Masalan, yuqoridagi tom- leksemasi faqat ma'no- leksemasi bilan-gina bog‘lanib keladi va to‘la, to‘liq kabi ma'noni anglatadi.
Asli arabcha bo‘lib, tilimizdagi tamom- leksemasining o‘zagiga borib bog‘lanadi, lekin o‘zbek tilida bu bog‘lanish sezilmaydi, natijada bu leksemaning nominativ ma'nosi anglashilmay qoladi
Leksemalar ishlatilish doirasi jihatidan avvalo ikkiga guruhlanadi: ishlatilish doirasi chegaralanmagan qatlam va ishlatilish doirasi chegaralangan qatlam. Ishlatilish doirasi chegaralanmagan qatlamni barcha o‘zbeklar uchun umumiy bo‘lgan leksemalar tashkil qiladi. Bu qatlamdagi leksemalar, yashash joyi, kasbi, madaniy saviyasi, jinsi, yoshi va boshqa belgilaridan qat'i nazar, o‘zbekcha gapiradigan har bir kishining nutqida ishlatiladi, o‘zbek tilida gapiruvchilarning barchasi uchun tushunarli bo‘ladi. O‘z-o‘zidan, bunday leksemalar kundalik turmushda zarur narsa, belgi kabilarning nomi bo‘ladi.
Turkum nuqtayi nazaridan yondashilsa, ishlatilish doirasi chegaralanmagan qatlamga butunicha (ba'zi juz'iy istisnolar bilan, albatta) yordamchilar deb nomlanadigan grammatik turkumlarga mansub birliklar kiritilishi lozim. Chunki, birinchidan, bunday birliklar o‘zi ko‘p emas, har gal shu oz miqdordagi birliklarga murojaat qilinadi. Ikkinchidan, bular asli grammatik vositalar sirasiga kiradi: leksik tomondan ko‘ra grammatik tomon ustun turadi, bu hol ularning umumiy va zaruriy bo‘lishini ta'minlaydi. Undovlar ham ishlatilish doirasi jihatidan grammatik turkumlar qatori baholanadi.
Leksema – til birligining, leksik birlikning nomi. Adabiyotlarda leksemaning mazmun jihati semema deyiladi. Biz semema terminiga boshqacha mundarija birkitish tarafdorimiz.
Sema (yun. sema — belgi) — mazmun, maʼno jihatining eng kichik birligi, semema (leksik maʼno)ning tarkibiy qismi. Mas, "atrof" leksemasining maʼnosi (sememasi) "hamma" va "tomon" S.laridan iborat. Yoki "daraxt" leksemasining sememasi "predmet", "oʻsimlik", "erda oʻsuvchi", "tanali", "ildizli", "shoxli", "bargli" va boshqa S.lardan tashkil topadi. Maʼlum leksiksemantik guruhga oid sememalardagi S.lar shu sememalar uchun umumiy yoki xususiy ekaniga koʻra, 2 asosiy turga boʻlinadi; umumiy, birlashtiruvchi (integral) S. va farqlovchi (differensial) S. Umumiy S. — bir semantik maydondagi sememalarning tutashtiruvchi Sema Mas, aka, opa, singil kabilardagi "qarindoshlik" Sema Chopmoq, oqmoq, sakramoq kabilardagi "harakat" Sema Farqlovchi S. — koʻp maʼnoli soʻz sememalaridan har birining oʻziga xos boʻlgan, ular sememasini birbiridan farqlaydigan S. Mas, aka, uka soʻzlari kattakichiklik S.si bilan, opa, aka soʻzlari esa jins S.si bilan farqlanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |