Лабораторная работа №2 Исследование биполярного транзистора


Laboratoriya mashg`uloti № 04



Download 2,43 Mb.
bet5/14
Sana09.04.2022
Hajmi2,43 Mb.
#539996
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
ELEKTRONIKA VA SXEMOTEXNIKA Labaratotiya

Laboratoriya mashg`uloti № 04
Yarim o`tkazgichli diodlar, stabilitronlar,
tiristorlarni tadqiq qilish


Ishdan maqsad:
1. Yuklamaning turlicha qiymatlarida kirish va chiqish tok va kuchlanishlarini o`lchashga asoslanib to`g`rilagichlarning FIK-ini empirik aniqlash va qurish.
2. Stabilitronning volьt-amper xarakteristikasini o`lchash asosida stabilitron minimal stabilizatsiya kuchlanishi va tokini aniqlash.
3. Tiristorning volьt-amper xarakteristikasini o`lchash va qurish.
Laboratoriya ishini bajarish natijasida talabada injenerlik izlanishlarini o`tkazish metodiga ko`nikma shakllanadi.
Nazariy asoslar
Diodlarning xarakteristikalari va ularni bir fazali to`g`rilagichlar uchun foydalanish. Elektr energiya iste’molchilarini elektr oziqlantirish, iste’molchilar deganimizda radiotexnik elektron zanjirlar, hisoblash texnikasi, avtomatika qurilmalari, fizik kattaliklar datchiklari va shu kabilar tushuniladi, mazkur iste’molchilar esa o`zgarmas tok manbalari tomonidan oziqlantiriladi. Elektr energiyasini sanoat chiqarilishi o`zgaruvchan tok ko`rinishida amalga oshirilishi sababli o`zgaruvchan tokni o`zgarmas tokga o`zgartirish zarurati yuzaga keladi. Bu maqsadlar uchun nochiziqli elementlar ─ diodlardan foydalaniladi, diodlar shu bilan xarakterlanadiki, ularning dinamik qarshiligi qo`yilgan kuchlanishning qutblanish ishorasiga bog`liqdir. Rasm 3.1 a-da bitta yarim davrli to`g`rilagichning simvolik ifodasi, Rasm 3.1 b-da esa diodning volьt-amper xarakteristikasi keltirilgan.

Rasm 3.1 ─ Bitta yarim davrli to`g`rilagich va diodning
volьt-amper xarakteristikasi

To`g`rilangan kuchlanishning vaqt diagrammasi Rasm 3.2-da ko`rsatilgan.


Stabilitronda teskari qo`yilayotgan kuchlanish qaysidir qiymatga yetganda p-n o`tishning teskari yo`nalishda qaytuvchanlik xarakteriga ega bo`lgan teshilishi yuz beradi. Teshilish qiymatiga teng bo`lgan kuchlanishda stabilitronning dinamik qarshiligi keskin kamayadi, buning natijasida stabilitron orqali oqayotgan tokning miqdori tashqi zanjir parametrlari

Rasm 3.2 ─ To`g`rilangan kuchlanishning vaqt diagrammasi
bilan belgilanadi. Ko`rsatilgan teshilish kuchlanishi stabilitronning stabilizatsiya kuchlanishi deb aytiladi va uning asosiy xarakteristikasidir. Stabilitron yana ruxsat etilgan quvvat va teskari tok bilan ham xarakterlanadi. Stabilitronlarning stabilizatsiya kuchlanishi diapazoni birdik volьtlardan yuzlab volьtgacha tashkil etadi.
Stabilitronning xarakteristikalari. Yarim o`tkazgichli stabilitron (simvolik ifodasi Rasm 3.3 a-da keltirilgan)ning xarakteristikasi diod

Rasm 3.3 ─ Stabilitronning shartli grafik belgilanishi
va uning volьt-amper xarakteristikasi
xarakteristikasidan volьt-amper Rasm 3.3-b dagi xarakteristikasi shoxining shakli bilan farqlanadi.
Tiristorlarning xarakteristikalari.
Tiristor ─ bu diskret (releli) boshqaruvli xarakteristikaga ega boshqariluvchi yarim o`tkazgichli dioddir. Bir tarafga yo`nalgan tiristorning simvolik ifodasi Rasm 3.4 a-da keltirilgan. Uning tipik volьt-amper xarakteristikasi Rasm 3.4 b-da keltirilgan.

Rasm 3.4 ─ Tiristorning shartli grafik belgilanishi
va uning volьt-amper xarakteristikasi
Tiristorning funktsional mo`ljallanishi ─ elektr zanjirning uchastkasini boshqaruv signali bo`yicha ulash hisoblanadi. Boshqaruv signali katod (K)ga nisbatan boshqariluvchi elektrod Y-ga beriladi. Boshqariluvchi signal (boshqaruv toki) berilmaganida tiristorni elektr zanjirning uzilgan (ajralgan) holda tasavvur qilish mumkin. Tiristorning bu holati yopiq yoki o`tkazmaydigan holati deyiladi va sizuvchi tokning uncha katta bo`lmagan qiymati bilan xarakterlanadi ─ tiristorning tipiga qarab mikroamper birliklaridan to milliamper birliklarigacha bo`ladi. Y ─ K zanjiri bo`yicha aniq bir tokning oqishi paytida va manba, anod (A) va katod (K) o`rtasida kuchlanish borligida yopiq zanjir hosil bo`lganida tiristor o`tkazuvchan holatga o`tadi, ya’ni tashqi zanjirdagi tokni anoddan katodga yo`nalishda o`tkazish uchun ochiladi. Tiristorning ochilishi regenerativ xarakterga ega, shuning uchun tiristor boshqaruv zanjirida tok to`xtaganidan keyin ham o`tkazuvchan holatda qoladi, faqat sharti ─ A-K zanjirdagi tok noldan katta bo`lishi kerak. A-K zanjirda boshqaruv tokining ayrim minimal qiymatida, ya’ni IUT ─ ushlab turish toki deb ataluvchi qiymatda tiristorning o`tkazuvchan holatidan o`tkazmaydigan holatiga o`tish amalga oshadi. Tokning IUT ─ qiymati tiristorning xarakteristikalaridan biridir. Tiristorning o`tkazmaydigan holatidan o`tkazuvchan holatiga o`tishi uchun boshqaruv toki anod va katod o`rtasidagi kuchlanishga bog`liq. Anod va katod o`rtasidagi kuchlanish qancha kichik bo`lsa, tiristorning o`tkazuvchan holatga, ya’ni ochiq holatga o`tish uchun zarur bo`lgan boshqaruv toki shuncha katta bo`ladi. Tiristorning tipiga bog`liq holda ishchi kuchlanish va toklarning diapazoni bir necha o`n volьtdan bir necha ming volьtgacha, mos ravishda bir necha amperdan bir necha ming ampergacha tashkil etadi. Tiristorlarning qo`llanilish sohasi ─ o`zgaruvchan tok kuchlanishining ta’sir etuvchi qiymatini rostlash, boshqariluvchi to`g`rilagichlar, o`zgarmas tok kuchlanishini o`zgaruvchanga o`zgartirish, avtomatika qurilmalarining ijrochi tugunlari va shu kabilar.
Laboratoriya ishini bajarish uchun stend yoki maket platasi, qarshiliklar, batareyalar (EYuKlar), LATR, volьtmetrlar, ampermetrlar.



Download 2,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish