaniladi.
Dalatsimonlar yoki to`g’ri og’izlilar (Dalatiidae) oilasiga 12 ta tur kiradi. Qutb akulasi bu oilaning tipik vakili hisoblanadi. U Atlantika okeaning shimoliy qismida, MDHda Barents dengizida ko`p uchraydi. Uzunligi 7-8 m, og’irligi 1 t dan ortiq. Yozda ular 1000 m chuqurlikda, qishda esa suvning ustki qatlamida yashaydi. Himoya rangiga ega.
Gavdasining rangi to`q jigarrang, ustki jag’idagi tishlari mayda, siyrak va uchli, pastki jag’idagi tishlari esa to`rtburchak shaklda keng bo`ladi. Qutb akulasi ham yirtqich hisoblanadi. Ular, asosan umurtqasiz hayvonlar, ba`zan esa tyulen, kit kabi sutemizuvchilarning o`limtiklari bilan ham oziqlanadi. Tuxum qo`yib ko`payadi, 500 tagacha tuxum qo`yadi.
Qutb akulasi Murmansk atroflarida ko`plab ovlanadi. Jigaridan vitaminga boy bo`lgan baliq yog’i olinadi. Go`shti ovqatga ishlatiladi. Terisidan ham foydalaniladi.
Dengiz avliyolari (Squatinidae) oilasiga 11 ta tur kiradi. Ular tashqi tomondan skatlarga o`xshab tanasi yapaloq shaklda bo`ladi. Gavdasi yassilangan, ko`krak va qorin suzgich qanotlari keng va katta. Og’zi tumshug’i uchida va jabra yoriqlari yon tomonida joylashgan. Yevropa dengiz avliyosi (Squatina squatina) O`rta yer dengizida va Yevropaning Atlantika okeani qirg’oqlrida uchraydi. Ularning uzunligi 2,5 m gacha va og’irligi 100 kg gacha boradi. Baliqlar va bentos umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi. Tuxum qo`yib yoki tuxumdan tirik tug’ib ko`payadi. Dengiz avliyosi chiroyli, yaltiroq haqiqatdan ham farishtaga, avliyoga o`xshaydi. Umuman, dengiz avliyolari gavdasining tuzilishi jihatidan ma`lum darajada akulalar bilan skatlarning oraliq formasi hisoblanadi. Dengiz avliyolari suv tubida hayot kechiradi.
Akulalar turkumiga yana mako, dengiz tulkisi, zebrasimon akulalar va boshqa tur akulalar ham kiradi.

Download 30,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   364




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish