Leksemada shakl va mazmun dialektikasining o‘ziga xosligi. Barcha narsalar shakl va mazmun yaxlitligidan iborat dialektik butunlik bo‘lganligi kabi leksema ham tashqi va ichki jihatdan tashkil topadi. Leksemaning tashqi qobig‘i nomema deb ataladi. Nomema grek tilidan morfema, sonema, leksema, semema so‘zlariga qiyosan yasalgan. Sonema morfemalarning tovush qobig‘ini anglatsa, nomema deganda leksemaning moddiy tomonini tashkil etgan nutq tovushlari nazarda tutiladi. Masalan, kitob leksemasining tashqi tomoni k + i + t + o + b tovushlari yig‘indisi. Albatta, bu tovushlarning shunchaki yig‘indisi, to‘plami emas, balki unli va undosh tovushlardan iborat fonetik butunlik, sistemadir.
ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |