Lamarkning falsafiy va umumiy biologik qarashlari Lamark ta’limotida tabiiy sistema va tur masalasi Organik olamning gradatsiyasi



Download 145,5 Kb.
Sana07.09.2017
Hajmi145,5 Kb.
#19194
Mavzu: J. B. LAMARKNING EVOLYUTSION TA’LIMOTI
Reja:

1. Lamarkning falsafiy va umumiy biologik qarashlari

2. Lamark ta’limotida tabiiy sistema va tur masalasi

3. Organik olamning gradatsiyasi

4. Tashqi muhitning shakllantiruvchi roli haqida.

Tayanch so’z va iboralar: Biologiya, evolyutsiya, umurtqasizlar, umurtqalilar, deizm, gradatsiya, tashqi muxitning shakllantiruvchi roli, tur, plopulyatsiya, tabiiy sistema, geneologik, individ, sinfnf.turkum,oila, tip, pog’ona

Lamarkning falsafiy va umumiy biologik qarashlari. Lamark o’z falsafiy qarashlari bilan XVIII asrda Frantsiyada tarqalgan deizm oqimiga mansub edi. Deistlar, bir tomondan, tabiatdagi barcha hodisalar tabiiy qonunlar asosida sodir bo’ladi desalar, ikkinchi tomondan, xudoni olamning dastlabki sababchisi sifatida tan oladilar. Ularning qayd etishicha, xudo olamni yaratgandan keyin, tabiat ishlariga aralashmaydi, tabiat yaratuvchining oldindan belgilab berilgan tabiiy qonunlari asosida rivojlanadi va o’zgaradi. Uning fikriga ko’ra, barcha borliq asosida materiya va tabiat yotadi, materiya haddan tashqari mayda zarrachalar — atomlardan tashkil topgan passiv, harakatdan mahrum. Lamarkning umumiy biologik qarashlariga ko’ra, tirik mavjudotlar anorganik jismlardan bir qancha sifat belgilari bilan tubdan farq qiladi. Tiriklikning xilma-xil vakillari, hatto, eng oddiylari ham bir-biridan farq qiladigan qismlardan, aksincha, anorganik jismlar esa bir xil massadan ham, har xil massadan ham tashkil topgan bo’lishi mumkin, lekin muayyan shaklga ega emas, tirik jismlar esa ma’lum shaklga ega bo’ladi. Tashqi sharoit organik va anorganik tabiatga turlicha ta’sir ko’rsatadi: anorganik tabiatni yemiradi, organik formalarni esa quvvatlab, ularning tuzilishini saqlaydi. Anorganik massaning kattalashuvi, o’sishi uning tashqi yuzasiga yangi qismlar qo’shilishi hisobiga bo’lsa, organizmning kattalashuvi esa moddalarning o’zlashtirilishi va organizm tarkibiga kirishi tufayli ro’y beradi. Anorganik tabiat oziqlanishga muhtoj emas, organizmlarning yashashi uchun esa oziq bo’lishi shart. Embrionning rivojlanishi, nobud bo’lishi tirik tabiatga xos, o’lik tabiatda esa bunday hodisalar uchramaydi. Binobarin, o’lik tabiat bilan tirik tabiat o’rtasida keskin farq bor. Lamark fikricha, dastlabki sodda tirik formalar o’lik tabiatdan o’z-o’zidan paydo bo’lish tufayli vujudga kelgan.

Xulosa qilib aytganda, Lamark insoniyat tarixida birinchi bo’lib organik olamning tarixiy rivojlanishi haqidagi masalani atroflicha o’rganib, uni ko’p jihatdan hal etgan olimdir. Uning ta’limotida evolyutsion nazariyaga bog’liq ko’p masalalar qamrab olingan. Turlarning realligi, o’zgaruvchanligi, organizmlarga tashqi muhitning ta’siri, evolyutsiya jarayonida organizm ichki xossalarining ahamiyati, evolyutsiya jarayonining yo’nalishlari va evolyutsiyani harakatlantiruvchi kuchlar, irsiyat va o’zgaruvchanlikning organizmlar tarixiy rivojlanishidagi roli kabilar «Zoologiya falsafasi» va keyingi asarlarida asosiy masala bo’lgan. Bu masalalar ko’pincha to’g’ri hal qilinmagan bo’lsada, lekin ular naqadar ko’pligining o’zi Lamark nihoyatda zo’r qobiliyatli tabiatshunos va nazariyachi bo’lganligidan dalolat beradi.



Lamark ta’limotida tabiiy sistema va tur masalasi. Lamarkning asosiy maqsadi tabiat hodisalarini o’zaro bog’liq holda, ya’ni ularning haqiqiy tartibini ifodalaydigan tabiiy munosabatlarni o’rganishdan iborat bo’lgan. Sun’iy ravishda tuzilgan sistemalar esa tabiatni o’rganishga salbiy ta’sir ko’rsatgan, xolos. Tabiatdagi haqiqiy tartibni kashf etish deganda, Lamark organizmlar qon-qarindoshligini ifodalovchi genetik munosabatni, genealogik klassifikatsiyani tushunadi, Organizmlar orasidagi genetik munosabat qancha uzoq bo’lsa, ular o’rtasidagi umumiylik ham shuncha kam bo’ladi. Organizmlar tashqi tomondan ko’p yoki oz o’xshashligiga qarab turlar, avlodlar, turkumlar, sinflarga birlashtiriladi. Bunday usulda guruhlash, albatta, organizmlarni o’rganish bilan bog’liq bo’lsada, tabiiy holatni aks ettirmaydi, shu sababli ham bu tarzda guruhlash sun’iy va shartli hisoblanadi. Lamark fikricha, sinf, turkum, avlod, tur kabi sistematik kategoriyalar sun’iy, real emas. Tabiatda faqat individlar — shaxslar real xolos.

Lamark hayvonot olamidagi tabiiy tartibni aniqlashni, o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan va shu sababli organizmlarning qon-qarindoshligiga asoslangan genealogik klassifikatsiyani ilgari surgan. Agar tabiatda turli sinflar, turkumlar, oilalar o’rtasida keskin chegara bo’lmasa, tabiiyki, hamisha tur orasida ham chegarani topish qiyin. SHunga ko’ra, ba’zan tabiatshunos olimlar bir-biriga yaqin turlar chegarasini aniqlashda qiyinchilikka duch keladilar. Masalan, lishayniklar, ituzum, geranь, tungi kapalaklar, pashsha, kuya, yaydoqchilar, uzuntumshuqlilarning bir-biriga yaqin turlari o’rtasiga keskin chegara qo’yib bo’lmaydi. Bu qiyinchilik muayyan turlarga kiradigan individlar o’zgarishidan, turlar, tur xillari o’rtasida oraliq formalar bo’lishidan, turlar doimiy harakatda va rivojlanishda ekanligidan dalolat beradi. Turlar o’zgarganligi sababli tabiatda faqat ko’z ilg’amaydigan oraliq formalarga ega qator individlar mavjud. Turlar orasida ba’zan uzilish bo’lishini Lamark to’plangan materiallarning kamligi bilan izohlaydi.

Tur xillari, kenja turlarning mavjudligi ham turlarning doimiy emasligidan, ularning o’zgaruvchanligidan dalolat beradi. Lamark fikriga ko’ra, tabiatda turlar juda sekinlik bilan o’zgaradi. SHu sababli ham uni kuzatish qiyin, inson turlarning o’zgarish jarayonini emas, balki natijasini biladi, xolos. Lamark turlarning o’zgarmasligi haqidagi fikr noto’g’riligini isbotlash maqsadida inson umri juda qiska, turlarning o’zgarishi esa uzoq muddatli jarayon, deb uqtiradi.

Turlar o’zgarishida vaqt asosiy omil sifatida muhim ahamiyatga ega. Lamark turlar doimiy, ular orasida keskin chegara bor, degan kreatsionistik tushunchaning noto’g’riligini isbotlashni asosiy maqsad qilib qo’ygan bo’lsada, lekin bu muammoni hal etishda metafizik qarashlardan to’liq uzoqlasha olmadi. U tabiatda haqiqatan ham turlar o’rtasida real chegara borligini tushuntirish o’rniga bunday reallikni inkor etdi. Uning fikricha, tabiatda individlar nobud bo’ladi, lekin turlarning tabiiy o’limi yuz bermaydi. Ular muhit sharoitiga muvofiq o’zgaradi, xolos.



Organik olamning gradatsiyasi. Lamark turlarning o’zgaruvchanligini qayd etish bilan birga, bu o’zgarishning sabablarini, evolyutsiya jarayonini harakatlantiruvchi kuchlarni tushuntirishga intildi. U organizmlarni sinflash ustida ishlar ekan, tuzilishiga qarab ularni tartib bilan joylashtirish mumkinligini aytgan. Lamark fikricha, barcha o’simliklar bilan hayvonlar azaldan doimiy bo’lmagan, balki ma’lum vaqtda rivojlangan. Hayot materiyaning muayyan bir tashkiliy va xarakteridan kelib chiqqan xossadan iborat. Birinchi sodda organizmlar tiriklikka xos xususiyatlarga ega bo’lmagan. Birlamchi organizmlar hayotiy xususiyatlarga ega bo’lishi uchun ular tanasiga tashqi muhitda keng tarkalgan «flyuidlar» (moddiy zarrachalar) kirib, ularga organizm sifatini berishi zarur. Lamarkcha tabiatning rivojlanishi hamisha sodda tirik jismlarning paydo bo’lishidan boshlangan. Binobarin, uning rivojlanish yo’li soddadan murakkabga, tubandan yuksakka tomon borgan.

Tirik mavjudotlar tuzilishining murakkablik formasiga qarab, tabiatda ma’lum bir bosqich — pog’ona bor. Lamark uni gradatsiya deb atagan. Gradatsiya printsipi umumiy biologik ahamiyatga ega bo’lib, evolyutsiya jarayonining asosiy yo’nalishi hisoblanadi. Gradatsiya printsipi, Lamark qayd etishicha, sinflar va boshqa yirik taksonomik guruhlarni bir-biriga taqqoslaganda ayniqsa ko’zga yaqqol tashlanadi.

Yangi paydo bo’lgan har bir sinf rivojlanishdagi yangi bir qadam bo’lib, ilgarigi sinfga nisbatan ancha yuksak yangi tuzilishdan iborat. Sinfdan kichik takson (turkum, oila, avlod, tur) larda gradatsiyani aniqlash mumkin emas. Tashqi muhit ta’sirida sinf ichida gradatsiya buziladi.

Tuzilish murakkabligini ifodalovchi pog’ona — gradatsiya g’oyasi yangi emas. U XVIII asrda keng tarqalgan «mavjudotlar narvoni» haqidagi mulohaza bilan uzviy borliqdir. Biroq Lamark ta’limotida bu nazariya tamomila o’zgacha ma’no kasb etgan. U birinchi marta har qanday murakkab forma o’ziga nisbatan sodda tuzilgan formadan izchillik bilan rivojlanishini ta’kidladi hamda pog’ona tushunchasiga tarixiy rivojlanish g’oyasini tatbiq etdi. Lamarkning gradatsiyali rivojlanish haqidagi ta’limotiga uning deistik qarashlari katta ta’sir ko’rsatdi, U organizmlarning gradatsiyali rivojlanishini muhitdan mustakil bo’lgan ichki intilishlarga bog’liq holda tushuntirdi hamda hayvonlarning ma’lum maqsad tomon asta-sekin murakkablashuvi yaratuvchi tomonidan oldindan belgilab berilgan, deb uqtirdi.

Ma’lumki, hayvonlarning gradatsiyali murakkablashuvga tomon «ichki nntilishi», «ichki maqsadi» to’g’risidagi Lamark mulohazalari avtogenetik, teleologik tushunchadan boshqa narsa emas. SHunga qaramay, uning bu ta’limoti tabiiy sistema tuzish sohasida bir qadam ilgariga siljish bo’ldi. CHunki u birinchi bo’lib infuzoriyalar, halqalilar, o’rgimchaksimonlar, qisqichbaqasimonlar sinfini alohida ajratdi. SHuningdek, ignaterililar poliplardan, murtaoyoqlilar mollyuskalardan ajratildi.

Agar gradatsiyali rivojlanish printsipiga muvofiq, organizmlar doim soddadan murakkablashish tomonga takomillashar ekan, u holda murakkab tuzilgan hayvonlar bilan sodda hayvonlarning hozirgi vaqtda mavjudligini qanday tushuntirish mumkin?

Lamarkning ta’kidlashicha, tuban organizmlar o’ziga o’xshash tuban organizmlarning urchishidan emas, balki murakkab o’lik moddaga «nozik suyuqliklar» (flyuidlar)ning ta’sir etishi bilan o’z-o’zidan paydo bo’lishi mumkin ekan. Flyuidlarning mavjudligi haqidagi tasavvurlar o’sha davrlarda keng tarqalgan edi. Bunday tasavvurlarga ko’ra, issiqlik, magnit va elektr hodisalari ham shu singari, «issiqlik», «magnit» va «elektr» flyuidlari tufayli vujudga keladi. Organizm yashayotgan muhitda ham flyuidlar ko’plab uchraydi. Lamark tasavvuriga ko’ra, ular tirik mavjudotlar tanasiga o’ng’aylik bilan kiradi va aylanib yurib, organlarda hamda butun organizmda barcha hayotiy jarayonlarni yuzaga chiqaradi. Bunday tasavvurlar Lamark flyuidlar harakatidan hayot sabablarini izlaganligidan dalolat beradi.

Tashqi muhitning shakllantiruvchi roli haqida. Tabiatda gradatsiya hamma vaqt to’g’ri amalga oshavermaydi. Organizmlarga tashqi muhit ta’sir qilib, ularning rivojlanish yo’nalishini o’zgartirib turadi. Lamark bu fikrni ko’p misollarda isbotlashga harakat qildi. Faraz qilaylik, tabiat faqat suv hayvonlarini yaratgan va bu hayvonlar tamomila bir xil sharoitda (tarkibi bir, o’zgarmas harorat va chukurlikdagi suvda) yashagan bo’lsa, bu vaqtda biz ideal gradatsiyani ko’rgan bo’lur edik. Haqiqatda esa suvda bir xil va o’zgarmas sharoit bo’lmaydi. Suv muhiti tekshirilsa, chuchuk sho’r (dengiz suvi), oqmaydigan, oqadigan, sayoz, chuqur, issiq va sovuq suvlar borligi ma’lum. Xilma-xil sharoitda yashaydigan va gradatsiyaning bir pog’onasiga mansub bo’lgan organizmlar tashqi sharoit ta’sirida o’zgarishi, ayrim hollarda esa tanib bo’lmas darajaga aylanishi mumkin. CHunonchi, nam o’tloqda o’sayotgan biror o’simlikning urug’i quruq joyga tushib qolsa, u bir necha bo’g’indan keyin asta-sekin o’zgarishi, keyingi bo’g’inlarda esa keskin farq qiladigan shaklga aylanishi, oqibatda botaniklar uni yangi tur sifatida qabul qilishi mumkin. Tashqi muhitning, xususan, iqlim, hayot sharoitining uzoq vaqt davomida o’zgarishi hayvonlarning ham o’zgarishiga sabab bo’ladi. Tekis joyda tez chopishga moslashgan hayvon molxonada yashashga majbur etildi, deb faraz qilaylik. Yangi sharoitda u semirib ketadi, kuchini va chaqqonligini yo’qotadi. 5—6 yil qafasda asralgan qush ozod qilinsa, erkinlikdagi boshqa qushlar kabi ucha olmaydi. Bularning hammasi sharoit oz-ozdan o’zgarishining ta’siri natijasidir. Agar o’zgargan sharoit bir necha bo’g’in davomida ta’sir etsa va unga iqlim, oziq hamda muhit boshqa sharoitining o’zgarishi ham qo’shilsa, u holda tamomila o’zgargan organizmlar vujudga keladi.

Tashqi muhit organizmlarga qanday ta’sir ko’rsatadi? Ta’sirlanish va harakatlanish organizmlarning muhitga bo’lgan munosabatini aniqlashda asosiy o’rin egallaydi. Lamark muhit ta’siriga javob reaktsiyasiga qarab, barcha organizmlarni 3 guruhga bo’lgan. Birinchi guruhga o’simliklar kiritilib, ular ta’sirlanish va harakatlanish xususiyatiga ega emasligi qayd etiladi. Ikkinchi guruhga tashqi ta’sir natijasida harakatlanuvchi, lekin o’z xohishi bilan harakatlana olmaydigan sodda hayvonlar (infuzoriyalar, poliplar, nurlilar va chuvalchanglar)ni kiritadi. Uchinchi guruhga nerv sistemasi yuksak darajada tuzilgan, takomillashgan sezuv organlari bo’lgan va o’z xohishi hamda tashqi muhit ta’sirida harakatlana oladigan barcha boshqa hayvonlarni kiritadi. Tashqi muhit organizmlarga bevosita va bilvosita ta’sir ko’rsatishi mumkin. Tashqi muhit o’simliklar va tuban hayvonlarga bevosita ta’sir ko’rsatganda undagi har qanday o’zgarish o’simlik qismlarining rivojlanishiga kuchli ta’sir etishi, ba’zi qismlarining hosil bo’lishiga, boshqalarining kuchsizlanib, hatto yo’qolib ketishiga sabab bo’ladi. Masalan, suv ayiqtovonining suv ichidagi barglari qirqilgan qaychibarg shaklida bo’lib, tola — ipsimon; suv yuzasidagi barglari esa enli, shapaloq-shapaloq va panjasimondir. Bu o’simlik nam yerda o’ssa, poyasi qisqa va barglari qirqilmagan bo’ladi, shakli ipsimon bo’lmaydi. Uni botaniklar boshka tur —sifatida ta’riflaydilar (4-rasm). Nerv sistemasi takomillashmagan tuban hayvonlarga ham tashqi muhit bevosita ta’sir ko’rsatadi. Nerv sistemasi takomillashgan hayvonlar esa muhitning o’zgarishidan bilvosita ta’sirlanadi.

Muhitning uzoq davom etgan o’zgarishi hayvonlar hayotiga ta’sir etib, avval ularning talabini o’zgartiradi. Talabning o’zgarishi esa shu talabni qondirish maqsadida qilingan harakatlarning o’zgarishiga olib keladi. Bunday sharoit saqlanganda hayvonlarning hulq-atvori o’zgaradi. Bu, o’z navbatida, hayvonlarning ba’zi organlari mashq qilishiga, boshqalari mashq qilmasligiga sabab bo’ladi. Mashq qiladigan organlarga oziq moddalar ko’p kelib turgani uchun, ularning ko’lami ortadi. Aksincha, mashq qilmaydigan organlarga oziq moddalar kamroq kelishi sababli ular kuchsizlana boradi va rivojlanmaydi. Tashqi muhitning organizmlarga ko’rsatadigan ta’siri haqida Lamark quyidagi 2 qonunini ta’riflaydi.

Lamarkning birinchi qonuni. «O’z rivojlanishining nihoyasiga yetmagan har qanday hayvonda qanday bo’lmasin biror organning bir qadar tez-tez va uzoq ishlatilishi shu organni oz-ozdan mustahkamlab, rivojlantirib, kattalashtirib boradi va unga uzoq ishlashi uchun kifoya qilarli kuch-quvvat beradi».

SHu bilan birga boshqa biror organning doim ishlatilmasligi uning asta-sekin susayib, juda zaiflashib qolishiga olib keladi, qobiliyatini pasaytiradi va pirovardida, uning yo’qolib ketishiga sabab bo’ladi».

Lamarkning ikkinchi qonuni. «Tabiat individlarni qadimdan yashab kelgan sharoit ta’siri ostida va binobarin, ma’lum organning ko’proq ishlatilishi yoki ma’lum organning doim ishlatilmasligi ta’siri ostida shaxslarni nimaiki hosil qilishga yoki yo’qotishga majbur etgan bo’lsa, agar endigina kasb qilingan o’zgarishlar ikkala jins yoki yangi naslni hosil qilgan shaxslar uchun umumiy bo’lsa, shularning hammasini dastlabki formalardan paydo bo’lgan yangi shaxslarda ko’paytirish yo’li bilan saqlaydi».

Lamark ushbu qonunlarning to’g’riligini isbotlash maqsadida bir qancha misollar keltiradi. Masalan, o’rdak, g’oz va suvda yashovchi boshqa qushlarning, shuningdek baqa, dengiz toshbaqasi, qunduz va boshqa hayvonlarning barmoqlari orasidagi suzgich pardalar suzish jarayonida barmoqlar uzluksiz harakatlanishi natijasida paydo bo’lgan, Qirg’oqda yashovchi qushlar oyog’ining va bo’ynining uzun bo’lishi ham ko’p harakatlanish natijasidir, chunki bu qushlar suzishni uncha xohlamagan, lekin o’lja uchun qirg’oq chetida uzoq vaqt turishga majbur bo’lgan va ular doim -botqokqa botib ketish xavfi ostida bo’lgan. Ular doim o’z oyoqlarini cho’zishga va uzaytirishga intilgan, ov qilayotganda gavdasi namlanmasligiga harakat qilgan va oqibatda ularning oyoqlari, bo’yni uzun bo’lib o’sgan.

SHuningdek, Afrikaning o’t o’simliklarga boy bo’lmagan qismida yashaydigan jirafalar ham daraxt barglari bilan oziqlanishga majbur bo’lgan va doim daraxt barglarini tishlab yulib olishga intilib, mashq qilgan. Bular bo’yni va oldingi oyoqlarining uzun bo’lib o’sishiga sabab bo’lgan.

Organlarning mashq qilmasligi (ishlatilmasligi) ular degradatsiyasiga va yo’qolib ketishiga sabab bo’ladi. CHunonchi, ilonlar yerda sudralishga va tor joylardan o’tishga odatlangani uchun tanasi uzun bo’lib, oyoqlari reduktsiyalanib ketgan. Yer tagida yashagani uchun yumronqoziqning ko’zi kam rivojlangan, ko’rsichqonda esa ko’z butunlay yo’qolib ketib, uning qoldig’i teri ostida yashiringan bo’ladi.

Lamark har bir organning rivojlanish darajasi uning bajarayotgan vazifasiga, ishlatilishiga bog’liq ekanligini to’g’ri ta’kidlagan. Uning ikkinchi qonuni XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida lamarkizm tarafdorlari va muxoliflari o’rtasidagi munozaraga sabab bo’ldi.

Lamark biologiyada muhim masala hisoblangan organizmlarning individual rivojlanishida kasb etilgan, ya’ni tug’ma bo’lmagan xossalarning irsiylanishi masalasini kun tartibiga qo’ygan bo’lsada, lekin uni juda oddiy ravishda tasavvur etib, to’g’ri hal eta olmadi. U filogenezda mustahkamlangan xossalar bilan o’zgaruvchanlikni teng ma’noda tushundi. Lamark davrida o’zgaruvchanlik mexanizmlari yaxshi o’rganilmaganligi e’tiborga olinsa, bu sohada yo’l qo’yilgan kamchilikning sababi ravshanlashadi. Lamark tomonidan ilgari surilgan o’zgaruvchanlik muhit ta’siriga adekvat bo’ladi, shaxsiy rivojlanishda vujudga kelgan har qanday o’zgaruvchanlik kelgusi bo’g’inlarga beriladi, degan mulohaza ishonchsiz ekanligi keyinchalik isbotlandi. Biologiya sohasida to’plangan juda ko’p dalillar organlarning mashq qilish-qilmasligi ma’lum belgilarning kelgusi bo’g’inga berilishi yoki yo’qolishiga ta’sir etmasligini isbotlaydi. A. N. Severtsov ko’rsatishicha, ko’zning yo’qolishi yorug’da yashovchi organizmlarda ham yuz berishi, aksincha, juda chuqur g’orlarda yashovchi formalar orasida ko’zi yaxshi rivojlangan hamda reduktsiyaga uchragan formalar uchrashi mumkin. Yorug’da yashovchi hayvonlar orasida ko’zsiz formalar vujudga kelishi o’zgargan formalarning halokati bilan tugaydi. G’orlarda yashaydigan hayvonlarga muayyan o’zgaruvchanlik hech qanday zarar yetkazmaydi, hatto u foydali ham bo’lishi mumkin.

Lamarkning odam paydo bo’lishi to’g’risidagi fikrlari ham diqkatga sazovordir. U odam tabiatning bir qismi, uning tanasi moddiy va boshqa tirik mavjudotlarga o’xshab, tabiat qonunlariga bo’ysunadi; «Odamning tana tuzilishi boshqa sut emizuvchi hayvonlarnikiga o’xshash» deydi. Odam maymunga eng yaqin ekanligini ta’kidlash bilan birga, ularning anatomik tuzilishida, masalan, kallasining tuzilishi, gavdasining vertikal holati, oldingi va orqa oyoqlarining tuzilishida o’ziga xos farqlar borligini, shunga ko’ra, odam alohida avlod va turga kirishini aytadi.



Lamarkning sistematika soxasidagi ishlari. Lamark Linney sistemasini qayta ko’rib chiqib, hayvonlarning original sistemasini yaratdi. U barcha hayvonlarni «umurtqalilar» va «umurtqasizlar» guruhiga, ularni esa o’z navbatida 14 ta sinfga va 6 ta pog’onaga ajratdi.

Lamark hayvonlarni sistemaga solishda ko’proq ichki, tashqi organlarining tuzilishiga e’tibor berdi. CHunonchi, eng sodda ko’rinishda bo’lgan tuban hayvonlarda, ya’ni infuzoriyalar sinfida qon tomirlar ham, hazm qilish organlari ham bo’lmaydi. Poliplar sinfida esa hazm qilish organi naydan iborat bo’lib, paypaslagichlari bor og’iz bilan tamomlanadi. Sistemaning ikkinchi pog’onasiga nurlilar va chuvalchanglar sinfi kiritilib, ularda hazm qilish organlaridan tashqari, ba’zi boshqa ichki organlar ham rivojlangan bo’ladi. Lekin ularda ko’z, uzunchoq — zanjirsimon miya, qon tomirlar, oyoq bo’lmaydi. Uchinchi pog’onaga hasharotlar, o’rgimchaksimonlar sinfi kiritilgan. Ular bo’g’imoyoqlari, ko’zi boshida joylashganligi, nervlari uzunchoq — zanjirsimon miyaga to’planganligi bilan xarakterlanadi. Traxeya nafas olish organi vazifasini bajaradi. O’rgimchaksimonlarda qon aylanish sistemasi sodda tuzilgan bo’ladi. To’rtinchi pog’onadagi qisqichbaqasimonlar, halqalilar, murtaoyoqlilar, mollyuskalar sinfining vakillarida qon aylanish sistemasi rivojlangan, nafas olish organlari esa takomillashgan, nervlar uzunchoq zanjirsimon miyaga, mollyuskalarda esa nerv tugunlariga to’plangan. Bu pog’onadagi hayvonlarda qon tomirlar arteriya va venalarga bo’linadi. Beshinchi pog’onaga baliqlar, reptiliyalar sinfi kiritilgan. Ularning yuragi ikki kamerali (baliqlarda) va uch kamerali (reptiliyalarda) bo’lgan. Lekin har ikkala holda ham yurak bir bo’lmaga ega, bu hayvonlar sovuqqonli, nervlari kalla suyagini to’ldirmaydigan bosh miyaga to’plangan bo’ladi. Oltinchi pog’onaga kiritilgan qushlar, sut emizuvchilar sinfi nerv sistemasining yanada takomillashganligi, ya’ni nervlar kalla suyagini to’ldiruvchi bosh miyaga to’planganligi, yuragi ikki bo’lmadan iboratligi, issiqqonliligi bilan farq qiladi. Lamark tuzgan hayvonlar sistemasi Linney sistemasiga qaraganda bir qancha afzalliklarga ega bo’lsada, unda ko’pgina kamchiliklarga yo’l qo’yilgan. Masalan, amfibiyalar bilan reptiliyalar sun’iy ravishda bir sinfga, bir teshiklilar (kloakalilar — o’rdakburun, yexidna) qushlar sinfiga, bulutlar, mshankalar, ba’zi pardalilar, gidroidlar poliplar sinfiga kiritilgan edi. Bunday kamchiliklarga qaramay, pog’onali tuzilishning asta-sekin takomillashishi printsipiga asoslangan Lamark hayvonot olamining genealogik sxemasini tuzishga muvaffaq bo’ldi. Uning sistemasi va genealogik sxemasi hayvonlar sistemasining keyingi rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi.


Talabalar bilimini mustahkamlash





Savollar

Yakka javob

To’g’ri javob

Sizning harakatingiz

1.

Lamark fikricha qaysi sistematik kategoriyalar sun’iy, real emas.

3

Infuzoriyalar, poliplar

2


Lamark tuzgan hayvonlar sistemasida qanday kam-chiliklarga yo’l qo’yilgan?

5

ichki, tashqi organlarning tuzilishiga

3

Lamarkning “Zoologiya falsafasi” asari nechanchi yilda nashr etilgan

1

bajarayotgan vazifasiga, ishlatilishiga

4

Lamark hayvonot olamining birinchi pog’onasiga qaysi hayvonlarni kiritgan?

2

«O’z rivojlanishining nihoyasiga yetmagan har qanday hayvonda qanday bo’lmasin biror organning bir qadar tez-tez va uzoq ishlatilishi shu organni oz-ozdan mustahkamlab, rivojlantirib boradi va unga uzoq ishlashi uchun kifoya qilarli kuch-quvvat beradi».

5

Lamark hayvonlarni sis-temaga solishda ko’proq nimaga e’tibor berdi

4

individ

6

Lamark har bir organning rivojlanish darajasi nimaga bog’liq ekanli-gini to’g’ri ta’kidlagan

6

1778 yil

7


Lamarkning ikkinchi qonuni.

10

14

8

Lamark hayvonot olamining uchinchi pog’onasiga qaysi hayvonlarni kiritgan?

7

amfibiyalar bilan repti-liyalar sun’iy ravishda bir sinfga, bir teshikli-lar kloakalilar - o’rdakburun, yexidna qush-lar sinfiga, kiritilgan

9

Lamark umurtqasizlarni nechta sinfga bo’lgan?

11

«Tabiat individlarni qadimdan yashab kelgan sharoit ta’siri ostida ma’lum organning ko’proq ishlatilishi yoki ma’lum organning doim ishlatilmasligi ta’siri ostida agar endigina kasb qilingan o’zgarishlar ikkala jins uchun umumiy bo’lsa, paydo bo’lgan yangi shaxslarda ko’paytirish yo’li bilan saqlaydi».

10

11

1809 yil

11


Lamarkning birinchi qonuni.

9

hasharotlar, o’rgimchaksimonlar

12

Lamark fikricha nima real

12

sinf, turkum, avlod, tur




Download 145,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish