Mavzu: XIX asrning II-yarmi – XX asrda jahon pedagogika fanining rivoji K.D. Ushinskiyning pedagogik merosi.Reja:1.Ushinskiyning ta'lim- tarbiya oid fikrlari 2. L.N.Tolstoyning pedagogik qarashlari.
Mashhur rus pedagogi, rus pedagogikasi va xalq maktablarining asoschisi, «rus o`qituvchilarining o`qituvchisi» Konstitantin Dmitrievich Ushinskiy 1824 yilning 19 fevralida Tula shahrida tug`ildi.
Mashhur rus pedagogi, rus pedagogikasi va xalq maktablarining asoschisi, «rus o`qituvchilarining o`qituvchisi» Konstitantin Dmitrievich Ushinskiy 1824 yilning 19 fevralida Tula shahrida tug`ildi.
Ushinskiy 9 yoshga qadar oilada tarbiyalanib, savod chiqardi. So`ngra Novgorod-Seversk gimnaziyasiga o`qishga kirib, uni 1840 yilda muvaffaqiyatli tamomladi. O`sha yili Moskva dorilfununining yuridik fakultetiga o`qishga kirdi va o`sha davrning mashhur professori Redkinning bevosita rahbarligi ostida ta'lim oldi.
1848 yilda uning birinchi ilmiy ishi — «Kameral fanlarni o`qitish haqida» degan asari nashr qilindi. Bu asarda Ushinskiy oliy o`quv yurtlaridagi mavjud o`qitish tizimiga nisbatan tanqidiy ko`z bilan qaradi. Hukumat tomonidan erkinlik berilishini talab etdi. O`qitish tizimini yaxshilashga oid yirik uslubiy muammolarni o`rtaga qo`yib, ularni qanday hal etish yo`llarini ko`rsatib berdi.

Ushinskiyning ilm-fanni demokratik tarzda targ`ib etishi reaktsion doiralarga ma'qul tushmadi. 1849 yil sentyabrida Ushinskiy va uning do`stlari, demokratik ruhdagi o`qituvchilar, siyosatda shubhali, hukumatga ishonchsiz kishilar sifatida litseydan chetlatildi. Ushinskiy 1857 yildan boshlab «Tarbiya jurnali» («Jurnal dlya vospitaniya»)da, so`ngra «Xalq maorifi jurnali»da juda ko`p sermazmun maqolalar e'lon qildi. 1860 yilda u «Xalq maorifi jurnali»ning muharriri qilib tayinlandi. Ushinskiy 1861 yilda o`zining «Bolalar dunyosi» («Detskiy mir») nomli o`qish kitobini nashr ettirdi. Bu kitob o`sha yilning o`zidayoq ikki marta chop etildi.Ushinskiyning pedagogik faoliyatiga soya soluvchi (1862 yil) imzosiz xat uni o`z ishini to`xtatishga majbur qildi. Bu xatda u go`yo siyosiy jihatdan ishonchsiz kishi, deb ayblangan edi. Buning oqibatida u chet ellardagi xotin-qizlar maorifining yo`lga qo`yilishini o`rganish va pedagogikadan darslik yozish uchun o`z vatanidan ketishga majbur bo`ldi