Tashxisi va qiyosiy tashxisoti. Kasallikning xavfli xarakterda kechishi va q at’iy profilaktik chora-tadbirlarni tashkil qilishning zaruriyligi sababli erta klinik tashxisoti juda m uhim hisoblanadi. Spetsifik tekshiruv m etodlari natijalarining kech tayyor bo'lishi erta diagnostika ahamiyatini oshiradi. Lassa isitm asining b o sh la n g 'ic h davrida k o 'p g in a infeksion kasalliklarqorin tifi, streptokokkli angina, tom oq bo'g'm asi; pnevmokokk, legionella, xlamidiya, rikketsiyalar chaqirgan zotiljam, bezgak, sariq isitma, Qrim - Kongo gemorragik isitmasi, qizamiq bilan qiyosiy tashxis o'tkaziladi. Epidemiologik ehtimollikning (kasallik paydo bo'lishidan 17 kun m uqaddam oldin endem ik hududlarda b o ig an shaxslar) ahamiyati katta, klinik simptomlari: og'ir kechishi, isitma qo'shilishi, tom oqda yarali-nekrotik o'zgarishlar, qusish, ichi ketishi, gemorragik sindrom, buyrak etishm ovchiligi ham tashxis qo'yishda aham iyatga ega. Antibiotiklardan samara yo'qligi, bezgakka qarshi va boshqa kimyoterapevtik prep aratlarn in g ta ’siri y o'qligi, oddiy bakteriologik va parazitologik tekshiruvlar natijalari manfiyligi ham tashxis qo'yishda hisobga olinadi. Tashxis Lassa virusi serologik titrining 4 va undan ortiq marta ortishi bilan tasdiqlanadi. Bilvosita fiyuoressensiya yoki Lassa virusiga spetsifik antitachalar (JgM ) ni aniqlash usullari q o ila niladi. Agar kasallikning 14-kuni JgM sinfidagi an tita n a c h a la r topilmasa, Lassa isitmasi tashxisiga ishonch kam. Lassa isitmasi virusini aniqlash uchun faqat maxsus himoyalangan laboratoriyalarga ruxsat beriladi. Virus tutuvchi materiallar (qon, siydik va hokazo) bilan ishlaganda ehtiyot chora-tadbirlariga qat’iy rioya qilish lozim. Patologoanatomik materiallardan virusni ajratib olish mumkin.
Davolash. Hamma bemorlar qat’iy izolyatsiya qilingan holda kasalxonaga yotqiziladilar. Spetsifik davo sifatida 250—500 ml zardob yoki Lassa isitmasi bilan og'rigan bem orlar zardobi (bem or sog'aygandan keyin 2 oy o'tgach zardobi olinadi) quyiladi. Seroterapiya samaradorligi kam. Ribavirin (virazol) bilan davolash samarali naf bermoqda. Lassa isitmasi bilan og'rigan va ribavirin qabul qilgan 20 ta bem ordan 19 tasi sog'aygan, immun plazma yuborilgan 16 ta bemordan faqat 6 tasi sog'aygan. Etiotrop davo olmagan 18 ta bemordan 7 tasida sog'ayish kuzatilgan. Virazol quyidagi sxema bo'yicha beriladi: avval 2 gr preparat vena ichiga yuboriladi, keyin har 6 soatda 1 g dan 4 kun mobaynida, keyin 0,5 g dan har 8 soatda 6 kun mobaynida vena ichiga yuborib turiladi. Asosan patogenetik davo usullari qo'llaniladi. Eng aw al regidrotasiyaga erishish va asidozni yo'qotish lozim. Buning uchun turli suyuqliklardan foydalaniladi. Infeksion-toksik shok rivojlanganda kompleks davolash tadbirlari o'tkaziladi. Vitaminlar (ayniqsa askorbin kislota va R-vitamin preparatlari) buyuriladi. Qon ivishini nazorat qilgan holda geparin 10000—50000 E D /sutka dozada vena ichiga yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |