Lekciya №18 Oqıtıwshı miynetin ilimiy tiykarda shólkemlestiriw Joba


Yosh o‘qituvchining iqtidori va qobiliyati



Download 81,2 Kb.
bet7/12
Sana20.07.2022
Hajmi81,2 Kb.
#829094
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Lekciya №18

Yosh o‘qituvchining iqtidori va qobiliyati rivojlanganligi o‘z mehnatini pedagogik jihatdan to‘g‘ri tashkil etishda muhim ahamiyatga ega. Pedagogikada o‘qituvchi qobiliyati – bu ulkan imkoniyatdir, uning mohirligi, mehnatsevarligi faqatgina o‘qitish va tarbiyalash jarayonida takomillashib boradi va yutuqlarga erishishida zamin yaratadi. O‘qituvchi qobiliyati zehnining o‘tkirligidan dalolat beradi. Iqtidor, iste’dod, daholik – o‘qituvchining ijodiy mehnati jarayonida erishiladigan natijalarining rivojlanish bosqichlari hisoblanadi. Qobiliyatlar, inson xarakteri kabi, shaxsning faqatgina ma’lum faoliyatidagina mavjud bo‘lgan sifatlardir.
Psixologiyada qobiliyatga – insonning kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni qiyinchiliksiz, osonlik bilan mukammal egallashi va biror faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug‘ullanishi deb ta’rif beriladi.
Demak, o‘qituvchining iqtidori va qobiliyati uning mehnatini har tomonlama mukammal shakllantirib, ilmiy jihatdan ijodkorligini to‘g‘ri tashkil etishga ta’siri cheksiz ekanligidan dalolat beradi. Iqtidor va qobiliyat o‘qituvchining mehnat faoliyatida:

  1. o‘z kasbiga bo‘lgan munosabati asosida kasbiy ehtiyojini kuchaytiradi;

  2. kasbiy faoliyatga chinakam qiziqish namunalarini rivojlantiradi;

  3. pedagogik mahorat asoslarini egallashda bir maqsad sari intiluvchanlikni shakllantiradi;

  4. o‘z ilmiy mehnati uchun ahamiyatga ega bo‘lgan ijodkorlik sifatlari majmuasining yuzaga kelishini ta’minlaydi.

O‘qituvchining iqtidori va qobiliyati psixologik texnologiyalar bilan kuchaytirilib modifikatsiyalanadi va o‘qituvchining mehnat faoliyatida bu muhim ahamiyat kasb etadi: muloqot qilish (kommunikativ), voqealarni oldindan ko‘ra olish, eshitish va his qilish, o‘zligini bilish, tushunish va his qilish kabi qobiliyatlar o‘qituvchi mehnatida muhim ahamiyat kasb etadi.
Iqtidor va qobiliyat o‘qituvchining individual imkoniyatlarini xarakterlaydi. Bir xil sharoitda qobiliyatli o‘qituvchilar pedagogik mehnat faoliyatida qobiliyati past o‘qituvchilarga qaraganda ko‘proq ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritadi. Qobiliyatli, ammo noshud o‘qituvchi ko‘p narsaga erisha olmaydi.
Iqtidor va qobiliyat o‘qituvchining amaliy va nazariy bilimlarni chuqur egallashda tezroq siljib borishini, uning ijrochilik va ijodkorlik faoliyatlarida eng yuqori natijalarga erishishini ta’minlaydi. Qobiliyatli bo‘lajak o‘qituvchi mutaxassislikni tez egallay oladi va yuqori natijalarga erishadi hamda ishlab chiqarishda, fan va texnika jarayonlariga yangilik kirita oladi.
O‘qituvchining iqtidori va qobiliyati – N.V.Kuzminaning fikricha, pedagogik faoliyat talablariga javob beruvchi va ta’lim–tarbiyada belgilangan maqsadga osonlikcha erishishni ta’minlovchi hamda mehnat unumdorligini oshiruvchi xususiyatlar majmuasidir. N.V.Kuzmina iqtidor va qobiliyat o‘qituvchining mehnat faoliyatiga, izlanayotgan natijalarni egallashning eng samarali usullarini topishga o‘ziga xos sezgirlikdan iborat individual, turg‘un xususiyatlar deb ta’rif beradi va pedagogik qobiliyatlarning refleksiv darajasi uch xil turdagi sezgirlikni o‘z ichiga olishini ta’kidlaydi:

  1. tarbiyalanuvchi ob’ektni his qilishi;

  1. me’yor va xushmuomalalikni his etish;

  1. o‘z kasbiga nisbatan javobgarlikni his qilish.


Download 81,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish