Mavzu: o'zbek leksiko grafikasi bir tillik va kop tilli lug'atlar
Reja:
Leksikografiya - lug’atshunoslikni o’rganuvchi fan
Leksikografiya (leksika va ... grafiya) — 1) lugʻatlar tuzish, amaliy lugʻatchilik. Amaliy lugʻatchilik lugʻatlar tuzish barobarida bir qator ijtimoiy muhim vazifalarni bajaradi: oʻz va oʻzga tillarni oʻrganish; ona tilini tavsiflash va meʼyorlashtirish (izohli, imlo va boshqa turdagi lugʻatlar yordamida); tillararo aloqa-munosabatni taʼminlash (ikki va koʻp tilli lugʻatlar, soʻzlashgichlar); muayyan til leksikasini ilmiy oʻrganish (etimologik, tarixiy lugʻatlar) va boshqa L. lugʻat tuzish ishi sifatida turli xalqlarda yozuv taraqqiyotining ilk bosqichlarida u yoki bu tushunarsiz (eskirgan, dialektal, maxsus yoki chet tilga mansub) soʻzning qanday maʼno anglatishini bilish ehtiyoji natijasida paydo boʻlgan. Dastlabki tuzilgan lugʻatlar umumlashgan, universal xususiyatga ega boʻlgan (lugʻatlarning turli shakllari, koʻrinishlari keyingi davrlarda yuzaga kelgan). Oʻzbek L.si tarixi Mahmud Koshgʻariyning "Devonu lugʻotit turk" asaridan boshlangan deb aytish mumkin. Ushbu lugʻat faqat soʻzlar va ularning maʼnolarini tavsiflab qolmasdan, turkiy xalqlar tarixi, urf-odatlari, geografik joylashuvi kabi keng maʼlumotlar manbai hisoblanadi. Shu bilan birga u dastlabki ikki tilli (turkiycha-arabcha) lugʻatlardandir. Mahmud Zamaxshariy oʻzining "Asos ul-balogʻa", "Muqaddimat ul-adab" asarlari bilan ham amaliy, ham nazariy L.ning rivojiga ulkan hissa qoʻshdi. Alisher Navoiy ijodiga boʻlgan katta qiziqish 15-asrdan keyingi davrda bir qancha lugʻatlarning yaratilishiga sabab boʻldi: "Abushqa" (16-asr, Turkiya) izohli lugʻati, Tole Imoni Hiraviyning "Badoye ul-lugʻat", Muhammad Rizo Xoksorning "Muntaxab ul-lugʻot", Mirzo Mahdiyxonning "Sangloh", shuningdek, Muhammad Yoqub Chingiyning "Kelurnoma", "Sulaymon Buxoriyning "Lugʻati chigʻatoiy va turki usmoniy" ("Chigʻatoycha-turkcha lugʻat"), Ishoqxon Ibratning "Lugʻati sitta as-sina" ("Olti tilli lugʻat") kabi lugʻatlarini koʻrsatish mumkin. 19-asr oxiri va 20-asr 1-choragida turli xil sabab va ehtiyojlar, davr taqozosi bilan Turkistonda ikki tilli L. rivoj topdi, oʻnlab ruscha-oʻzbekcha, oʻzbekcha-ruscha lugʻatlar, soʻzlashgichlar tuzilib nashr etildi. VM.Nalivkin va M.Na-livkinalarning 1884—1912 yillar mo-baynida bir necha marta nashr etilgan "Russko-sartovskiy i sartovsko-russkiy slovar" ("Ruscha-sartcha va sart-charuscha lugʻat"), Ashurali Zohiriy tomonidan 1927 yilda tuzilib, nashr ettirilgan 2 jildli "Ruscha-oʻzbekcha mukammal lugʻat" keyingi davrlarda Oʻzbekistonda yaratilgan ikki tilli lugʻatlar uchun asos boʻldi. Hozirgi kungacha 10 ga yaqin xorijiy til bilan oʻzbekchani qiyoslovchi koʻplab tarjima lugʻatlari, fan sohalariga oid 100 dan ziyod bir, ikki va uch tilli terminologik lugʻatlar yaratildi. Oʻzbek xalqi tarixida birinchi marta "Oʻzbek tilining izohli lugʻati" tuzilib, nashr etildi (1981). 20-asr oʻzbek lugʻatchiligi rivojiga A.Zohiriy, A.Qodiriy, Ye.D.Polivanov, A.K.Borovkov, V.V.Reshetov, S.Ibrohimov, Olim Usmon, Z.Maʼrufov, Sh.T. Rahmatullayev, N.Mamatov, A.Hojiyev, T.Aliqulov va boshqa munosib hissa qoʻshdilar. Respublika mustaqilligi tufayli oʻzbek L.si oldiga yangi davr talablariga javob beradigan ensiklopedik va lingvistik lugʻatlar yaratish vazifasi qoʻyilgan va bu vazifa oʻz oʻrni bilan amalga oshirilmoqda;2) tilshunoslikning lugʻatchilik nazariyasiga oid sohasi, lugʻatshunoslik; lugʻat turlari va ularni tuzishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish bilan shugʻullanadi. Nazariy L. bir qancha muammolarni qamrab oladi: lugʻatlarning umumiy tipologiyasini va yangi turdagi lugʻatlarni ishlab chiqish; lugʻat makrostrukturasini ishlab chiqish (soʻzlarni tanlab olish, soʻz va lugʻat maqolalarini joylashtirish tartibi, omonimlarni belgilash, lugʻat tarkibiga havola materiallarni kiritish); lugʻat mikrostrukturasini, yaʼni har bir lugʻat maqolasini ishlab chiqish (soʻzga grammatik va fonetik izoh berish, soʻz maʼnolarini ajratish va tasniflash, dalil sifatidagi illyustratsiyalar turlari, taʼriflash turlari, belgilar tizimi, soʻz etimologiyasi haqidagi maʼlumotlar) va boshqa L. tilshunoslikning barcha boʻlimlari, ayniqsa, leksikologiya bilan oʻzaro bogʻliq. L. ham amaliy, ham nazariy soha sifatida leksikologiya, uslubshunoslik, fonetikaga hamda til tarixi, tilning grammatik qurilishi haqidagi taʼlimotga suyangan holda ish koʻradi. Zamonaviy L. muayyan davr jamiyatidagi bilimlar majmuini aks ettiruvchi lugʻatlarning muhim ijtimoiy vazifasini alohida qayd etadi. L. lugʻatlar tipologiyasini ishlab chiqadi. Shu jihatdan bir tilli L. (izohli va boshqa lugʻatlar), ikki tilli L. (tarjima lugʻatlar), oʻquv L.si (til oʻrganishga maxsuslashgan lugʻatlar), ilmiy-texnik L. (terminologik lugʻatlar) oʻzaro farqlanadi. har qanday xalqning betakror milliy boyligi uning o’z so’zlari hamda turg’un iboralaridir. Zamon va makon ta’sirida tilning lug’at boyligi doimiy ravishda rivojlanib boradi. Hayot, turmush tarzi taraqqiyot va kashfiyotlar yangi-yangi so’zlar, tushunchalarni dunyoga keltiradi, ba’zi so’zlar esa eskirib iste’moldan chiqadi.Ana shunday dinamik rivojdagi bebaho boylikni o’z vaqtida tarix zarvaraqlariga muxrlash, tilning oltin sahifalarini durlash bilan to’ldirib boorish faqat matonatli, zahmatkash, fidokor tilshunos siymolar gagina nasib etadi. Bunday buyuklarning nomi abadiy hurmatda bo’ladi.
Buning yorqin isboti uchun bobomiz Mahmud Koshg’iy nomini tilga olish kifoyadir. Uning qariyib 1000 yil ilgari yaratgan turkiy tillar tahliliga bag’ishlangan “Devonu lug’atit turk” asari barcha turkey xalqlarning betakror boyligi hisoblanadi. Mahmud Koshg’ariyning nomi esa tarix sahifalariga abadiy muxrlandi.
Darvoqe, til lug’at boyligining nisbatan to’liq tahlili faqat lug’atlar orqali amalgam oshirilishi mumkin. Lug’atlar tuzishning nazariy va amaliy sohalari bilan shug’ullanuvchi fan leksikografiya deb nomlanadi.
Lexikographie - grek tilidan olingan bo’lib, lexicon - Worterbuch, grapho- ich schreibe, ya’ni so’zni izohlash, ifodalash ma’nosini beradi. Dunyo leksikografiyasi ming yillik tarihga ega bo’lsada, uning asosiy rivoji keyingi ikki-uch asrga to’g’ri keladi. Ilk bor oz sonli so’zlar va iboralardangina tashkil topgan qo’l yozmalardan boshlangan lug’atlar hozirgi kunga kelib tillarning yuz ming so’zlarni o’z ichiga olib, minglab adadda chop etilmoqda. Keyingi yillarda leksikografiyaning faqatgina amaliy tomoni emas, balki nazariy yo’nalishi, obyekti, predmeti shakllandi. Lug’at tuzish nazriyasi, amaliyoti tilshunoslikning mahsus sohasiga aylandi. Lug’atshunoslik tilshunoslikning mana shunday o’ta mashaqqatli, o’ta masulyatli sohasi bo’lganligi sababli ushbu savobli yo’nalish bilan yetuk, fidokor, millatparvar olimlar shug’ullanmoqdalar. Lug’at tuzish ishining naqadar mashaqqatli ekanligi, tuzuvchilarning fozil, sabrli , har qanday mayda-chuyda elementlarga ham o’ta sinchkovlik bilan yondashuvchilar ekanligini professor M.E. Umarxo’jayev Berlin akademiyasi lug’atshunoslik bo’limida kuzatgan edi. “Worterbuch der deutschen Gegenwartsschrache” lug’ati tuzilishi jarayonini kuzatganda, ustoz lug’atshunos olima Rut Klappenbax va uning rahbarligidagi lug’at tuzuvchilar har bir so’zning fo’netik shakli, morfologik qurilishi va ma’no turlarini bir necha yuzlab, xatto minglab uzoq tarixiy manbalardan olingan tasdiqlovchi misol- kartotekalar orqali hozirgi kundagi aniq holatni ifodalaganlariga guvoh bo’lgan. Rut Klappenbachning ish stoli yonidagi devorda orta asrlarning mashhur filologi Yustus Skaligerning lug’at tuzishning naqadar mashaqatli, og’ir va sharafli ish ekanligini betakror o’xshatishlar orqali ifodalagan ushbu misralari joy olgan edi: Agar kimdir og’ir mehnatu, azoblarga mahkum etilgan bo’lsa, unga temirchi-yu, konchilar mashaqqatini ravo ko’rmay qo’yaqol-da, unga lug’at tuzishni buyur: shu I ishning o’ziyoq barcha mashaqqatlarning mashaqqatlirog’idir. Ushbu sh’erning ruscha tarjimasi nazariy leksikografiyaning asoschilaridan biri mashhur tilshunos akademik L.V. Sherbaning ham e’tiborini tortgan ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |