Ushinskiyning ilm-fanni demokratik tarzda targ`ib etishi reaktsion doiralarga ma'qul tushmadi. 1849 yil sentyabrida Ushinskiy va uning do`stlari, demokratik ruhdagi o`qituvchilar, siyosatda shubhali, hukumatga ishonchsiz kishilar sifatida litseydan chetlatildi. Ushinskiy 1857 yildan boshlab «Tarbiya jurnali» («Jurnal dlya vospitaniya»)da, so`ngra «Xalq maorifi jurnali»da juda ko`p sermazmun maqolalar e'lon qildi. 1860 yilda u «Xalq maorifi jurnali»ning muharriri qilib tayinlandi. Ushinskiy 1861 yilda o`zining «Bolalar dunyosi» («Detskiy mir») nomli o`qish kitobini nashr ettirdi. Bu kitob o`sha yilning o`zidayoq ikki marta chop etildi.Ushinskiyning pedagogik faoliyatiga soya soluvchi (1862 yil) imzosiz xat uni o`z ishini to`xtatishga majbur qildi. Bu xatda u go`yo siyosiy jihatdan ishonchsiz kishi, deb ayblangan edi. Buning oqibatida u chet ellardagi xotin-qizlar maorifining yo`lga qo`yilishini o`rganish va pedagogikadan darslik yozish uchun o`z vatanidan ketishga majbur bo`ldi
, 1861 yilda uning I va II o`quv yillari uchun «Ona tili» darsligi nashr etildi va unga «Muallimlar uchun qo`llanma» degan metodik asari ilova qilindi. 1870 yilda esa III o`quv yili uchun ham «Ona tili» darsligi bosilib chiqdi. Bundan tashqari, Ushinskiyning pedagogika sohasidagi asosiy nazariy asari hisoblangan «Inson — tarbiya predmeti sifatida» («Pedagogik antropologiyadan tajriba») nomli asari ayrim jildlarga bo`linib nashr qilina boshladi. , 1861 yilda uning I va II o`quv yillari uchun «Ona tili» darsligi nashr etildi va unga «Muallimlar uchun qo`llanma» degan metodik asari ilova qilindi. 1870 yilda esa III o`quv yili uchun ham «Ona tili» darsligi bosilib chiqdi. Bundan tashqari, Ushinskiyning pedagogika sohasidagi asosiy nazariy asari hisoblangan «Inson — tarbiya predmeti sifatida» («Pedagogik antropologiyadan tajriba») nomli asari ayrim jildlarga bo`linib nashr qilina boshladi.
K.D.Ushinskiyning pedagogika nazariyasi xalqchillik g`oyasi asosida qurilgandir. «Har bir mamlakatda bolalarni tarbiyalash tizimi, — deb aytgan edi u, — xalqning rivojlanish sharoitlari, uning ehtiyoj va talablari bilan belgilangan». «Hamma uchun umumiy bo`lgan birgina tug`ma moyillik borki, tarbiya hamisha shunga tayanishi mumkin; bu biz xalqchilik deb atagan narsadir. Xalqning o`zi tomonidan yaratilgan va xalqchilik asosiga qurilgan tarbiya shunday tarbiyaviy kuchga egaki, bunday kuch abstrakt g`oyalarga asoslangan yoki boshqa xalqlardan olingan eng yaxshi tizimlarda ham yo`qdir?»
Do'stlaringiz bilan baham: |