185-rasm. Bir kunlik jo`jalar: 1-dasht yo`rg’a to`rg’ayining jish jo`jasi, 2-qironqoraning
jo`jasi (oraliq guruh), 3-ko`k kuropatkaning jo`jasi.
Jish jo`ja ochuvchi qushlarning jo`jasi yetilmagan holda tuxumdan chiqadi. Ularning ko`zlari yumiq, usti yalang’och, patsiz yoki siyrak par bilan qoplangan bo`lib, o`z holicha ovqat yeya olmaydi va uzoq muddatda ota-onasining parvarishiga muhtoj bo`ladi, shunga ko`ra uzoq vaqtga qadar uyasida yashaydi. Jish jo`ja ochuvchi qushlarga barcha chumchuqsimonlar, qizilishtonlar, kaptarlar, yapaloqqushlar, kurakoyoqlilar, kolibrilar, ko`kqarg’alar kiradi.
Boyqushlar, lochinsimonlar, baliqchilar, chistiklar, gagaralar, balchiq-chilarning bir nechta turlari jish jo`ja ochuvchi qushlar bilan jo`ja ochuvchi qushlarning o`rtasida turuvchi oraliq holatni egallaydi. Ular rivojlanishiga qarab jo`ja ochuvchi qushlarga ancha yaqin turadi, ko`zlari ochiq, terisi qalin par bilan qoplangan bo`lsada, ota-onalarining parvarishiga muhtoj bo`ladi.
Jo`ja ochuvchi qushlarning jo`jalari rosa yetilgan bo`lib, ularning ko`z-quloqlari ochilgan va usti qalin par bilan qoplangan holda tuxumdan chiqadi. Ular tuxumdan chiqqandan usti qurir-qurimas ota-onasining orqasidan yurib donlay oladi. Bu guruhga asosan, quruqlikda – yerda yuruvchi va suvda suzuvchi qushlar, ya`ni tuyaqushsimonlar, tovuqsimonlar, tuvaloqlar, turnalar, suvmoshaklar, g’ozsimonlar, bulduruqlar va flamingolar kiradi.
Uya paratizmi. Ba`zi qushlar uya qurmay va tuxum bosmay, balki tuxumini boshqa qushlarning uyasiga qo`yadi va o`z nasliga g’amxo`rlik qilishni boshqa qushlarga yuklaydi. Bunday qushlarga ko`pgina kakkular, ayrim tur Afrika to`qimachi qushlari, Amerika chug’urchuqlari, Amerika asalchilari va Janubiy Amerika o`rdagi kiradi. Masalan: kakkularning tuxum qo`yish davri bir oydan ortiq bo`lib, har 3-5 kunda bitta tuxum qo`yadi, ular tuxumlarini birinchi marta yerga qo`yadi, so`ngra tumshug’iga olib, boshqa qushlarning uyasiga uchib boradi va turli uyalarga 1 tadan tuxum tashlab ketadi.
Kakkuning tuxumi tez rivojlanib, uyadagi qushlarning o`zi qo`ygan tuxumlarni va jo`jalarini uyadan chiqarib tashlaydi, ya`ni kakku jo`jasi, begona qush tuxumi va bolasini tagiga kirib, uni ikkita kuragi orqasiga olib silkinib oyoqqa turadi va yelkasidagi tuxum yoki jish jo`jani uyadan yerga tashlab yuboradi. Uyada yolg’iz qolgan kakku jo`jasi o`sha uyadagi qushning barcha g’amxo`rligidan bahramand bo`ladi.
Har xil qushlar, turli yoshda voyaga yetadi. Masalan: ko`pchilik chumchuq-simonlar 8-12 oyligida jinsiy voyaga yetadi. Yirik chumchuqsimonlardan qarg’a, shuningdek, o`rdaklar, mayda baliqchilar va mayda lochinsimonlar 2 yilda, yirik baliqchilar, gagaralar, burgutlar, yirik g’ozsimonlar 3 yilda, tuyaqushlar esa 4-5 yoshida jinsiy voyaga yetadi.
Tabiiy sharoitda yashaydigan qushlarning qanchagacha umr ko`rishi to`g’ri-sida aniq ma`lumotlar hozirgacha unchalik ko`p emas. Faqatgina tamg’alangan qushlar bo`yicha yig’ilgan ma`lumotlar asosida qushlarni qancha umr ko`rishini aniqlash mumkin. Tabiiy sharoitda kayralar 14 yilgacha, quzg’unlar 8 yilgacha, qarqaralar, ya`ni qo`tonlar 15 yilgacha, chug’urchuqlar 12 yilgacha, yovvoyi o`rdaklar 17 yilgacha yashashi mumkin. Adabiyotlarda keltirilishicha katta, ya`ni yirik qushlar 50-60 yil, mayda qushlar esa 20-25 yilgacha yashashi mumkin. Afrika tuyaqushi eng ko`pi bilan 40 yil umr ko`radi, qarg’alar 69 yilgacha, to`tilar 102 yilgacha, kaljo`rchi 101 yilgacha va qumoy 117 yilgacha umr ko`rishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |