3. Hisobotni tayyorlash ─ Ishning nomlanishi va dasturi.
─ Tadqiq etilayotgan sxemalar, ostsillogrammalar, jadvallar, grafiklar.
─ Ish bo`yicha xulosalar.
─ Nazorat savoliga javob berish.
4. Nazorat savollari ─ Diodlar parallel ulanganida toklarni tekislashning asosiy usullari to`g`risida hikoya qiling.
─ Diodlar ketma-ket ulanganida teskari kuchlanishlarni tekislashning asosiy usullari to`g`risida hikoya qiling.
─ Kuch diodini o`chirish jarayoninin tushuntiring. Yumshoq tiklanuvchi diod qanday xossalarga ega?
─ Bir xil tipdagi stabilitronlarni parallel ulash mumkinmi?
─ TRANSIL diod nima? Bu diodlarning asosiy xarakteristikalari va qo`llanish sohalarini tushuntiring.
─ TRANSIL diodni tanlash va hisoblashga misol keltiring.
─ Kremniyli, germaniyli va Shottki diodlarining VAX nima bilan farqlanadi?
─ Dioddagi quvvat isroflarini qanday aniqlash mumkin?
─ Kristallning harorati diodlarning asosiy parametrlariga qanday ta’sir qiladi? Kristallning ruxsat etilgan maksimal tipik harorati qanday?
─ Umumiy ko`rinishda diodning porog kuchlanishi va dinamik qarshiligini hisobga olgan holda R1 rezistordagi o`rtacha kuchlanishni hisoblab chiqing (Rasm 7.1).
─ Agarda zanjirda diod o`rniga stabilitron ulansa R1 rezistordagi o`rtacha kuchlanishni hisoblab chiqing (Rasm 7.1). Stabilitron VAXning to`g`ri uchastkasi ideal deb hisoblansin.
─ Diodni o`chirish momentida himoyaning asosiy usullari to`g`risida aytib bering.
Laboratoriya mashg`uloti № 09 Parametrik stabilizatorni tadqiq qilish
Ishdan maqsad: Elektr oziqlantirishning ikkilamchi manbalari tugunlarini tadqiq qilish
Ish dasturi: ─ Silliqlovchi RC-filьtrli bir fazali ko`prikli to`g`rilagichni tadqiq qilish.
─ Rasm 8.1-da keltirilgan sxemani yig`ish. Ukir = 12 V o`zgaruvchan kuchlanish sxemaning kirishiga berilsin. 8.1 jadvalda keltirilgan Cf va Ryuuchun ostsillogrammalari olinsin va chizib olinsin.
Rasm 8.1
─ To`g`rilagich sxemasining elektr parametrlarini o`lchash va 8.1-jadvalda keltirilgan Cf va Ryuning qiymatlari uchun pulьsatsiya koeffitsiyenti kpni hisob-kitob qilish va silliqlash koeffitsiyentini hisoblash.
─ To`g`rilagichning yuklama xarakteristikasi qurilsin U = f (Ryu). ─ Kuchlanishning parametrik stabilizatori tadqiq etilsin.
Rasm 8.2
─ To`g`rilagich sxemasiga (Rasm 8.1) yuklama o`rniga Rasm 8.2-da keltirilgan kuchlanishning parametrik stabilizatori ulanadi.
─ 8.2 jadvaldan olingan Ukir va Ryu qiymatlarida stabilizator sxemasining elektr parametrlari o`lchansin: ΔUkir; Iyu; Uchiq; ΔUchiq;
─ Rezistor Rcheklda Uchekl kuchlanishning qiymati hisoblansin, stabilizatorning kirish toki Ikir, stabilitron orqali o`tayotgan tok Ist, stabilitronda sochiliayotgan quvvat Pst, chiqish qarshiligi Rchiq va sxemaning stabilizatsiya koeffitsiyenti.
─ Jadval 8.2-dan olingan to`g`rilagichning kirishidagi kuchlanish qiymatlarida quvvatga bog`liqlik Pst= f (Ryu) grafigi qurilsin.