Личинка хордалилар (Urochordata) ¸ки šобиšлилар (Tunicata) кенжа типи


To`qimachilar (Passeridae) oilasining



Download 30,53 Mb.
bet240/364
Sana12.07.2022
Hajmi30,53 Mb.
#781312
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   364
Bog'liq
Зоология дадаев

To`qimachilar (Passeridae) oilasining vakillari tropik va subtropiklarda yashaydigan mayda qushlardir. Bu oilaga Afrikadagi ko`pgina to`qimachilar kiradi, yaxshi ucha olmaydi. To`qimachilar oilasi vakillarining tanasi uzunligi 7-19 sm va vazni 15-100 g atrofida. 200 ga yaqin turi ma`lum. O`zbekistonda 8 ta turi uchraydi. Ular Yevropa, Osiyo, Afrika va Avstraliyada tarqalgan. Ko`pchilik turlari Sharqiy yarimsharning tropik va subtropik hududlarida, daraxt kam bo`lgan ochiq maydonlarda yashaydi. Yerda sakrab harakat qiladi. Juft-juft yoki koloniya bo`lib, daraxt va butalarga chiroyli uya quradi. Uyasi turli shaklda bo`lib, o`simlik tolalari va barglaridan to`qiydi. Yilda 1-2 marta 3-6 ta tuxum qo`yadi. Tuxumini 11-12 kun bosadi, tuxumdan chiqqan bolalarini esa 12-20 kun boqadi. To`qimachilar, asosan o`simlik urug’lari, mevalar va hasharotlar bilan oziqlanadi. O`zbekistonda uchraydigan tipik turlariga uy chumchug’i (Passer domesticus), Hind chumchug’i (Passer indicus), dala chumchug’i (Passer montanus), cho`l chumchug’i (Passer simplex) va boshqalar kiradi.
Jannatqushlar (Paradisaeidae) oilasining vakillari Avstraliya va uning atrofidagi orollarda ayniqsa, Yangi Gvineya o`rmonlarida ko`p tarqalgan. Jannatqushlarning pati juda chiroyli va yaltiroq bo`lganligi uchun ularni jannatqushi deyiladi. Jannatqushlarning hajmi qorayaloqdan quzg’ungacha kattalikda bo`ladi. Uzunligi 14 sm dan 100 sm gacha boradi. Ayrim turlarining dum patlari juda uzun bo`ladi. Urchish davrida erkak jannatqush daraxt shoxiga qo`nib, boshini pastga egib, baland tovush chiqarib sayraydi va tebrana boshlaydi. Tebranishini tobora tezlashtirib, qanot va qoplag’ich patlarini keng yoyadi va keyin asta-sekin tushiradi. Bunday harakat bir necha marta takrorlanadi. Erkak jannatqushlar urg’ochisini shunday harakatlar bilan o`ziga jalb qiladi. Ular uyasini daraxtning baland shoxlariga kosasimon qilib quradi va uyasiga 1-2 ta tuxum qo`yadi. Bu oilaning 43 ta turi bor. Ko`pchiligi poligam. Asosiy vakillariga qirol jannatqushi (Cicinnurus regius), kichik jannatqush (Paradisaea minor), papuas jannatqushi, oltin patli jannatqush, yoqali jannatqush, oddiy jannatqush, pashshatutar jannatqush, bokira jannatqush va boshqa turlari kiradi.
Jannat qushlar hammaxo`r. Ularning patlari bosh kiyim va kiyim-kechaklarni bezashda ishlatiladi. 9 ta turi Halqaro «Qizil kitob»ga kiritilgan.

Download 30,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   364




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish