Programmaasosidaboshqarishninganaloglisistemalarida informatsiya programma beruvchidan yoki teskari aloqa datchigidan taqqolovchi qurilmaga sonli kodda emas, balki o`zgartirilgan ko`rinishda boradi. Berilgan songa proporsional bulgan analogdan foydalaniladi.
Programma asosida boshqarishning kodlisistemalarimaxsus kodli datchiglardan foydalanishga asoslangan. Xaqiqiy siljishning sonli koddagi ko`rsatgichlari datchikdan olinadi va perfolentadan xisoblanayotgan programmaga taqqoslanadi.
Programma asosida boshqarishning impulslisistemalaridadastlabki programmadan tushadigan impulslar sonini xaqiqiy siljish kattaligiga muvofiq teskari aloqa datchigi ishlab chiqqan impulslar soniga taqqoslash prinsipidan foydalaniladi. Impulsning berilgan sonlari xamda teskari aloqa datchigi ishlab chiqqan sonlari mos kelganda yuritish dvegateli uzib qo`yiladi.
Programma asosida boshqarish sistemalari texnalogik vazifasiga ko`ra pozitsion va konturli turlarga bo`linadi. Odatda, stanok ish organlarining mustaqil siljishi uchun sonli dastur yordamida boshqarishning pozitsion sistemalari to`g‘ri burchakli kordinatalarda beriladi. Ulardan parmalash va koordinatali yunib kengaytirish stanoklarini avtomatlashtirish uchun foydalaniladi. Sonli dastur yordamida boshqarishning konturli sistemalari ish organlarining bir necha koordinatalar bo`yicha mos xolda siljishlari xisobiga murakkab shaklli detallarga ishlov berish uchun mo`ljallanadi.
Sonli programma asosida boshqarishning ikki koordinatali, uch koordinatali, to`rt koordinatali va xatto, besh koordinatali sistemalari qo`llaniladi. Keyingi vaqtda jixozning ishlamay qolishi bilan bog‘liq bo`lgan to`xtab qolishlar vaqtini qisqartirish maqsadida dastgoh - sonli dastur yordamida boshqarish sistemasiga diagnoz qo‘yish masalalariga katta axamiyat berilmoqda.
1-rasm.Tokarliksonlidasturyordamidaboshqarishdastgohi. Boshqaruvchi programma bevosita ish o‘rnidagi klaviaturadan qo‘lda kiritiladigan sodda sistemalar keng qo‘llanilmoqda. Ular yakkalab va mayda seriyalab ishlab chiqarishda universal dastgoxlarni konturli boshqarish uchun mo‘ljallangan. Bunday sistemalardan foydalanish natijasida yuqori aniqlik saqlangani xolda dastgoxni qayta sozlash vaqti qisqaradi. Sistemani ixchamligi tufayli uni bevosita dastgoxga o‘rnatish mumkin.
Sonli dastur yordamida boshqarish qurilmalari bo‘lgan dastgohlarni guruxli boshqarish sistemalari (bir necha dastgohlarni boshqarish uchun) quyidagi funksiyalarni bajaradi