Leksema semema, sema - Bajardi:iskandarova Shohodat
Reja - 1. Leksikologiyani o’rganish, predmet vazifalari
- 2. leksemaning til birligi so’zning nutq birligi ekanligi.
- 3. Mustaqil va yordamchi leksemalar, sema
- 4. Nomema va semema.
- 5. xulosa
Leksema (yunoncha: lexis — soʻz, ifoda) — til qurilishining leksik maʼno anglatuvchi lugʻaviy birligi. L. bildiradigan maʼno soʻzning material qismi: maʼlum tovush kompleksini maʼlum obʼyektiv voqelikka bogʻlash bilan kishi ongida yuzaga keladigan mazmun-mundarija. Har qanday L. oʻzining fonelshlari ifodalagan maʼnosi va grammatik xususiyatlari birligidan iborat. Bunday birlik soʻz va iboralarda mavjud. Ularga nisbatan glossema, lugʻaviy morfema atamalari ham ishlatiladi. Mas, uy L.sining leksik maʼnosi. — "kishi yashaydigan bino", yugurmoq L.sining leksik maʼnosi — "bir joydan ikkinchi bir joyga shiddat bilan harakatlanmoq" va boshqa Shunga koʻra, ular lugaviy (semantik) maʼno jihatdangina emas, balki fonetik va grammatik jihatdan ham oʻrganilad
. L e k s e m a – asosiy, birlamchi til birligi bo‘lib, til qurilishining lug‘at boyligiga mansub; shunga ko‘ra lug‘at birligi, leksik birlik deb ham yuritiladi. Lug‘at boyligidagi leksemalar qatlamini o‘rganuvchi sohaga l e k- s e m i k a deyiladi (Adabiyotlarda leksikologiya termini ishlatiladi).
Leksemalarning ifoda jihatida sodir bo‘ladigan tovush o‘zgarishlari o‘zbek tili bo‘yicha yetarli o‘rganilmagan. Bu yerda ushbu murakkab masalalarning ayrim tomonlari to‘g‘risida mulohaza yuritiladi. Leksemaning tovush tarkibida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar qanchalik murakkab ekani quyidagi leksemalar tahlilida ochiq ko‘rinadi. Igna- leksemasi asli yigina- tovush tarkibiga ega bo‘lgan va qadimgi turkiy tildayoq ikkinchi bo‘g‘inidagi tor ovoz tovush talaffuz qilinmay yignashakli yuzaga kelgan.
Uch bo‘g‘inli leksemaning ikkinchi bo‘g‘inidagi tor ovoz tovushini talaffuz qilmaslik va shu usul bilan bunday leksemani ikki bo‘g‘inli leksemaga aylantirish (til iqtisodiyoti qonuni) – o‘zbek tiliga tarixan mansub bo‘lib, hozirgi tilda ham qisman amalda.
Har bir mustaqil leksema nominativ ma'no anglatadi. Shu bilan birga, nominativ ma'no unutiladi ham. Masalan, tom ma'noda, tom ma'nosi bilan kabi bog‘lanishlardagi tom- leksemasining nominativ ma'nosi juda nursizlanib qolgan. Nominativ ma'nosi unutilgan, yo‘qolgan leksema juda tor leksik kontekstli bo‘lib, doim ma'lum bir leksema qurshovida ishlatiladi. Natijada bu leksemaning leksik ma'nosi shu kontekst doirasida-gina izohlanadigan bo‘lib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |