4. Nazorat savollari
─ Kommutatsion tugunlarning boshqa sxemalari. Ularning afzalligi va kamchiligi nimaligini tushuntirib bering.
─ A1, A2 modullarining ishlashiga izoh bering. Galьvanik ajratilgan, tiristorni boshqarish impulьslarini shakllantiruvchi sxemaga misol keltiring.
─ R1 rezistori va VD1 diodi nimaga mo`ljallangan?
─ Agarda kuch tiristoriga ro`para-parallelь diod ulansa, kommutatsion tugun rejimi qanday o`zgaradi?
─ Agarda Lk drosselining bitta yarim chulg`ami foydalanilsa, sxemada qanday jarayonlar o`zgaradi?
─ Tadqiq etilayotgan sxemada qaysi jarayonlar to`ldirish koeffitsiyentining o`zgarish diapazonini cheklaydi? To`ldirish koeffitsiyentining minimal va maksimal qiymatlariga ifodalarni keltiring.
─ Agarda kattaligi 20 mGn bo`lgan induktivlik yuklama bilan ketma-ket ulansa, VS1-ni ushlab turish toki 0,1 A-ni tashkil etsa, boshqaruvchi impulьsning davomliligi qancha bo`lishini ta’minlash talab etiladi?
─ Kommutatsiyalovchi kondensator qaysi kattalikgacha Lk orqali qayta zaryadlanishi kerakligini qanday omillar aniqlaydi?
─ Tiristorning yopilishi shartlarini keltiring.
─ Chiqish kuchlanishi diagrammasiga kommutatsion jarayonlar qanday ta’sir qiladi?
Laboratoriya mashg`uloti № 06
Tranzistorlar va tiristorlarni impulьsli boshqaruv impulьslarini transformatorli shakllantirgichlarini tadqiq qilish
Ishdan maqsad:
Ushbu laboratoriya ishining maqsadi tranzistorlar va tiristorlarni impulьsli boshqaruv impulьslarini transformatorli shakllantirgichlari-ning namunaviy sxemalarini eksperimental tadqiq qilish
1. Foydalaniladigan elementlar
─ Tranzistor VT1 ─ KT908
─ Rezistorlar ─ R1 = 120 Om; R2 = 1 k;
─ Operatsion kuchaytirgichda tuzilgan generatorning A1 moduli;
─ TOT132 markali transformator ─ TV1;
─ Diodlar VD1, VD2 ─ KD213A (KD2999); VD3 ─ KD212;
─ Tokni o`lchash uchun shunt ─ 1 Om.
2. Ish dasturi
─ Stendda Rasm 5.1-ga muvofiq sxema yig`ilsin.
Rasm 5.1
─ Quyidagi toklar va kuchlanishlarning ostsillogrammalari olinsin va fazalari sozlansin: TV1 transformatori chulg`amlaridagi kuchlanishlar, transformatorning birlamchi chulg`amidagi tok, Uke va Ube, boshqaruv impulьsi davomiyligi 50 mks-ga teng olinsin.
─ Stendda Rasm 5.2-ga muvofiq sxema yig`ilsin.
─ Quyidagi toklar va kuchlanishlarning ostsillogrammalari olinsin va fazalari rostlansin: TV1 transformatori chulg`amlaridagi kuchlanishlar, tranzistorning Uke kuchlanishi va kollektor toki, R1 va R2 rezistorlardagi kuchlanishlar, VD1 dioddagi kuchlanish, boshqaruv impulьsi davomiyligi 50 mks-ga teng olinsin.
─ Stendda Rasm 5.3-ga muvofiq sxema yig`ilsin.
Rasm 5.2
─ Boshqaruv impulьsining davomiyligini shunday o`rnatish kerakki, boshqaruv impulьsining to`ldirish koeffitsiyenti 0,5-ga teng bo`lsin. Quyidagi toklar va kuchlanishlarning ostsillogrammalari olinsin va fazalari rostlansin: TV1 transformatori chulg`amlaridagi kuchlanishlar, transformatorning birlamchi chulg`amidagi tok, tranzistorning Uke kuchlanishi va kollektor toki, R1 rezistordagi kuchlanish, VD1 dioddagi kuchlanish.
─ VD2 diodning o`rniga VD3 diodni qo`ygan holda yuklamadagi kuchlanish ostsillogrammasi olinsin.
Rasm 5.3
Do'stlaringiz bilan baham: |